Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini


Xayol xayol to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə5/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

Xayol

xayol to’g’risida umumiy tushuncha.

Bizning ongimizda o’zimiz ilgari idrok qilgan ob’ektlar to’g’risidagina emas, shu bilan birga, biz idrok qilmagan ob’ektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar) to’g’risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, Janubiy qutbda bo’lmagan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarimizning hayotini va ishini ko’rmagan bo’lsak ham, lekin ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz Vatanimizning uzoq o’tmishidagi voqealar to’g’risidagi tasavvurga egamiz, o’n, yuz va ming yillardan keyin nimalar bo’lishini tasavvur qilamiz va hokazo. Biz kosmik kemalarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasav­vur qilishimiz mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib, beradi, xotira tasavvurlaridan farq qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi.

Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasavvurlar) faqat ongning sub’ektiv mazmunigina bo’lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va faoliyatida og’zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, buyoqlarda, tovushlarda, she’r va proza tariqasidagi adabiy asarlarda va san’atning boshqa turlarida gavdalanadi.

Shunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosi­da miyamizda yaratishda ifodalanadi.

Odamning miyasida ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog’lanishlarning miyada gavdalanishini va bu bog’lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangi tarzda paydo bo’lishini xayolning nerv-fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak.

Ongning boshqa funktsiyalari kabi xayol ham, tarixan, avvalo odamning mehnat faoliyatida rivojlanib kelgan. Odamlar o’z ehtiyojlarini qondirmoq uchun odam aralashmasdanoq tabiat berayotgan mahsuldan ham ko’ra ko’proq mahsul olish niyatida tevarak-atrof olamni o’zgartira berganlar va uni o’zlariga buysundira berganlar. O’zgartira bermoq, va yarata bermoq uchun esa istalgan narsani oldindan tasavvur qilish, shunday o’zgartirishga qanday yo’llar bilan erishishni va uning natijalarini tasavvur qilish lozim bo’lgan.

Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari – ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari rivojlana borgan sari, xayol ham rivojlana borgan.

Jamiyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo’layotgan xayol ham ijtimoiy hayot sharoitiga va umumiy madaniy rivojlanish darajasiga qarab, shu jamiyatdagi odam­larning asosiy intilishlariga qarab, alohida harakter, alohida yo’nalish kasb qilaveradi.


Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə