Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти



Yüklə 24,38 Mb.
səhifə22/42
tarix13.12.2023
ölçüsü24,38 Mb.
#149422
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Мирюсупов З З Комп архит укув

Mikro-
sxema

Ishlab chiqarilgan yili

Taktlovchi chastota, MGs

Tranzistor-larining soni

Xotira
Xajmi



Izoh

4004

1971

0,108

2 300

640 bayt

Mikrosxemaga joylashtirilgan birinchi mikroprotsessor

8008

1972

0,08

3 500

16 Kbayt

Birinchi 8-razryadli mikroprotsessor

8080

1974

2

6 000

64 Kbayt

Mikrosxemaga joylashtirilgan birinchi ko‘pmaqsadli protsessor

8086

1978

5 - 10

29 000

1 Mbayt

Mikrosxemaga joylashtirilgan birinchi ko‘pmaqsadli 16-razryadli protsessor

8088

1979

5 - 8

29 000

1 Mbayt

IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlatilgan protsessor

80286

1982

8 - 12

134 000

16Mbayt

Himoyalangan xotiraga ega protsessor

80386

1985

16 - 33

275 000

4 Gbayt

Birinchi 32-razryadli protsessor

80486

1989

25 - 100

1 200 000

4 Gbayt

8 Kbaytli kesh xotiraga ega protsessor

Pentium

1993

60-223

3 100 000

4 Gbayt

Ikkita konveyerga ega protsessor

Pentium Pro

1995

150 - 200

5 500 000

4 Gbayt

Ikki sathli kesh xotiraga ega protsessor

Pentium II

1997

233 - 400

7 500 000

4 Gbayt

Pentium Pro plyus MMX buyruqlariga ega protsessor

Pentium III

1999

650 - 1400

9 500 000

4 Gbayt

Uch o‘lchamli grafik ma’lumotlarni tezkor ishlovchi SSE buyruqlarga ega protsessor

Pentium 4

2000

1300 - 3800

42 000 000

4 Gbayt

Giperoqimlilik, qo‘shimcha SSE buyruqlarga ega protsessor

Core Duo

2006

1600 - 3200

152 000 000

2 Gbayt

Bitta asosga ikkita yadro joylashtirilgan protsessor

Core

2006

1200 - 3200

410 000 000

64 Gbayt

64 razryadli 4-ta yadroli arxitektura

Core i7

2011

1100 - 3300

1 160 000 000

24 Gbayt

Birlashtirilgan grafik protsessor

Masalan: Intel Core i7 protsessorining ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan, unda ishlatilgan tranzistorlarning soni, 1 160 000 000-ta ekanligi, ushbu protsessorning qanchalik murakkab tuzilishga ega ekanligini anglatadi. Uning va hatto undan avval ishlab chiqarilgan 32-razryadli protsessorlarning ham qanchalik murakkab tuzilishlarga ega ekanliklarini 3.1-jadvalda keltirilgan, ularni tavsiflovchi izohlardan ham tushinib olish mumkin.


Hozirda ishlab chiqarilayotgan protsessorlarga tegishli bo‘lgan – konveyer, giperoqimli, qo‘shimcha SSE buyruqlar, ko‘p yadroli va integratsiyalangan grafik protsessor kabi iboralarining mohiyatini tushunish uchun, avval ularning dastlabki modellari bo‘lgan protsessorlar qanday tuzilgan va qanday qilib takomillashtirilib borilganligini qisqacha tushuntirishlar asosida bo‘lsa ham, tushunib olish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz [1,24,30,31].
O‘quv qo‘llanmada dastlab o‘rganish uchun tanlab olingan birinchi protsessor - Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessor hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta tranzistor ishlatilgan.
Tanlab olingan protsessorlarning ikkinchisi - Intel 8088 protsessori asosida esa, hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlarning dastlabkisi hisoblangan va MS DOS operatsion tizimi asosida ishlagan IBM PC shaxsiy kompyuteri ishlab chiqilgan edi. Ushbu protsessorning tarkibida 29 000-ta tranzistor mavjud bo‘lgan. Intel 8088 protsessori uchun ishlab chiqilgan dasturlar, Intel Core i7 protsessorida ham ishlashi mumkin, ya’ni ularning ichki tuzilishlari bir biriga o‘xshashdir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bu - Intel Core i7 protsessori na faqat 32-razryadli, balki 16 va 8-razryadli ma’lumotlar ustida ham amallarni bajara oladi degani bo‘ladi (rus tilida bu – совместимость deb ataladi).
Tanlab olingan protsessorlarning uchinchisi bo‘lgan - Pentium 4 protsessori 32-razryadli protsessorlarning anchagina takomillashgan xilidir. Pentium 4 protsessori undan keyin ishlab chiqarilgan protsessorlarga nisbatan soddaroq bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi 32 va 64-razryadli protsessorlarning ko‘pgina xususiyatlarini o‘zida mujassamlagan protsessor hisoblanadi. Ushbu protsessor tarkibida 42 000 000-ta tranzistor ishlatilgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, avval Intel 8080 protsessorining analogi hisoblangan, so‘z uzunligi 8-razryadga teng bo‘lgan K580BM80 protsessori asosida qurilgan «o‘quv kompyuteri» - УМПК-80 (rus tilida - учебный микропроцессорный комплект) elektron stendi asosida, 8-razryadli protsessorning tuzilishi va uni qanday ishlashini batafsil ko‘rib chiqamiz. УМПК-80 elektron stendi bu xildagi protsessorlar va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishini va qanday ishlashini o‘rganishni ancha osonlashtiradigan ko‘rinishda qilib ishlab chiqarilgan. Ushbu «o‘quv kompyuteri»ni o‘rganish bilan biz, hozirgi paytda - sanoat, meditsina, televidenie va boshqa ko‘pgina sohalarda, hamda kundalik turmush uchun ishlab chiqarilayotgan turli xil maishiy texnika asboblarida, qo‘llanilayotgan mikrokontrollerlar va ular asosida qurilayotgan o‘rnatilgan tizimlar qanday tuzilganligi va qanday ishlashi haqida ham tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Mikrokontrollerlarning ko‘pgina ko‘rsatgichlari, aynan avvalgi 8-razryadli kompyuterlarning ko‘rsatgichlariga ancha yaqindir.

Yüklə 24,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə