Bitiruv malakaviy ishi mavzu: xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix30.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#107805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
639053f3bcb43f251566e18947bcf1b1 XITOY FOND BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (1)

 
 
2.2.
 
Xitoy Xalq Respublikasida fond birjalarining shakllanish 
va rivojlanish bosqichlari ...................................... ...37-60
 
 
3-BOB. Globallashuv jarayonida xitoy fond bozorining xalqaro 
fond bozorlariga integratsiyalashuvi………............61-71 
 
3.1.
 
Shanhay fond birjasining rivojlanish istiqbollari …….61-68

3.2.
 


Xitoy Xalq Respublikasi fond birjalarining rivojlanish 
xususiyatlarini 
O’zbekistonda 
tadbiq 
etish 
imkoniyatlari……………………………………………. .68-71
 
 
 
XULOSA.................................................. ........................... .72-74 
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR........................... ........75-79 
 



KIRISH 
―Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta`siri, undan 
ko`riladigan zararning darajasi va ko`lami birinchi navbatda shu davlatning 
moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog`liq barqaror va ishonchli 
ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog`liqligini 
isbotlashga hojat yo`q, deb o`ylayman. 
O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli 
orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish 
vazifasini qo`yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni 
bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini 
o`zi tartibga soladi, degan o`ta jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik‖
1
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. 
Fond birjalari har qanday 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatning moliyaviy tuzilmasini asosiy va 
ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatda to'la qonli qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish o'z 
navbatida har bir davlatning bozorga o'tishidagi muhim tarkibiy qismini tashkil 
etadi, chunki u bozorning bevosita infratuzilmasi hisoblanadi. 
Mamlakatning moliya bozori uning ilmiy-texnikaviy jarayoni, ishlab 
chiqarishning progressiv shakllarini tashkil qilishda, uning milliy xo'jalikni 
samarali o'sishi uchun kerakli resurslar bilan ta'minlay olishi asosida rivojlanishi 
darkor.
Ma’lumki, moliyaviy bozor - bu mamlakatning yalpi pul resurslari hisoblanib, 
unda ushbu pul resurslari talab va taklif nisbatini iqtisodiyotning turli sub'ektlari 
tomonidan o'zgaruvchanligi ta'sirida doimiy xarakatda, taqsimlanishda va qayta 
taqsimlanishda bo'ladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida eng ko'p resurslarga 
AQSh, Yevropa ittifoqi davlatlari, Yaponiya va Xitoy mamlakatlarining moliya 
bozorlari egadir
2
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiyg inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va 
choralari. – T: O`zbеkiston, 2009. – B.7. 
2
Sadibekova B.D. Xitoy Iqtisodiyoti.-T:Toshkent, 2010.-B.181. 



Qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotning barcha sub'ektlariga ularga zarur 
bo'lgan pul resurslarini olish yo'llarini kengaytiradi va yengillashtiradi. O'z 
navbatida, aksiyalarni chiqarish orqali ushbu pul resurslarini muddatsiz vaqdga 
olishga yordam beradi, ya'ni korxonalar faoliyati davrida, ushbu aksiyalarni 
chiqarish orqali banklarga, nisbatan yengilroq shartlarda kreditlarni olishni 
ta'minlaydi. 
Aksiyalarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi muomalasi, uning ko'p marotaba 
qo'ldan-qo'lga o'tishini ko'zda tutadi. Unda aksiyalarning birlamchi joylashtirilishi, 
ya'ni, aksiya chiqaruvchining (emitent) o'z aksiyalarini nominal narxda sotishi yuz 
beradi. 
Aksiyalarning keyinchalik erkin bozorda sotib olinishi va sotilishiga kelsak, 
ular o’sha davrdagi aksiya kursi bo'yicha sotiladi. Aksiyaning kursi - bu uning 
bozor narxi hisoblanadi. U o'z navbatida, aniq aksiyalarning talab va taklifi bilan 
aniqlanadi va u ko'pgina omillarga bog'liqdir. Yani, u hissadorlik jamiyatining 
xo'jalik yutuqlari va uning kelajagiga, uning daromadlarining kafolatlanganligiga; 
uning dividendi miqdoriga; bankka qo'yilgan jamg'arma foiziga ham bog'liqdir
3
Qimmatli qog’ozlar milliy bozorining xorijiy sarmoyadorlarga ochiqligi uni 
baynalminallashtirish yo’lidan ketishi bilan birga milliy bozorning hajmini 
o’sishini ta’minlashi orqali aylanma manbaalarini yaxshilaydi. XXRda fond 
bozorining subyektlari sonini oshishi bilan birga, birja sarmoyadorlar va tartibga 
soluvchi organlar o’rtasidagi muloqot jarayoni yaxshilanmoqda. Biroq, intensiv 
o’sib borayotgan transchegaraviy moliyaviy oqimlar va ayirboshlash 
operatatsiyalari, o’z navbatida, xalqaro to’lov balansiga, milliy valyutaning 
barqarorligiga, moliyaviy nazoratga beqaror moliyaviy sharoitda o’zining salbiy 
oqibatlarini ko’rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham fond bozorlarining 
ochilishi bu butun iqtisodiyotning o’sishini ta’minlaydi
4

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə