Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Reja:
1. Menejment sohasida axborot tizimi tushunchasi, tasniflanishi va texnologiyasi
2. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimi va
texnologiyalari
3. ERP – tashkilot resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi
Tayanch so’z va iboralar: Axborot, iqtisodiy axborot, axborot tizimi, axborot
texnologiyalari menejmentida (ATM), menejer, onlayn hamkorlik, raqamli
platformalar, planshet kompyuterlar, Google Apps, Google Sites, Microsoft
Windows.
1. Menejment sohasida axborot tizimi tushunchasi, tasniflanishi va
texnologiyasi
Axborot atamasi lotincha so‘z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi
faoliyati haqida xabarga ega bo'lish m a’nosini bildiradi. Axborot menejment
tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish uchun
zarur m a’lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay
boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi
aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati
va uning xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan
axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada
takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi
tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator
o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha
bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir.
Axborot
–
bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham
natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti,
mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat
ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi.
Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot
to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish
va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob,
moliya, ta’minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy
va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi,
chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash
va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-
texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-
texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbasiga bog'liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot
turlariga bo'linadi.
Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi. Bular
jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish
shartlari haqidagi axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakllanib, iste’mol
qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi,
moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi
haqidagi axborotlar kiritilishi mumkin.
Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruvchi (rahbarlik)
axborot turlariga bo'linadi. Boshlang'ich axborot doimo menejment tizimining quyi
darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari
yo'nalishda harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ishlash
asosida qaror qabul qilish natijasidir.
Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi
bo'yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'lish mumkin.
Barqaror axborot uzoq muddat davomida o'z ahamiyatini o'zgartirm aydi (korxona,
uning bo'linm alari nomi, m ahsulot turi).
Shartli-barqaror axborotning ahamiyati ma’lum muddat davomida saqlanib
turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli m e’yor va m e’yoriy hujjatlar
(moddiy, mehnat sarfi, ta ’riflar me’yorlari) ni kiritish mumkin. Axborotning bunday
turi korxona bo'yicha umumiy axborotning 35% dan ko'pini tashkil etadi.
O'zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos holda
boshqaruv jarayonlari o'zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez
qayta ishlashni talab etadi.
Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang'ich axborotni qayta ishlash
natijasida olingan xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi. Axborot
yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib, u menejment jarayonini
axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon bo'ladi.
Axborot to‘g‘ri, aniq, o‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va qarorlarni qabul
qilish uchun tushunarli bo'lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun
jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo'lishi lozim.
Korxonani axborot bilan ta’minlash to‘g‘ri aloqalar ko'rinishidagi turli-
tuman axborot oqimlari vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish
vazifasini hal etish imkonini beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha
yetadi, bu o'rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish
zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko'rsatkichni
tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha
quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo'ladi:
- maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
- axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
- axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash;
- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
- axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Bu yo'nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig'ish va qayta
ishlashning yagona um um davlat tizim ini yaratishni ta’minlashi zarur. Axborotlar
yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar
axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment obyektining texnikaviy vositalarini
qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Menejment obyektining qandaydir
bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot
tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va
uning samarali faoliyat yuritushuning muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo'lishi mumkin. Oddiy axborot
tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbasidan u iste’mol qilinishi
joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa
xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi.
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish darajasi bo'yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo'lda yoki
eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi.
Ikkinchi guruhga axborotni to'plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya
keng qo'llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi guruhga m a’lumotlarni
majmuiy mexanizatsiya vositasi bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo'llab
qayta ishlash va to'plash qo'llanilgan axborot tizimlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |