BiznesGa investitsiya kiritish manbaalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#136122
1   2   3
Allamurodova Zuxra Mustaqil ish 6

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A Vaxabov , Sh.xajibakiyev, N.Muminov, D.G'ozibekov, D.Tojiboyeva, Maxmudovalar tomonidan investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan. A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar tomonidan investilsiyalaming mazmun-mohiyati bo'yicha bayon etilgan ta'rifda: «investitsiyalar - foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo'yiladigan pul mablag'lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog'ozIar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar», deb ta'rillangan

O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonunining 3-moddasiga ko'ra investitsiyalar mo'ljallangan obyektiga qarab kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo'linadi:

O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonunining 3-moddasiga ko'ra investitsiyalar mo'ljallangan obyektiga qarab kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo'linadi:

-kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi

- innovatsiya invesfitsiyalari jumlasiga texnika va texnalogiylarning yangi avlodini ishlab chiqish va o'zlashtirishga qòshiladigan investitsiyalar kiradi

- ijtimoiy investitsiyalar jUmlasiga inson salohlyatini, malakasi va ishlab chlqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne'matIarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi

Jamg'armalar – Investitsiyalash Manbasi sifatida

Ma'lumki, iqtisodchi olimiar jamg'armani investitsiyalashning asosi, deb qarashadi. Bu mutlaqo to'g'ri, chunki investitsiya qilish uchun, eng awalo, pul kapitali bo'lishi kerak. Resurslar (shu qatori pul mablag'lari ham) cheklangan. Asosiy muammo mablag' topish masalasidir. Ayniqsa, investitsiya uzoq muddatni ko'zlashi va tez natija bermasligi bilan ajralib turadi. Inson doimo hozirgi kundagi ne'matlardan foydaianishni, kelajakdagi iste'moldan yuqori baholaydi. Unda doimo bugungi Kun ehtiyojlari ustunlik qiladi . Bu maqollarida ham òz ifodasini topgan. «Osmondagi turnadan qo'ldagi chittak yaxshi》yoki 《 yutganim òzimniki, chaynaganim gumon». Shuning uchun ham investitsiya manbalari , ularni jalb qilish imkoniyatlariga alohida ahamiyat berish talab etiladi Investitsiyalarning asosiy manbayi jamgarma yani milliy iqtisodiyotdagi yalpi daromadning iste'mol qilinmagan qismi hisoblanadi


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə