Bola rivojlanishida muhitning tasiri


Tarbiyasi og’ir o’spirinlar



Yüklə 92,5 Kb.
səhifə8/8
tarix20.10.2023
ölçüsü92,5 Kb.
#128825
1   2   3   4   5   6   7   8
Bola rivojlanishida muhitning tasiri

Tarbiyasi og’ir o’spirinlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdirlar, biroq ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o’z tengdoshlaridan o’qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o’zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o’zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli shug’ullana olishmaydi. Tarbiyasi og’ir o’spirinlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o’qishni xohlashmaydi, o’qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar. Maktabni tashlab ketishadi, o’zlarini omadsiz deb bilishadi, ular daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan o’spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo’rlik oqibatida o’z jonlariga qasd qilishadi.
O’spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yo’lga qo’yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek o’spirinni o’rab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik darajalari, yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi. Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa, ko’cha-ko’yda ularni boshqarib bo’lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. CHunki o’spirinlar bo’sh vaqtlarining aksariyati aynan ko’chada o’tkazishadi. U yerda ularning muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri shakllanadi. O’quvchi o’spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o’qishdir. Biroq o’qish tarbiyasi og’ir o’spirinlar uchun o’qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. SHuning uchun ular o’zlariga muhim bo’lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o’zi kabi o’spirinlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo’pollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo bo’lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo’yicha maktab va barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. yagona reja buiycha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o’zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo’shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda bo’lishadi.
Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Yüklə 92,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə