Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Ballada matnidagi xalq, To‘maris va muallif nutqini  ajra ting. Asar matni ustida ishlaganda ularni o‘ziga mos  ohangda o‘qing. 2



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/129
tarix29.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#140177
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

1.
Ballada matnidagi xalq, To‘maris va muallif nutqini 
ajra ting. Asar matni ustida ishlaganda ularni o‘ziga mos 
ohangda o‘qing.
2.
O‘ylab ko‘ring-chi, 
«Axir, qancha chuqurdan qaynasa 
buloq, Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!»
misralari ning afsonaga qanday daxli bo‘lishi mumkin?
3.
Kayxusrav bostirib kelayotgani aniq bo‘lganda massa-
getlar orasida qanday holat yuz berdi? Sizningcha, bu 
nimadan dalolat beradi?
4.
«Qon yig‘ladi»
birikmasining to‘qqiz marta takrorlanish 
sababini izohlang.
5.
Balladadagi: 
«Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim», 
«Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri», «O‘tirmasin yov 
chiqib uyim to‘riga»
kabi tasvirlarning badiiy va ijtimoiy 
ma’nosini anglating.
6.
Asardagi: 
«Kiyim-boshi qurama, maqsad bittadir»
tas-
virini tushuntiring.
7.
Xalqning: 
«Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir»
tar-
zidagi xitobiga tayanib, bobolarimiz tabiatini sharhlang.
8.
To‘marisning shaxsiyatini, mardligini ko‘rsatuvchi mis-
ra larni matndan alohida ajratib o‘qing. Uning shaxsiyati-
ga baho bering.
9.
Siz tarix darsida o‘qigan 
«To‘maris»
afsonasi bilan 
«Mard -
 lik afsonasi»
balladasi mazmunida qanday farq va o‘x-
shash liklar bor? Ikki asarni taqqoslab, fi kringizni ayting.
10.
«...Yovdan faqat tuproqda qonli iz qoldi. Tunda yom-
g‘ir, sel kelib yuvdi uni ham! Go‘yo qayta boshidan 
pok landi olam!»
satrlarini sharhlang.
Savol va topshiriqlar:


38
BALLADA
She’riyatning o‘ziga xos janri bo‘lgan ballada fransuz-
cha «ba lada» so‘zidan olingan bo‘lib, «raqs qo‘shig‘i» 
ma’nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‘lmagan bu 
xil asarlarda shoir o‘z his-tuyg‘ularidan tashqari ana shu 
tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlagan. 
O‘zbek adabiyotida balladalar ko‘proq tarixiy-fantastik 
va qahramonlik yo‘nalishlarida bitilib, ularda o‘tmishda 
ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fi doyilik ko‘rsatgan kishilar-
ning jasoratini tasvir laydi.
Shoir Shuhrat qalamiga mansub Siz tanishib chiqqan 
«Mardlik afsonasi» balladasi, ko‘rganingizdek, xalqimiz-
ning shonli o‘tmishidagi qahramonliklardan birini tasvir-
lashga bag‘ishlangan. Bobolarimiz tarixida bo‘lib o‘tgan 
o‘sha ha yotiy voqea Shuhrat tomonidan boshqacharoq 
talqin etilgan. «Mardlik afsonasi»da shoir asarda aks etgan 
voqealarga aralashadi, qahramonlarning xatti-harakatlariga 
munosabat bildiradi. Shuhrat To‘maris va uning o‘z qav-
miga muhabbatini, ayni vaqtda, Kayxusrav va uning bos-
qinchi qo‘shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.
Balladada To‘marisning qahramonligiga alohida urg‘u 
be riladi. Yovqur ayolning qonxo‘r bosqinchi bilan yakka-
ma-yakka olishuvi va zo‘ravonlikni kasb qilgan Kayxus-
ravni yenggani ta’sirli ravishda aks ettiriladi. Ballada jan-
rining talabidan kelib chiqib, To‘marisning bosqinchi forsni 
o‘z qo‘li bilan o‘ldirgani alohida tasvir etiladi. Shuningdek, 
asarda To‘maris qanchalik jangovar hukmdor, mohir jang-
chi bo‘lmasin, el-ulusning fi krini tinglaydigan, unga quloq 
s oladigan odam sifati da ko‘rsatiladi. Bu hol, obrazning 
ta’sir kuchini ya nada oshirib, unga insoniy joziba baxsh 
etadi.


39
She’riyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.
asr jahon she’riyatining yirik vakili Rasul 
Hamzatov 1923-yilning 8-sentabrida tu g‘ildi. 
O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlaridan she’rlar yoza 
boshlagan. Rasul Hamzatov mustaqil hayot-
ga barcha tog‘lik yigitlar singari erta qadam 
qo‘ydi. O‘n sakkiz yoshidan o‘qituvchi, artist 
va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi. Shu jara-
yonda ona xalqining turmush tarzi va o‘ziga xos ruhiy dun-
yosi bilan yaqindan tanishib bordi. Otasi – Dog‘istonning 
mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga, 
hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi. 
Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi. 1945-yil-
da Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olishga kirishdi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə