Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə12/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Rahbar va oila


Rahbar va oila muammosi. Inson ulg‘aygan sari uning hayotida oilaning o‘rni va ahamiyati kuchayib boradi. Katta yoshli har bir inson uchun oila hissiy sokinlik maskani, umid va maqsadlari manbaiga aylanadi.
Oilaviy muhitning rahbar kayfiyatiga ta’sirini, hatto uning xodimlariga bo‘lgan munosabatda aks etishini inkor etish qiyin. Shu munosabat bilan oilaviy hayotning ichki qonunlari, oiladagi o‘zaro munosabat shakllari haqida xabardor bo‘lish rahbarning o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatini kengaytiradi.
Ishlab chiqarish sohasini tadqiq etuvchi psixolog M. Feynberg izlanishlari asosida aniqlangan ma’lumot shundan iboratki, rahbarlarning to‘rtdan uch qismi ishxonadagi ishlarini uyga olib ketishar ekan.1 Ular muntazam ravishda oilaga taalluqli yig‘in va marosimlarda ishtirok etolmaydilar, ishxonada ko‘p vaqt ushlanib qoladilar, mehnat safarlariga ketadilar va oilaga yetarli vaqt ajratolmaydilar. Rahbar lavozim pog‘onasidan kanchalik yuqoriga ko‘tarilsa, bu belgilar shunchalik aniq ifodalanib boraveradi. Chet el tadqiqotlari orqali aniqlangan bu ma’lumotlar o‘z mohiyatiga ko‘ra sharoitimizga tatbiq etilishi mumkin. Yosh rahbar xodimlar orasida o‘tkazgan tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, ularning aksariyat ko‘pchiligi oilaga kam vaqt ajratishadi. Hatto yakshanba kunlari ham ishga boradigan, dam olish vaqtini esa oilasiga bag‘ishlay olmaydigan rahbarlar ko‘p uchraydi. Albatta, ishlab chiqarishni jadallashtirish va korxona oldidagi vazifalarni samarali hal qilish rahbardan nafaqat oilasi, balki shaxsiy hayotidagi va hatto sog‘ligiga tegishli ko‘pgina cheklovlarni talab qiladi. Rahbarning tashkilot va oila o‘rtasida bo‘linishi unda ikkilanish holatini tug‘diradi va hatto oilaviy munosabatlarda ayrim yo‘qotishlar evaziga o‘z ishiga, ishlaydigan muassasaga nisbatan sovush ham kuzatilishi mumkin. Natijada rahbar ishxona va oila manfaatlari girdobiga tushib qoladi, ikki qutb orasida ruhiy va jismoniy salomatligini yo‘qota boshlaydi.
Rahbar inson sifatida hissiy yaqinlik ehtiyojida bo‘ladi. Ba’zi bir tadqiqotlar orqali hatto bunday yaqinlikning me’yori ham o‘lchab qo‘yilgan. Aniqlanishicha, o‘zini baxtli deb hisoblaydigan oilalarda er-xotin haftasiga 10-12 soat vaqtni birgalikda o‘tkazarkanlar. O‘zbek oilalariga xos ko‘p farzandlilik va buvi-buvalar bilan birgalikda yashash esa ushbu ko‘rsatkich orqali ifodalanuvchi omilni yanada ko‘proq inobatga olishni talab qiladi.
Ziddiyatni hal etish imkoniyati. Rahbar xodimning oilasi va xizmati o‘rtasidagi ziddiyatni hal etish ko‘p jihatdan tashkilotning yuqori bo‘g‘in rahbariyatiga bog‘liq. Tashkilot miqyosida oqilona yuritilayotgan kadrlar siyosati har bir xodimning oilasidagi tub burilishlardan xabardor bo‘lishni, oilaviy qiyinchiliklar davrida unga yordam qo‘lini cho‘za olishni nazarda tutadi. Bu borada ba’zi bir chet el ilg‘or kompaniyalarida amalga oshiriluvchi tadbirlar haqida eslab o‘tish lozim deb topiladi. Masalan, ba’zi bir tashkilotlarda, rahbarga mehnat tatilida u rafiqasi bilan dam olishi uchun qo‘shimcha yo‘llanma va yo‘l chiptalari taqdim etiladi, yangi uylangan yoki farzand ko‘rgan xodimlarni ma’lum vaqt davomida hamda uzoq muddatga mehnat safariga jo‘natilmaydi, farzandlarni turli ta’lim muassalariga joylashtirishda ko‘mak ko‘rsatiladi, oila a’zolarining rahbar ishidan xabardor bo‘lib turishlari maqsadida ularni ba’zan ishxonaga olib kelishga ruxsat beriladi.
Rahbarning o‘z xodimi hayoti bilan qiziqishi va e’tiborli bo‘lishi uning oilasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning xizmat yuzasidan yuz beruvchi o‘zgarish bilan mos kelib qolmasligini ta’minlaydi. Masalan, xodimning uyida farzand dunyoga kelishi yoki oila a’zolaridan kimningdir betobligi yoxud yirik oilaviy marosimlar taraddudi kabi omillar xodimning xizmat pog‘onasidagi o‘zgarishlar bilan mos kelib kolmasligi lozim. Ushbu mazmunga quyidagi tasvir o‘rinli kelishi mumkin:




2.7.1. Xizmat va oiladagi o‘zgarishlarning o‘zaro mosligi


Uzilmas chiziq bilan xodimning ishxonadagi xizmat o‘zgarishlari tasvirlangan, uzuq chiziq bilan esa uning oilaviy hayotidagi o‘zgarishlar belgilangan. Har bir chiziqning yuqori cho‘qqisida tegishli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shu ma’noda tasvirdagi ikki chiziqning yuqori nuqtasi iloji boricha bir paytning o‘zida ustma-ust tushib qolmasligi lozim. Masalan, oilada yangi farzand tug‘ilishi va xodimni yangi lavozimga tayinlash davrining o‘zaro mos kelib qolishi, albatta xodimda kuchli asabiy zo‘riqishni yuzaga keltiradi va nafaqat oilada, balki ishxonadagi xizmat vazifalarni uddalashda ham o‘z aksini topadi.


Bundan tashqari, lavozim mas’uliyati taqozosi bilan paydo bo‘luvchi shaxsiy, oilaviy hayotdagi ba’zi noxushliklar rahbar nimanidir noto‘g‘ri qilayotganligi belgisi emasmikan, degan savol ham o‘rinlidir. Odatda oilasiga diqqat-e’tibori yetishmaydigan rahbarning tashkilotdagi vazifalarni bajarishga ham vaqti yetmaydi. Demak, rahbarlik uslubini, mehnat yuritish amaliyotini o‘zgartirish orqali vaqtni qisman iqtisodlash va nafaqat ishdagi, balki oiladagi muhitni ham sog‘lomlashtirishga imkoniyat yaratishi mumkin. Bu yo‘nalishdagi asosiy tadbirlardan biri – rahbarning boshqaruvga oid vazifalarini xodimlari orasida taqsimlay olishi va ba’zi bir vakolatlarni o‘z o‘rinbosarlariga topshirishidir. Tashkilotda o‘zaro ishonchning mavjudligi, samimiy va insoniy munosabatlar hukm surishi, xodimlarning kasbiy mahoratlari bu tadbirlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oilaviy muhitni tashkillashtirish. Oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonchning mavjudligi, majburiyatlarning oila a’zolari tomonidan aniq taqsimoti va o‘zaro yordamga doimo tayyorlik oiladagi mavjud zo‘riqishlarni yengillashtirish shartidir. Bundan tashqari inson xulqiga oid harakatlar ham oilaviy muhitni sog‘lomlashtiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ba’zi bir rahbarlar ishdagi vazifalarni ustuvor deb biladilar va oiladagi 100 so‘m chamasi masalani tashkilotdagi million so‘mlik qiymat bilan o‘lchaydilar. Albatta bunday nazar har qanday oilaviy muammoni arzimas qilib ko‘rsatadi va natijada oilaviy muammolarni chekkaga surib qo‘yishni taqozo etadi. Shuning uchun nafaqat rahbar, balki har qanday oila egasi hech qachon oilaviy masalalarni o‘zga muhit va jamoaga xos me’yor bo‘yicha o‘lchay olmaydi. Rahbar oilasidagi har qanday «arzimas» ishga ham imkon darajada e’tiborli bo‘lgani ma’qul.
Yukorida nomi zikr etilgan tadqiqotchi M.Feynberg aniqlashicha, farzandlarning keyinchalik ota kasbini egallamaslik sabablaridan biri ushbu kasb yuzasidan ota-ona ta’sirida shakllangan salbiy taassurot ekan. Shu munosabat bilan uyda, farzandlar orasida o‘z xizmati, ishi yuzasidan salbiy fikrlar bildirmaslik va bolada ishdan erta ranjish hissini uyg‘otmaslik maslahati beriladi.

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə