Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Oilaviy muhit va shaxs shakllanishi



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə13/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Oilaviy muhit va shaxs shakllanishi. Oila kichik guruh sifatida shaxsning shakllanishidagi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Oilaviy muhit, ota-onaning farzand tarbiyasidagi ishtiroki ulg‘aygan shaxs xarakterida o‘z aksini topadi.
Rahbar o‘zining boshqaruv faoliyatidagi xatti-harakati, xodimlar bilan munosabatini tahlil qila turib, ko‘pgina xususiyatlarning ildizini aynan o‘zi yashab ulg‘aygan oilaviy muhitdan topishi ajablanarli emas.
Rahbar o‘z itoatidagi xodimlar bilan munosabatini takomillashtirib borar ekan, o‘zining ba’zi bir odatlaridan voz kechishga va yangi xislatlarni o‘zida shakllantirishga intiladi. Mana shunday jarayonda u «Nega xodimlar bilan munosabat qurishda aynan shu uslubni qo‘llayman?», «Nega yana shu odatimdan voz kecholmayapman?» kabi savollar bilan o‘z-o‘ziga murojaat etadi. Insonning o‘z-o‘zini tahlil etishga moyillik tabiiy holdir.
Psixologiya fanida taniqli olim 3. Freyd davridan aniqlangan haqiqat shundan iboratki, inson o‘zidagi u yoki bu xislatni o‘zgartirishi uchun avalambor bu xalaqit beruvchi holatning ildizini anglab yetishi lozim. Afsuski, bizning ko‘pgina shaxsiy xislatlarimiz shakllanishiga sabab bo‘luvchi oilaviy muhit, oiladagi turli munosabatlar ta’siri shunchalik ilk davrda ro‘y beradiki, ularni eslashimiz va asl sababini xotiramizda qayta tiklashimiz juda mushkul. 3. Freyd mana shunday xotiralarni qayta tiklash va shaxs tomonidan anglanishi uchun maxsus uslublardan, shu jumladan, gipnozdan ham foydalangan.
Quyida bayon etiladigan oilaviy hayot modellari tahlili o‘quvchiga o‘z o‘tmishiga bir qadar nazar solishga va shu orqali o‘zining hozirgi mehnat uslubi hamda xodimlar bilan yuzaga kelayotgan munosabatining sabablarini anglab yetishiga yordam berishi mumkin.
Bundan tashqari, oilaviy hayot xususiyatlari, kichik guruh sifatida unga xos qonuniyatlarni bilish qo‘l ostidagi hodimlar hulqidagi u yoki bu holatlar sababini aniqlashga, kezi kelganda hatto, ularning hayotidagi muammolarni hal etishda ko‘mak beradi.
Oilaviy munosabatlar modellari. Oilaviy munosabtlarni uch asosiy namunaga toifalash mumkin: “Biz”, “Biz+Men+Men”, “Men+Men”.
“Biz” namunasiga ko‘ra yashaydigan oilada a’zolar doimo birga bo‘lishga intilishadi. Bunday munosabatlar faqatgina er-xotin hamjihatligida emas, balki farzandlarga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Vaqt o‘tishi bilan, hatto er-xotin ham ko‘rinishi, ham ichki dunyosiga ko‘ra bir-birlariga o‘xshab ketishadi.
Bunday muhitda shakllanayotgan farzand o‘z munosabatida iloji boricha ochiqlikka, o‘zgalar bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga intiladi. Mehnat faoliyatida esa u yoki bu vazifalarni boshqa xodimlar bilan birgalikda bajarishga moyil, yakka tartibda bajariluvchi faoliyatni uncha xush ko‘rmaydi. Uning uchun jamoadagi ijobiy va sog‘lom muhit, insoniy munosabatlar yetakchi o‘ringa chiqa boshlaydi. Bunday oilaviy muhitda shakllangan shaxs rahbarlik faoliyatini bajarar ekan, har bir masalani xodimlar ishtirokida hal etishga intiladi va hatto yakki o‘zi qaror qabul qiladigan sharoitlarda qiyinchilik sezishi mumkin.
“Biz, Men+Men” namuna. Bunday oilada ayrim sohalarda er va xotin birgalikda harakat qilishiga qaramay, ba’zi bir masalalarni alohida hal etishga intiladilar. Masalan, uyda mehmon kutayotganda, qarindoshlar davrasida birga bo‘lish, lekin o‘z do‘st-birodarlari bilan alohida-alohida munosabatlar qurish. Oilaviy hayotga tegishli masalalarni birgalida hal etish, shaxsiy muammolarda esa mustaqillikka intilish. Bunday ota-ona munosabatlari muhitida ulg‘aygan farzand ham ko‘pdan-ko‘p oilaviy hayot lavhalarini o‘zlashtirib boradi. Hatto ota bilan bir masalani, ona bilan esa boshqa masalalarni hal etish haqidagi qoidani o‘zlashtiradi. Bunday farzand ulg‘ayib mehnat jamoasida faoliyat yuritar ekan, hamkasabalar va xodimlar bilan bo‘lgan umumiy va xususiylikni tez anglab oladi, qaysi masalani guruh bilan hal qilish mumkin-u, qaysinisini o‘zgalardan sir tutish kerak, degan savolga tez javob topa oladi. Kezi kelganda mustaqil ravishda ish yuritadi va o‘z qobiliyatiga ishonadi.
“Men+Men” namunasi. Oilaviy hayot muammo va masalalari erkakniki va ayolniki deb taqsimlanadi. Men sening ishinga aralashmayman, sen esa menikiga qabilida ish yuritiladi. Bunday muhit albatta bola tarbiyasiga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Bola bunday oilaviy munosabatlarni tez ilg‘ab oladi, qachon va qaysi masala bo‘yicha kimga murojaat etishga farosati yetadi. Biroq, oilaviy hayotning jozibador ranglari, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlaridan kelib chiquvchi mazmundor va chuqur hislar farzand uchun begona bo‘lib qoladi. Bunday muhitdagi farzand tez ulg‘ayadi. O‘z muammo va savollariga javob izlashda mustaqil harakat qila oladi, ammo o‘z ehtiyoj va maqsadlarini ustuvor qilib qo‘yadi. Rahbar sifatida yakkahokimlikka, o‘zgalar fikrini inobatga olmaslikka moyil.
Ushbu keltirilgan oila namunalarida shaxs shakllanishiga oid ta’riflarni uzil-kesil deb bulmaydi. Bu ta’riflar shaxsda u yoki bu xislatlarning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi xolos. Bola ulg‘ayishi davomida hali shunchalik ko‘p omillar mavjudki, ularning tarbiyaviy kuchini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Masalan, maktab muhiti, tengqurlar davrasi, turli guruh va jamoalarga a’zolik, o‘zga jins vakillari bilan munosabat xususiyati va bu yo‘ldagi muammolar shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalashi va komillikka intilishdagi asosiy omillardir.

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə