Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


Auditning umumiy rejasini tuzish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə31/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

7.2.Auditning umumiy rejasini tuzish
Auditning umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  • kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqikiy mehnat xarajatlari;

  • muhimlik darajasi;

  • auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;

  • auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

  • auditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish ;

  • auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;

  • auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.



1-jadval.



Auditning umumiy rejasi



Tekshirilayotgan tashkilot

OAJ «Malika»

Audit davri

10.03.13 - 25.03.13

Kishi-soatlar soni

749

Auditorlik guruhi rahbari

AkbarovS.I.

Auditorlik guruhi tarkibi

Po’latov G.R., Mavlonov V.T., Salimov D.G.

Rejalashtirilayotgan auditorlik xatari

0.0166

Rejalashtirilayotgan jiddiylik darajasi

21.800 so’m

Rejalashtirilayotgan ish turlari

O’tkazish davri

Bajaruvchi

A-bosqich. Dastlabki rejalashtirish

  1. Uchrashuv bayonnomasi

10.03.13

Vasikov P.N.

  1. Anketa – (so’rovnoma)

10.03.13

Vasikov P.N.

  1. Takliflar va majburiyatlar – xati

10.03.13

Vasikov P.N.

  1. Auditga shartnoma va unga ilovalar

11.03.13

Pulatov G.R.

  1. Ishni boshlash to’g’risida xat

12.03.13

Vasikov P.N.

  1. Byurtmachidan og’zaki va yozma axborotlar olish

11.03.13

Pulatov G.R.

  1. Bankdagi yozuvlar

11.03.13

Pulatov G.R.

  1. Uchinchi shaxsdan so’rash

12.03.13

Mavlonov V.T

B-bosqich. Auditni rejalashtirish

  1. Faoliyatni o’rganish(moliyaviy hisobot shakllari)

12.03.13

Akbarov S.I.

  1. Byurtmachining moliyaviy holati tahlili

12.03.13

Akbarov S.I.

  1. Auditorlik tavakkalchiligi aniqlash

11.03.13

Pulatov G.R.

  1. Auditdagi muxumlik hisob-kitobi

13.03.13

Pulatov G.R.

  1. Auditning umumiy rejasi

13.03.13

Akbarov S.I.

  1. Audit o’tkazish dasturi

13.03.13

Vasikov P.N.

V- bosqich. Auditorlik dalillarini to’plash va xujjatlashtirish

  1. Buxgalteriya hisobining har bir bo’limini nazorat vositalari testlari va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari asosidagi tekshiruvi:

(Asosiy vositalar; Nomoddiy aktivlar; Investitsiyalar; Kapital qo’yilmalar; Tugallanmagan qurilish; Tovar-moddiy zaxiralar; Debitorlik qarzlari; Pul mablag’lari; Hisobdor shaxslar; Xodimlar bilan hisob-kitoblar; Xususiy kapital; Qarz va kreditlar; Kreditorlik qarzlari; Soliq va ajratmalar; Realizatsiya, tannarx; Operatsion va moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatl)

14.03.13-
21.03.13

AkbarovS.I.,

Pulatov G.R.,


Mavlonov V.,


Salimov D.G.



2.Tahliliy amallar



18.03.13-
22.03.13

S – bosqich. Yakuniy bosqich

  1. Auditning yakuniy muolajalarini bajarish

23.03.13

Pulatov G.R.

  1. Auditor hisoboti va auditlik xulosa

24.03.13

Akbarov S.I.

  1. Auditning sifatning ichki nazorati

24.03.13

Akbarov S.I.

  1. Buyurtmachi bilan audit natijalari xaqida muloqat

25.03.13

Akbarov S.I.







Auditorlik tashkiloti rahbari

Vasikov P.N.

Auditorlik guruhi rahbari

AkbarovS.I.

Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz faoliyatini 100% to’liq tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur


Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish, auditorning tekshiruv chog’idagi hatti-harakatlari mijoz-korxona rahbariyati uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə