Buxgalteriya lit


BT 009 Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash — berilgan BT



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Buxgalteriya lit

BT
009
Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash —
berilgan
BT
010
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan
asosiy vositalar
BT
011
Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk
BT
012
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan
chiqariladigan xarajatlar
BT
013
Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)
BT
014
Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari
BT


133
C) faqat balansda qoladi;
D) analitik schotda qoladi;
E) bilmayman.
3. Balansdan tashqari schotlarda ikki yoqlama yozuv
beriladimi?
A) beriladi;
B) sintetik schot bo‘yicha beriladi;
C) berilmaydi;
D) balansda ko‘rsatiladi;
E) barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Passiv schotlarga qaysi schotlar kiradi?
A) 02, 10, 20, 85;
B) 85, 25, 28, 29;
C) 02, 85, 67, 88;
D) 10, 88, 40, 29;
E) 80, 10, 19, 02.
5. Aktiv schotlarga qaysi schotlar kiradi?
A) 01, 10, 28, 29;
B) 01, 85, 02, 88;
C) 85, 28, 01, 10;
D) 10, 29, 40, 89;
E) 02, 85, 41, 29.
VII BOB
.
XO‘JALIK MUOMALALARINI
HUJJA
Т
LASH
Т
IRISH
1-§. Hujjatlar to‘g‘risida tushuncha, ularning turlari
Mulk shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlar
xo‘jalik faoliyati davomida o‘ziga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar
harakatini kuzatib boradilar, shu bilan birga, tegishli
mablag‘larga bo‘lgan talabni o‘zaro hisob-kitoblar yo‘li
bilan amalga oshiradilar.
Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri, uning uzluksiz olib borilishidadir. Bu xususiyatni
amalga oshirishda amalga oshirilgan yoki oshirilayotgan
xo‘jalik operatsiyasi birlamchi kuzatish jarayonidan
o‘tkaziladi. Kuzatuv jarayonida korxona faoliyati to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. 
Т
ashkilotning to‘lov


134
qobiliyati aniqlanadi va buning natijasida buxgalteriya
hisobida ma’lumotlarni ifodalash uchun asos yaratiladi.
Buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan har bir xo‘jalik
operatsiyasi korxona mablag‘lari hisobiga o‘z ta’sirini
o‘tkazib boradi, har bir mablag‘ning holatidagi o‘zgarish
hujjatlar bilan asoslangandagina qonuniy deb hisoblanadi.
Shuning uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilish bevosita
hujjatlarga asoslanadi va buxgalteriya hisobi hujjatlar asosida
tashkil qilingani uchun boshqa hisob turlaridan, shu
jumladan, operativ va statistika hisobidan tubdan farq
qiladi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyati va
boshqa hisob turlaridan farqi amalga oshirilgan xo‘jalik
muomalalarining uzluksizligini ta’minlashdir. Bu vazifa
bevosita hujjatlar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatlar yordamida har bir xo‘jalik muomalasining
qonuniyligi, buxgalteriya hisob schotlarida aks ettirish
imkoniyati yaratiladi. Har bir buxgalteriya hisob schotlarida
aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasi hujjatlar bilan
asoslangan bo‘lishi kerak, shundagina mablag‘lar harakatini
to‘g‘ri hisob-kitob qilish imkoniyati yaratiladi. Demak,
buxgalteriya hisobini yuritish hujjatlar asosi bo‘lib hisob-
lanadi. Hujjatlar bilan rasmiylashmagan xo‘jalik muoma-
lalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish noqonuniy deb
hisoblanadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasida qabul
qilingan „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonunda
belgilab qo‘yilgan (9-modda). Xo‘jalik muomalalari
buxgalteriya hisobi uchun muomalalar amalga oshi-
rilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va
ularni o‘tkazishga doir farmoyishlari asos bo‘ladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizit-
lari quyidagilar:
— Korxona (muassasa)ning nomi.
— Hujjat nomi va raqami, tuzilgan sana va joy.
— Xo‘jalik muomalasining nomi, mazmuni va miqdori
o‘lchovi natura holida va pulda ifodalangan holda.
— Mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.


135
„Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda
imzolagan shaxslar ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq
tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish
uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishida
javobgardir“.
„Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“gi Qonunga asosan har
bir buxgalteriya hisobi hujjatlari tegishli schotlarda o‘z
ifodasini topishi kerak. Hujjatlar to‘g‘ri rasmiylash-
tirilgandagina, ya’ni uning oldiga qo‘yilgan talablarga to‘-
liq rioya qilingandagina huquqiy jihatdan tan olinadi.
Т
o‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar yordamida korxo-
na va tashkilotlarga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar harakati-
ning holati aniqlanadi.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan xo‘jalik muo-
malalari yordamida korxona rahbari, mulk egasi o‘ziga
taalluqli bo‘lgan mablag‘larning joylanishi va tashkil topishi
ustidan to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Hujjatlar yordamida moddiy javobgar shaxslarning
ish faoliyati, ular zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar-
ning to‘liqligi nazorat qilinadi.
Hujjatlar yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik muoma-
lalari qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilganligi
ta’minlanadi.
Hujjatlarning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki,
ular yordamida korxonalar o‘rtasidagi mulkiy munosabat-
lar, o‘zaro hisob-kitoblarni yuritish imkoni yaratiladi.
Mulk shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlarning
xo‘jalik faoliyati, ularga taalluqli bo‘lgan mablag‘larning
harakati buxgalteriya hisobi ma’lumotlarida hujjatlarga
asosan o‘rganiladi va ularning to‘liqligi nazorat qilinadi.
„Korxonalar to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunining (1991- y. 15- fevral) 33- moddasida „Korxona
o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini
amalga oshiradi, statistika hisobotini olib boradi“ deb
belgilab bergan.
Buxgalteriya hisobi hujjatlari boshqa hisob hujjatlari


136
bilan bog‘liqligi va ayrim farqlarining bo‘lishi tabiiy holdir,
chunki, 
birinchidan
, operativ, statistik hisob hujjatlarining
ko‘pchiligi buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilmaydi,
ikkinchidan
, ular xo‘jalik faoliyatida uzluksiz olib borilmaydi,
uchinchidan
, ma’lum belgilangan vaqt birligida o‘tkaziladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yana bir o‘ziga xos xusu-
siyati shundaki, ularni imzolash tartibi korxona rahbari
tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hujjatlari, asosan, rah-
bar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Ayrim buxgalteriya hujjatlari qat’iy hisobotlar turku-
miga kiritilishi munosabati bilan ularning harakati,
saqlanishi, rasmiylashtirilishiga rahbar va bosh buxgalter
javobgardir.
Hujjatlar tuzilgan joyiga qarab ichki va tashqi hujjatlarga
bo‘linadi. Ichki hujjatlar bevosita korxona ichida rasmiy-
lashtiriladi, uning ta’sir kuchi bevosita korxona doirasida
amal qiladi, xolos. Misol uchun, kassa chiqim orderi, kirim
orderi yoki tovar moddiy boyliklar holati bo‘yicha moddiy
javobgar shaxslarning hisoboti to‘g‘risidagi hujjatlarni
keltirish mumkin. Bunday hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik
operatsiyalari faqat bir tashkilot doirasida o‘z kuchini saqlab
qoladi. Ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazorat
korxona rahbari, bosh hisobchisi tomonidan olib boriladi.
Т
ashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar tomonidan
yuborilgan yuk xatlari, to‘lov talabnomalari, bankning
ko‘chirmalari va shunga o‘xshash hujjatlar kiradi.
Dastlabki hujjatlarda, shu jumladan, qog‘ozdagi va
mashinadagi axborotda quyidagi tafsilot (rekvizit) lar
bo‘lishi shart: hujjat nomi, kodi, hujjat tuzilgan sana,
xo‘jalik muomalasining mazmuni, xo‘jalik muomalasining
o‘lchov birliklari (natura va pul ifodasida), xo‘jalik
muomalasida amalga oshirilishi va to‘g‘ri rasmiylashtirili-
shi, mas’ul mansabdor shaxslarning shaxsiy imzolari
hamda ismi va familiyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-
nidan tasdiqlangan Nizomga asosan hujjatni o‘z vaqtida


137
unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini belgi-
langan muddatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlarga topshirish
uchun hujjat tuzgan va imzolagan shaxslarning javobgar-
ligi belgilangan.
Buxgalteriya hujjatlarini iqtisodiy mazmuniga qarab:
ichki
va 
tashqi
hujjatlarga bo‘lish mumkin.
Ichki buxgalteriya hujjatlari bevosita korxona xo‘jalik
faoliyatida ichki o‘zgarishlarni ifodalaydi. Misol uchun,
kassa chiqim orderi, ish vaqtini hisobga olish tabeli. 
Т
ashqi
hujjatlarga boshqa korxonalar tomonidan rasmiylashtirilgan
hujjatlar, shu jumladan, to‘lov talabnomalari, schot-
faktura kabi hujjatlar kiradi.
Buxgalteriya hujjatlari belgilangan vazifasi, tuzilishi,
xo‘jalik muomalalarini bajarish xususiyatlariga qarab besh
guruhga bo‘linadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə