Buxgalteriya lit


-§. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Buxgalteriya lit

2-§. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi
Mulk shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar
o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar holatini, ularning
to‘liqligini aniqlash maqsadida yillik buxgalteriya hisoboti va


152
balansini topshirishdan oldin to‘liq inventarizatsiya o‘tka-
zishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 1994-yil 26.03.164-sonli „O‘zbekiston Respub-
likasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomini
tasdiqlash hamda buxgalteriya hisob-schotlar tizimini
takomillashtirish haqida“ gi qarorida ko‘rsatilganidir.
Inventarizatsiya o‘tkazish yordamida tegishli hisobdor
shaxs zimmasida tovar va moddiy boyliklar son va sifat
jihatdan o‘rganilib, pul ifodasida hisob-kitob qilinadi va
natijalari aniqlanadi.
Yuqoridagi qarorga asosan, quyidagi hollarda ashyoviy
ro‘yxat (inventarizatsiya) dan o‘tkazish majburiydir:
— mulkni ijaraga berishda va davlat tasarrufidan
chiqarishda;
— yillik buxgalteriya hisobotini tuzish oldidan, hisob
yilining birinchi oktabridan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan
mulk bundan mustasnodir.
Binolar, inshootlar va asosiy vositalarning boshqa
ko‘chma obyektlari, ashyoviy ro‘yxatdan ikki-uch yilda
bir marta o‘tkazilishi mumkin.
Pul mablag‘lari, hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobda
turadigan rasmiy ish qog‘ozlari oyda bir marta inven-
tarizatsiya qilinadi.
Har bir tarmoq o‘z xususiyatlarini hisobga olib, tarmoq
ichida inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida yo‘riqnomalar
ishlab chiqishi mumkin.
Inventarizatsiya o‘tkazishda mulk egasi, rahbar maxsus
buyruq, farmoyish beradi. Farmoyish qachon, qayerda
inventarizatsiya o‘tkazilishi, komissiya a’zolarining tarkibi,
moddiy javobgar shaxslarning ismi, familiyalari belgilanadi.
Inventarizatsiya boshlanish va tugatilish kunlari ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya yordamida moddiy javobgar shaxs
tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, tovar-
moddiy boyliklardagi yo‘qotishlar, kamomad va xiyonatlarni
aniqlash imkoniyati yaratiladi. Inventarizatsiyaning maqsadi
BHMA ning 19-sonida ko‘rsatilgan.


153
Korxona va tashkilotlarda doimiy harakatdagi inven-
tarizatsiya komissiyalari tuziladi. Bu komissiyaga a’zo qilib
korxona rahbarining muovinlari, huquqshunos, tovarshunos,
iqtisodchilar, muhandislar kiritilishi mumkin. Doimiy
harakatdagi inventarizatsiya komissiyasining tarkibi xo‘jalik
yurituvchi subyekt rahbari tomonidan tegishli buyruq bilan
hisobot yilining boshida tashkil qilinadi.
Buxgalteriya hisobi milliy andozasining 19-sonida
ko‘rsatilishicha, inventarizatsiya paytida komissiya a’zo-
laridan birortasining ishtirok etmasligi, inventarizatsiya
natijalarining haqiqiy emas deb hisoblanishiga olib kelishi
ko‘rsatilgan.
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari
o‘z faoliyati davomida moddiy javobgar shaxslarning ish
faoliyatini nazorat qilib boradi, inventarizatsiya o‘tkazishni
tashkil qiladi, inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga tovar-
moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha o‘z
fikr va mulohazalarini beradi.
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zo-
lari inventarizatsiya ishlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligini
aniqlash maqsadida nazorat tekshirishlarini o‘tkazib
boradilar va bu to‘g‘ridagi dalolatnomani tuzadilar.
Agar inventarizatsiya o‘tkazishda jiddiy xato va kam-
chiliklar aniqlansa, inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida
belgilangan qoidalar buzilgan deb hisoblansa, qayta
inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida o‘z takliflarini beradi.
Korxona rahbari tomonidan doimiy harakatdagi inven-
tarizatsiya o‘tkazish komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi buy-
rug‘ining mazmuni va ko‘rinishi quyidagicha:
„Shohrux“ savdo-ishlab chiqarish hissadorlik
jamiyati
B U Y R U Q
«__» ______ 20_- yil

___ Andijon shahri


154
Mazmuni: hissadorlik jamiyatida 2003- yil uchun
doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasini tashkil
qilish to‘g‘risida.
Hissadorlik jamiyatida tovar-moddiy boyliklarning
to‘liqligini ta’minlash maqsadida hamda inventarizatsiya
ishlarini samarali tashkil qilish nazoratini joriy qilish uchun
2003- yilga doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi
quyidagi tarkibda tuzilsin.
I. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasining
raisi qilib marketing xizmati bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i
Qosimov Sh. tayinlansin, a’zolari qilib:
1. Isoqov X.— yetakchi mutaxassis.
2. Yusupov M. — bosh texnolog.
3. Yo‘ldoshev E. — mutaxassis.
4. Yoqubova A. — iqtisodchi.
5. Primov A. — savdo bo‘limi boshlig‘i.
6. Akramov M. — buxgalter.
II. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiya raisi
va a’zolariga inventarizatsiya ishlarining sifatli olib borilishi-
ni nazorat qilish vazifasi topshirilsin.
„Shohrux“ savdo-ishlab chiqarish
hissadorlik jamiyati raisi X. Usmonov
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi
a’zolarini inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi tarkibiga
kiritish mumkin va o‘tkazish ishlarini nazorat qilishni
osonlashtiradi.
Т
uzilgan yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasida ko‘r-
satilgan muddatlarda inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida
rahbar tomonidan farmoyish chiqariladi. Farmoyishning
tuzilishi quyidagicha:
Farmoyish
«__»________20__- yil Andijon shahri


155
Oziq-ovqat tovarlari omboridagi tovar-moddiy boylik-
larning to‘liqligini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Oziq-ovqat tovarlari omboridagi (ombor mudiri
Nasimov A.) tovarlarning to‘liqligini ta’minlash
maqsadida 1- fevraldan 5- fevralgacha tovar-moddiy
boyliklar inventarizatsiyasi o‘tkazilsin.
2. Inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi quyidagi
tarkibda tasdiqlansin:
Rais:
Isoqov X. — yetakchi mutaxassis.
A’zolari:
1. Yoqubov A. — buxgalter.
2. Sultonov M. — tovarshunos.
3. Primov A. — texnolog.
3. Inventarizatsiya materiallari 5- fevral soat 10.00 da
bosh buxgalterga topshirilsin.
4. O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari aniqlanib
chiqilsin va bu to‘g‘rida yozma axborot tayyorlansin.
„Shohrux“ savdo-ishlab chiqarish
hissadorlik jamiyati raisi
X.Usmonov
Komissiya a’zolari farmoyishda ko‘rsatilgan muddat-
larda inventarizatsiyaning boshlanishini va tugatilishini
ta’minlashlari kerak.
Komissiya tarkibiga mutaxassislar, korxonaga daxldor
bo‘lmagan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Inventarizatsiya ishlarining boshlanishida moddiy ja-
vobgar shaxs tomonidan inventarizatsiya o‘tkazish, bel-
gilangan kuniga tovar hisoboti tuziladi va uning birinchi
nusxasi komissiya a’zolariga taqdim qilinadi. Hisobda kirim
va chiqim hujjatlari to‘liq ko‘rsatiladi va qo‘shimcha
hujjatlar yo‘qligi to‘g‘risida moddiy javobgar shaxs tilxat
yozib beradi.
Navbatdagi qilinadigan ish, bu xazinadagi naqd
pullarni sanab chiqish bilan bajariladi, haqiqiy aniqlangan,
sotilgan tovarlar summasiga dalolatnomada naqd pullar


156
qiymati bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatiladi va komissiya
tomonidan imzolanadi.
Agar kassada pul qiymatiga ega bo‘lgan qog‘ozlar bor-
ligi aniqlansa, ular alohida dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya o‘tkazishda moddiy javobgar shaxs
zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar, idishlar, inventarlar,
asbob-uskunalar to‘liq ro‘yxatga olinadi.
Т
ovar-moddiy boyliklarning ro‘yxati maxsus inven-
tarizatsiya varaqalarida aks ettiriladi. Inventarizatsiya
varaqasida komissiya a’zolarining turkumi, inventarizat-
siya o‘tkazilayotgan kun, shu kunga tovarlar, idishlar
qoldig‘i tovar hisobotiga asosan ko‘rsatiladi.
Moddiy javobgar shaxs zimmasidagi tovar-moddiy
boyliklar inventarizatsiya varaqasida nomma-nom o‘z
ifodasini topadi. Unda tovarning nomi, navi, artikuli,
bahosi, miqdori summasi ko‘rsatiladi.
Mavjud tovar-moddiy boylik to‘liq ro‘yxatdan o‘tka-
zilgandan keyin jami tovarlar miqdori va summasi hisoblab
chiqiladi.
Inventarizatsiya o‘tkazilgandan so‘ng komissiya a’zolari
moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi (mulk) tovar-
moddiy boylik to‘liq inventarizatsiya varaqasida ko‘rsatiladi
va komissiya a’zolariga mulk egasi tomonidan e’tirozlar
yo‘qligini tasdiqlash maqsadida bayonnoma yozib uni
imzolaydilar.
Shundan keyingina inventarizatsiya natijalarini aniq-
lash uchun asos yaratiladi.
Inventarizatsiya natijalarini aniqlash tartibi va rasmiy-
lashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
sining 1994- yil 26- martdagi 164-sonli qarorida ko‘rsatilgan.
Qarorda asosan, inventarizatsiya o‘tkazish va boshqa
tekshiruvlar vaqtida aniqlangan haqiqiy mavjud mulk hamda
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlar
quyidagicha aniqlanadi: „Ortiqcha mulk va pul mablag‘lari
tegishli ravishda moliyaviy natijalarga yoki mablag‘ bilan
ta’minlash (fondlar) ni ko‘paytirish kirim qilinadi, keyin-


157
chalik uning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi“ (1994-
yil, 26. 03, Vazirlar Mahkamasining 164- sonli qarori).
Xalq xo‘jalik tarmoqlarida inventarizatsiya o‘tkazish
tartibi, natijalarini aniqlash yuqoridagi qarorda ko‘rsatil-
gan bo‘lsa-da, tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda
ayrim o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan,
savdo tarmoqlarida inventarizatsiya natijalarini aniqlashda
tovarlarning me’yordagi va me’yordan yuqori bo‘lgan kama-
yishini aniqlashga alohida ahamiyat beriladi va bunday
kamayish summalari inventarizatsiya natijalarini aniqlash-
da hisobga olinadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə