Buxgalteriya lit


-§. Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Buxgalteriya lit

3-§. Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish
Т
ovar va moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash-
da inventarizatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli
qilib o‘tkazish alohida ahamiyatlidir. Buning uchun inven-
tarizatsiya o‘tkazish ishlarini tartibga solish, rejalashtirish
talab qilinadi.
Korxona bosh hisobchisi har bir hisobot yili uchun
yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasini tuzib chiqadi. Reja
bevosita korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin
kuchga kiradi.
Reja tuzishda birinchi navbatda oldingi o‘tkazilgan
inventarizatsiya davri, natijalari bosh hisobchi tomonidan
o‘rganilib chiqiladi, chunki o‘tkazilgan inventarizatsiya-
larning sifatli natijalarini aniqlash to‘liq bosh hisobchi
zimmasiga yuklangandir.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida har bir moddiy
javobgar shaxs faoliyati o‘z ifodasini topishi kerak. Reja
tasdiqlangandan keyin u faqat bosh hisobchida saqlanadi
va boshqa xodimlardan sir tutiladi. Inventarizatsiya
o‘tkaziladigan obyektning muddati kelganda bosh hisob-
chi bu to‘g‘rida tashkilot rahbariga axborot berib,
inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish tayyorlaydi.
Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish, ish


158
faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi,
tovar va moddiy qiymatliklar holati bo‘yicha hisobotlar-
ning belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasining bajarilishi usti-
dan nazorat bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgandir.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida buxgalteriya hisobi,
hisoboti va balans muddatlarining to‘g‘riligini ta’minlash
maqsadida yillik inventarizatsiya o‘tkazish ishlari ham o‘z
ifodasini topadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan yillik rejada
oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya davri, hisobot yilida
o‘tkaziladigan inventarizatsiya muddati, komissiya
a’zolarining ismi, familiyasi ko‘rsatiladi. 
Т
ashkilot bo‘yicha
yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasining tuzilishi quyida-
gicha:

Т
asdiqlayman“ (rahbar) _________
„Shohrux“ savdo-ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati-
ning 20___ yilda inventarizatsiya o‘tkazish rejasi

Inventari-
zatsiya
otkaziladi-
gan do‘kon,
ombor
Inventariza -
tsiya qilina-
digan tovar-
moddiy boy-
liklar nomi
Komissiya a’zolari
O‘tka-
ziladi-
gan
kun,
oy,
sana
rais
komissiya a’zolari
1
2
3
1-sonli
ombor
Supermar-
ket do‘koni
Boshqa
obyektlar
Tovarlar,
idish va
inventarlar
Isoqov X. , Yunusov M.
Tovarshunos Turdiyev S.,
Karimov A.
Akramov U., Isoqov X.
Texnolog Umarov Y.
Soliyev I.
4.02
soat 10
15.02
soat 14
Bosh hisobchi
(imzo)
Yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasini tuzishda har
bir tarmoq uchun belgilangan muddatlari ko‘rsatiladi. Mi-
sol uchun, asosiy vositalarning inventarizatsiyasi hisobot


159
yilining oktabr oyida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa, re-
jada oktabr oyiga belgilanadi.
Rejada ko‘rsatilgan bo‘limlar bo‘yicha inventarizatsiya
o‘tkazishning nazorati korxona bosh hisobchisi zimmasiga
yuklatiladi.
Korxona va tashkilotlarda rejada ko‘rsatilmagan hollarda
ham inventarizatsiya o‘tkazilishi mumkin. Bunday inven-
tarizatsiyalar bevosita korxona rahbari, bosh hisobchisi
tomonidan tanlab olingan holda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘p
hollarda bunday inventarizatsiyalar sud-tergov organ-
larining talablariga asosan o‘tkaziladi. Bunday o‘tkazilgan
inventarizatsiyalar natijalarini aniqlash amaldagi Qonun-
larga asosan sud-tergov materiallarini to‘ldirishga qara-
tilgandir.
Respublika miqyosida amalga oshirilgan mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish, mulkdorlar sinfini shakllantirish
inventarizatsiya o‘tkazish ishlarida auditorlar xizmatidan
foydalanishga keng yo‘l ochib berdi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə