Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
Buxgalteriya lit

Т
EST SAVOLLARI
1. Hujjatlarga qo‘yilgan talablar nima deb ataladi?
A) yo‘riqnoma;
B) balans;
C) schot;
D) rekvizit;
E) buyruq.
2. Farmoyish beruvchi hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi?
A) talabnoma;
B) yo‘riqnoma;
C) schot faktura;
D) buyruq;
E) registr.
3. Hujjatlarga nechta talab qo‘yiladi?
A) 2;
B) 5;
C) 3;
D) 6;
E) 4.
4. Buxgalteriya hujjatlari nusxasi kim tomonidan tas-
diqlanadi?
A) sud tomonidan;
B) bosh buxgalter tomonidan;
C) omborchi tomonidan;
D) moliya vazirligi tomonidan;
E) bojxona tomonidan.
5. Buxgalteriya hujjatlarida xatoliklarni tuzatish mum-
kinmi?
A) mumkin emas;
B) direktor tuzatadi;
C) mumkin;
D) sud;
E) arbitraj.
10 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


146
VIII BOB
.
XO‘JALIK MABLAG‘LARINI
YO‘QLAMA (INVEN
Т
ARIZATSIYA)
QILISH
1-§. Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha.
Inventarizatsiyaning turlari
Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar,
tegishli asosiy va aylanma mablag‘lariga ega bo‘lib, bu
mablag‘lar xo‘jalik faoliyati davomida o‘z qiymatining
miqdorini o‘zgartirib boradi. Asosiy va aylanma mablag‘-
lar, ya’ni korxona va tashkilotlarning mulki tegishli mod-
diy javobgar shaxslar zimmasida bo‘lib, har bir moddiy
javobgar shaxs o‘z zimmasidagi tovar va moddiy boylik-
lar holati bo‘yicha buxgalteriyaga hisobot beradi. Moddiy
javobgar shaxslarning tovar hisobotida mablag‘larning
hisobot davridagi kirim-chiqim va oxirgi qoldig‘i hisob-
kitob qilinadi.
Mablag‘larning harakatini hamda ularni o‘z vaqtida ki-
rim qilishni nazariy hal qilish ikki tomonlama olib bori-
ladi. 
Birinchisi,
buxgalteriya hisobidagi mablag‘lar bo‘lsa,
ikkinchisi
moddiy javobgar shaxslarning hisobotidir.
Mablag‘larning harakatini hisobga olishda ularni ki-
rim va chiqimini tartibga solishda hujjatlarga alohida aha-
miyat berish talab qilinadi. Hujjatda tovar va moddiy
boyliklarning xaridorlarga jo‘natilgan kuni, miqdori,
bahosi, narxi ko‘rsatiladi. Hujjatlarga asosan tashkilot
buxgalteriyasida mablag‘lari kirimga qabul qilinishi va
sarflanishi nazorat qilinadi. Mablag‘larning harakati,
ularning to‘liqligi ikki tomonlama nazorat qilinadi. 
Birinchi
nazorat
moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari yorda-
mida amalga oshiriladi. 
Ikkinchi nazorat
buxgalteriya
yozuvlari yordamida olib boriladi. Har bir nazorat shakli-
da mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib
olinadi. Hujjatlar yordamida mablag‘larning haqiqiy hi-
moyasining har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha to‘-
liqligini ta’minlash, nazoratni tashkil qilish maqsadida
inventarizatsiya o‘tkaziladi.


147
O‘zbekiston Respublikasida „Buxgalteriya hisobi va
hisobotlar to‘g‘risida“gi Nizomga asosan korxona va
tashkilotlar inventarizatsiya o‘tkazish davrlarini mustaqil
belgilaydilar.
Nizomga asosan korxonalar yillik hisobot tuzishdan
oldin mablag‘lar to‘liqligini ta’minlash maqsadida in-
ventarizatsiya o‘tkazadilar. Ularni quyidagi muddatlarda
o‘tkazish tavsiya qilinadi:
— asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi ok-
tabrida;
— ombor va bazalardagi sanoat tovarlari bir yilda bir
marta;
— ombor va bazalardagi oziq-ovqat tovarlari bir yilda
ikki marta;
— arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar yiliga bir
marta;
— pul mablag‘lari har oyda bir marta.
Yuqoridagi muddatlarda rejali inventarizatsiya o‘tka-
ziladi. Korxona bosh buxgalteri hisobot yili uchun yil boshi-
da inventarizatsiya o‘tkazish rejasi korxona bosh buxgal-
teri tomonidan tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlana-
di. 
Т
asdiqlangan reja asosida inventarizatsiya ishlari tashkil
qilinadi.
Korxona va tashkilotlarda inventarizatsiya o‘tkazish
quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boriladi.
Birinchi tamoyil
— bu moddiy javobgarlik hisoblanadi,
chunki korxona va tashkilotga taalluqli bo‘lgan asosiy va
oborot mablag‘lar tegishli moddiy javobgar shaxslar
zimmasida bo‘ladi va ular bilan amaldagi qonunlar asosi-
da moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilib, unda
tovar-moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash uchun
o‘zaro bitim tuziladi.
Moddiy javobgarlik to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga
rioya qilmaslik oqibatida turli ko‘rinishdagi kamomad va
xiyonatlarning kelib chiqishi amaliyotda tasdiqlangan.
Ikkinchi tamoyil —
bu inventarizatsiya o‘tkazish komis-


148
siyasini to‘g‘ri tashkil qilish, inventarizatorning tegishli
kasb bo‘yicha malakaga ega bo‘lishini ta’minlash va bu
to‘g‘ridagi Nizom, qoidalarning bo‘lishini nazorat qilish
alohida ahamiyatlidir. Inventarizatsiya o‘tkazish komis-
siyasining a’zolarini to‘g‘ri tanlash yuqori malakali muta-
xassislarni jalb qilish, kamomad va xiyonatlarning oldini
olish, tovar-moddiy boyliklarining to‘liqligini ta’minlashga
yaqindan yordam beradi.
Uchinchi tamoyil —
bu korxona va tashkilot rahbarining
yoki mulk egasining inventarizatsiya o‘tkazishga bo‘lgan
munosabatini to‘g‘ri tashkil qilishdir. Har bir mulk egasi,
xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mulkiga bo‘lgan muno-
sabatining to‘liqligini ta’minlashdagi chora-tadbirlarini
aniqlash bilan ifodalanadi.
Т
o‘rtinchi tamoyil —
inventarizatsiyaning reja asosida
tashkil qilinishidir. Bu tamoyil, birinchidan, inventarizatsiya
ishlarining bir me’yorda o‘tkazilishini ta’minlasa, ikkin-
chidan, inventarizatsiyalarning ish unumdorligini oshirish
va inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida aniqlash imko-
nini beradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan rejaning
bajarilishini ta’minlash bu boradagi ishlarning samara-
dorligini ta’minlaydi.
Beshinchi tamoyil
— bu inventarizatsiya ishlarida tejam-
korlikka rioya qilishni ta’minlashdir. Inventarizatsiya o‘tka-
zishda tejamkorlikka erishish birinchi navbatda ish vaqtidan
unumli foydalanish bilan bog‘liqdir. Inventarizatsiya
ishlarining belgilangan muddatlarda boshlanishi va
tugallanishini nazorat qilish komissiya raisi zimmasiga,
tashkilot rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatilgandir.
Hozirgi sharoit har bir mulk egasini tadbirkor, tejam-
kor bo‘lishga, mulkka bo‘lgan munosabatni yaxshilashga,
mulkning to‘liqligini nazorat qilishga undaydi. Korxona va
tashkilotlarning mulki tegishli moddiy javobgar shaxslar
zimmasida bo‘lib, ular mulkning to‘liqligini ta’minlash
uchun javobgar shaxslar deb hisoblanadilar.
Mulkning to‘liqligi har tomonlama nazorat qilib


149
boriladi, chunki mulk harakati, turlari bo‘yicha sintetik va
analitik schotlarida buxgalteriyada nazorat qilinsa,
ikkinchidan, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarida
o‘z ifodasini topadi. Lekin buxgalteriya schotlaridagi
ma’lumotlar bilan tovar hisobotidagi ma’lumotlar bir-
birini tasdiqlashi mumkin, ammo haqiqatda mulkning
to‘liqligini ta’minlaganmi, yo‘qmi bu holatga aniqlik kiritish
maqsadida inventarizatsiya qilinadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda (buxgalteriya hisobi) inven-
tarizatsiya so‘zini „
ashyoviy dalil
“, 
yo‘qlama qilish,
„ taqqoslash“
kabi so‘zlar bilan almashtirish hollari
mavjud, bunday hol xatolikka, buzib ko‘rsatishga olib
keladi, xolos.
Bizning fikrimizcha, inventarizatsiyaga quyidagicha
ta’rif berilsa maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə