Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va undagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Buxgalteriya lit

4-§. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va undagi
xatoliklarni tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisobi holati, eng avvalo, hujjatlar hara-
katini to‘g‘ri tashkil qilish bilan bevosita bog‘liqdir, chunki
har bir amalga oshirilgan xo‘jalik muomalasi mablag‘lar
harakati bilan bog‘liq holda olib boriladi.
Mablag‘lar harakatini to‘g‘ri hujjatlashtirish hisob-
kitoblarning o‘z vaqtida yuritilishini, pulga bo‘lgan talab-
ning qondirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda, mablag‘lar
harakatining bir me’yorda yuritilishini nazorat qilish
hujjatlar yordamida bajariladi.
Shuning uchun buxgalteriya hujjatlarini saqlash nazo-
ratni talab qiladi.
Hujjatlarni saqlash, birinchi navbatda, hujjatlar ay-
lanishini to‘g‘ri tashkil qilish bilan bevosita bog‘liqdir. Hujjat
aylanishi deb, hujjat rasmiylashtirilgan kundan boshlab
to arxivga topshirilgan kungacha bo‘lgan davrga aytiladi.
Hujjatlarning aylanishini to‘g‘ri tashkil qilish, 
birin-
chidan
, buxgalteriya apparatida ishni to‘g‘ri yuritish, tashkil
qilish uchun asos yaratsa, 
ikkinchidan
, ularga to‘g‘ri ras-
miylashtirishni tekshirish imkonini yaratadi, 
uchinchidan
,
tovar moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hujjatlarining to‘liq saqlash uchun bosh
buxgalter javobgardir. Hujjatlarni har tomonlama to‘g‘ri


144
va talab darajasida rasmiylashtirilganligi bevosita bosh
buxgalter tomonidan nazorat qilinadi.
Buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘riligini tekshirishda
asosiy e’tibor bosh buxgalter tomonidan quyidagi holatga
qaratiladi:
— hujjat bo‘yicha javobgar shaxslarning imzolariga;
— ko‘rsatilgan miqdorlarning to‘g‘riligiga;
— dalolatnomalarning mavjudligiga;
— hujjat rasmiylashtirilgan sana, yil ko‘rsatilishiga.
Demak, bosh buxgalter tomonidan hujjatlarning
to‘g‘riligi tekshirilayotganda „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-
da“gi Qonunga amal qilinadi. Buxgalteriya hujjatlarini
saqlash ma’lum ketma-ketlikka amal qilishni talab qiladi,
ya’ni hujjatni saqlashda har oyning hujjatlari, ularning
mazmuniga qarab alohida-alohida maxsus papkalarga
ajratilgan holda saqlanadi.
Misol uchun, tovar hisobotlari, bank ko‘chirmalari,
xazina hisobotlari alohida-alohida to‘planib saqlashga
tayyorlanadi.
Oy davomida xo‘jalik muomalalarini tasdiqlovchi
hujjatlar bosh buxgalter tomonidan qo‘yilgan buxgalteriya
xodimlari zimmasida bo‘lib, hisobot davri tugagandan keyin
bosh buxgalterga ko‘rsatilib, uning to‘g‘riligi tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hujjatlarini arxivda saqlash uchun tegishli
tayyorgarlik talab qilinadi. Bunday tayyorgarlik ishlarida
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, tartibga keltirish kabi
tadbirlar o‘tkaziladi.
Arxivga topshiriladigan hujjatlarga raqamlar qo‘yilib,
jami topshirilgan hujjatlar ro‘yxati tuziladi.
Bosh buxgalterni almashtirish uchun buyruq chiqa-
rilganda, unga asosan hujjatlar holati tekshirilayotganda
maxsus qabul qilish va topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnomada oldin ishlagan va yangi bosh buxgalter
ishtirokida hujjatlar holati, bosh daftar yozuvlarining
tegishli sintetik schot ko‘rsatkichlari bilan mos kelishi
tekshirilib bo‘lingandan keyin dalolatnoma ikkala bosh


145
buxgalter tomonidan imzolanadi. Bu to‘g‘rida taftish
komissiyasi raisi xulosa qilib o‘z imzosini qo‘yadi.
Dalolatnomada arxivga topshirilgan hujjatlar muddati
bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.
Ayrim hollarda tegishli nazorat ishlarini tashkil qilishda
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq muammolar muqobil
tekshirilayotgan hujjatlar tashkilot buxgalteriyasidan uning
to‘g‘riligini tasdiqlash maqsadida, rahbarning ruxsatnomasi
bo‘lgan taqdirdagina boshqa tashkilot xodimlariga taqdim
qilinishi, ko‘rsatilishi mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə