Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriya hisobining registrlarini yuritish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Buxgalteriya lit

2-§. Buxgalteriya hisobining registrlarini yuritish
tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatida tegishli
mablag‘lar harakatini amalga oshiradilar va har bir
mablag‘ning harakati tegishli hujjatlar bilan rasmiylash-
tirilgandagina qonuniy deb hisoblanadi. Hujjatlar o‘z
ifodasini topgan xo‘jalik operatsiyalari, tegishli hisob
registrlarida ko‘rsatiladi. Hisob registrlari ko‘rinishiga qarab
kitob (daftar) yoki kartochka, ayrim varaqalar shaklida
bo‘lishi mumkin. Hisob registrlari yozuvlari xronologik,
muntazam kombinatsiyalashtirilgan holda yuritiladi.
Xronologik registrlarda amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalari ro‘yxatga olinadi. Misol uchun, memorial-
order shaklida qo‘llaniladigan xo‘jalik operatsiyalarini
ro‘yxatga olish jurnalini nomerlashimiz mumkin. Bu
jurnaldagi yozuvlarda xo‘jalik operatsiyalariga berilgan
provodkalar bilan to‘liq rasmiylashtirilgan ko‘rsatmalar
o‘z ifodasini topadi.
Muntazam registrlarda amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalari, berilgan buxgalteriya provodkalarining
iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlash imkonini beradi.
Misol uchun, jurnal-orderlardagi yozuvlarni keltirishimiz
mumkin.
Amalga oshirilgan operatsiyalar turlari bo‘yicha, ya’ni,
„Kassa“, „Hisob-kitob“ schoti bo‘yicha alohida-alohida
hisobga olinadi.


167
Hisobot davrining oxirida xronologik registrlardagi
yozuvlar muntazam registrlarda ko‘rsatilishi mumkin.
Xronologik va muntazam registrlarda, asosan, sintetik
schotlarning ko‘rsatkichlari idora etiladi.
Kombinatsiyalashtirilgan registrlarda sintetik va analitik
hisob ma’lumotlari bir registrning o‘zida ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni shundaki,
uning yordamida korxona va tashkilotlarning xo‘jalik fao-
liyati nazorat qilinadi va iqtisodiy tahlil uchun ma’lumot-
lar umumlashtiriladi.
Hisob registrlarini to‘g‘ri yuritish hisobotlarning belgi-
langan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi registrlarida xo‘jalik operatsiyalarini
yozish bevosita hujjatlar bilan asoslangan holda olib
boriladi, hisob registrlari hujjatlardagi xo‘jalik opera-
tsiyalarini tegishli paytlarda ikki yoqlama yozuv asosida olib
borish asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi registrlari Mo-
liya vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, tegishli
talablarga javob berishi kerak. Xo‘jalik operatsiyalarining
hisob registrlariga yozish tegishli tayyorgarlik ishlarini talab
qiladi. Bunday tayyorgarlik ishlariga hujjatlarning to‘g‘ri
ko‘rsatilganini nazorat qilish, ma’lumotlarning aniqligini
tekshirish kabilar kiradi. Har bir registrning birinchi beti
to‘ldirilganda, uning oxirida jami summasi debet va kredit
tomonlari bo‘yicha hisoblanib chiqiladi va oxirida har bir
registr bo‘limga qoldiqlar, debet va kredit tomonlari bo‘yicha
aniqlanadi. Agar ma’lumotlar sintetik schotlarda ko‘rsa-
tilgan bo‘lsa, analitik schot ko‘rsatkichlari bilan solish-
tirilib, uning to‘g‘riligi tekshirilib chiqilgandagina hisob
registrlariga olinadi.
Hisob registrlarini yuritish, nazorat qilish bevosita
korxona bosh hisobchisiga yuklanadi.
Hisob registrlarini yuritishda amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarga alohida ahamiyat
beriladi, chunki hisob registrlari uchun birlamchi ma’lu-
motlar hujjatlardan olinadi. Shuning uchun hujjatlar bilan


168
hisob registrlari bir-birini to‘ldirib boradi va amaldagi
qonunlarga asosan olib borilishi uchun korxona bosh
hisobchisi javob beradi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga yozishdan oldin xo‘ja-
lik operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar qayta ishlanadi.
Hujjatlarni qayta ishlash davomida ularda ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning to‘liqligini aniqlash ishlari amalga
oshiriladi va xo‘jalik operatsiyalariga buxgalteriya provod-
kalari beriladi. Berilgan provodkalarning to‘g‘riligi hisob
registrlaridagi yozuvlarning o‘z vaqtida borishini ta’min-
labgina qolmay, hisobotlarning belgilangan muddatlarda
tekshirilganligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobidagi, registrlardagi yozuvlar huj-
jatlarda qayd qilingan yozuvlarning umumlashtirgan hola-
tini ifoda etadi. Misol uchun, hujjatda kassadan berilgan
pul mablag‘larining summasi nomma-nom kimga, qachon,
qancha berilganligini ko‘rsatish bilan birga oxirida jami
berilgan pul mablag‘larining summasi yoziladi.
Buxgalteriya hisobi registrlarida kassadan berilgan pul
mablag‘lari yo‘nalishlari bo‘yicha aks ettiriladi, debet va
kredit tomonlarining qoldiqlari oy boshiga oylik oboroti va
oy oxiriga bo‘lgan qoldiq aniqlanib, ularning to‘g‘riligi
analitik schotlardagi yozuvlar bilan taqqoslanib chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlarida amalga oshirilgan xo‘-
jalik operatsiyalari provodka raqami, berilgan sanasi, opera-
tsiyaning qisqacha mazmuni ko‘rsatiladi. Registrlardagi
yozuvlar hujjatga asosan to‘g‘ri, toza qilib yozilgan bo‘lishi
kerak, o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yozuvlar,
asosan, siyohli ruchkada yoziladi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga yozuvlar har bir beti
to‘lgandan keyin undagi summalarning jamlanmasi
hisoblanib, keyingi betga o‘tganlik to‘g‘risida belgi ko‘rsa-
tiladi. Buxgalteriya hisobi registrlarida xo‘jalik operatsiyalarini
yozish, 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə