Buxgalteriya lit


 Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Buxgalteriya lit

1. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida
taqdim qilinadi:
a) buxgalteriya balansi —1- son-shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2- son-
shakl;
d) pul oqimlari to‘g‘risida hisobot — 4- son-shakl;
e) xususiy sarmoya to‘g‘risida hisobot — 5- son-shakl;
Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona
faoliyatining yakuniy natijalariga korxona yillik moliyaviy
hisobotini ko‘rib chiqish va sof foydani taqsimlash yakun-
lari bo‘yicha ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon qilin-
gan tushuntirish xati hamda moliyaviy hisobotning to‘g‘ri-
ligi haqida auditorlik xulosasi.


187
Yarim yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida
taqdim qilinadi:
a) buxgalteriya balansi — 1- son-shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot — 2- son-
shakl;
d) pul oqimlari to‘g‘risida hisobot — 4- son-shakl;
e) debitorlik va kreditorlik qarzi to‘g‘risida ma’lumot-
noma — 2- son-shakl.
Choraklik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida
taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1- son-shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot — 2- son-
shakl;
d) debitorlik va kreditorlik qarzi to‘g‘risida ma’lumot-
noma — 2- son-shakl.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat buxgalteriya balansi:
1- son-shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot —
2- son-shakldan iborat bo‘lgan choraklik moliyaviy hiso-
botlarni taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobot shakllarida aktivlar, passivlar bo‘yi-
cha operatsiyalar amalga oshirilmagan bo‘lsa, u yoki bu
modda (satr ustun) to‘ldirilmagan holda ko‘riladi.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog‘ida O‘zbekiston
Respublikasining „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonu-
niga, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga,
buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, buxgalteriya
hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari
bo‘yicha boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal
qilinadi.
Buxgalteriya balansi moddalarida ko‘rsatilgan aktivlar
va passivlarning to‘liqligi o‘tkazilgan inventarizatsiya
natijalari bilan tasdiqlanganligini va uning o‘tkazilishida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
„ Inventa-
rizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish“
haqidagi ko‘rsatmalari
asosida hamda „Buxgalteriya hisobi milliy standart 19-son“


188
bilan belgilangan tartibda o‘tkazilganligini nazorat qilish
talab qilinadi“.
Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh buxgalter
tomonidan imzolanadi.
Hisobot shakllarida va uni to‘ldirishda operativ, sistemali
hisob turlaridan, ularda aks ettiriladigan ma’lumotlardan
keng foydalanish mumkin.
Korxona hisobotining aniqligini ta’minlashda bir qator
vazifalar qo‘yiladiki, bu vazifalarni bajarish hisobotning
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqligini oshiradi.
Korxona (kichik korxonalardan tashqari) yillik
buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi. Unda
hisobot yilida korxona faoliyati pirovard natijalariga ta’sir
qiluvchi asosiy omillar, korxona moliyaviy holati hamda
korxona yillik hisoboti muhokamasi bo‘yicha qabul qilingan
qaror va sof foydaning taqsimlanishi o‘z aksini topadi.
Bundan tashqari, „Buxgalteriya hisobi haqida“gi nizomga
asosan vazirliklar o‘z tuzilmasidagi korxonalar uchun
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya
hisobotining maxsus shakllarini kiritishi mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə