Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79
Buxgalteriya lit

X BOB
.
 BUXGAL
Т
ERIYA HISOBO
Т
I
1-§. Buxgalteriya hisoboti to‘g‘risida tushuncha.
Hisobot turlari
Respublikamizda shakllangan mulkchilik bozor
iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanib bormoqda va har
bir mulk egasi o‘z mulkining to‘liqligi, samaradorligini
nazorat qilish imkoniga egadir. Mulkchilik shakllarining
rivojlanishi buxgalteriya hisobi va hisoboti oldiga yangi-
yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Har bir mulk egasi o‘z korxonasining foydali ishla-
shini, tejamkorlik va tadbirkorlikka intilishni, mulk holati-
dagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi.
Mulk egasi boshqa korxona, firmalar bilan o‘zaro


185
hisob-kitoblarni olib borish bilan birga mahsulot ishlab
chiqarish, uni sotish kabi muammolarni hal etadi.
Mulkdorlik holati uning moliyaviy barqarorligi mulk-
ka bo‘lgan munosabatlarda o‘z ifodasini topadi.
Buxgalteriya hisoboti ma’lum vaqt birligida amalga
oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini umumlashtirishga
qaratilgandir. Buxgalteriya hisobida korxonaga taalluqli
bo‘lgan xo‘jalik mablag‘larining joylanishi va tashkil topish
manbalari o‘rganiladi va tegishli mablag‘larga bo‘lgan
ehtiyojini aniqlash imkoni yaratiladi.
Hisobot ma’lumotlarining o‘ziga xos xususiyati shun-
daki, korxona faoliyatining o‘tgan va hozirgi holatini tashkil
qilish imkoniyatlari bor. Hisobotni to‘g‘ri iqtisodiy ma’lu-
motlarga asoslangan holda tuzish tarmoqlar o‘rtasidagi
munosabatning bir me’yorda olib borilishini ta’minlaydi.
Т
uzilgan hisobotda korxona va tashkilotlarning xo‘jalik
faoliyati hisobot davri bo‘yicha umumlashtirilgan holda
ko‘rsatiladi. Hisobotning yana bir xususiyati shundaki,
hisobot ko‘rsatkichlarida faqat topshiriqlarni bajarish ifoda
qilinmasdan, korxonaning moliyaviy natijalari, foydasi,
resurslardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Hisobot
ko‘rsatkichlarini keng ma’noda o‘rganish maqsadida hisobot
shakllaridan foydalaniladi. Hisobot shakllari yordamida
korxona xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganish, taqqoslash,
tahlil qilish imkoniyatlari yaratiladi. Hisobot shakllari
yordamida korxonaning pul mablag‘lari, ulardan foyda-
lanish, moliyaviy holati, debitor va kreditor qarzlari to‘g‘-
risida to‘liq ma’lumot olinadi.
„Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risida“gi nizomga
asosan: 
„ korxona, muassasaning buxgalteriya hisoboti
hisobga olish jarayonining yakunlovchi bosqichi“
hisoblanadi.
Hisobotda, 
„ korxona, muassasaning hisobot davridagi
mulkiy va moliyaviy holati, xo‘jalik faoliyatining natijalari
o‘sib boruvchi yakun bilan aks ettiriladi“
deb belgilanadi.
Buxgalteriya hisobining namunaviy shakllari va ularning
o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalar O‘zbekiston


186
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Buxgal-
teriya hisobi to‘g‘risida“gi Qonunning 16-moddasida,
korxona va tashkilotlar choraklik, yillik hisobot beradilar,
deb ko‘rsatilgan. Hisobotni tuzish tartibi, qo‘llaniladigan
shakllar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomo-
nidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-
yil 7- fevraldagi 31-sonli buyrug‘ida moliyaviy hisobot
shakllarini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Belgi-
langan ko‘rsatmaga asosan moliyaviy hisobotlarni O‘zbe-
kiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan yuridik
shaxs hisoblangan, barcha mulkchilik shaklidagi korxona
va tashkilotlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxo-
nalar, auditorlik tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari va
banklar bundan mustasno), shuningdek, mustaqil balans
va hisob-kitob schotiga ega bo‘lgan soliq qonunchiligiga
muvofiq soliq to‘lovchilar hisoblangan alohida bo‘linmalar
taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbe-
kiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Choraklik va yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobot
shakllari hajmida taqdim qilinadi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə