Buxgalteriya lit


Korxonalar (chet el investitsiyalari ishtirokidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
Buxgalteriya lit

Korxonalar (chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalardan tashqari) buxgalteriya hisobotini quyidagi
tashkilotlarga topshiradilar:
1. Mulk egalariga (davlat mulkini boshqarish topshi-
rilgan tashkilotlarga, qatnashchilarga, tashkilotchilarga,
tashkil etilish hujjatlariga asosan).
2. Mahalliy davlat soliq nazorati tashkilotlariga.
3. Mahalliy davlat statistika tashkilotiga.
4. Kredit shartnomalariga asosan bank tashkilotiga.
5. Amaldagi qonunlar bo‘yicha korxona faoliyatini
tekshirish va kerakli hisobotlarni olish yuklatilgan boshqa
davlat tashkilotlariga (jumladan, budjet ajratmalari hisobiga
korxona xarajatlarini moliyalashtiruvchi moliya tashkilot-
lariga).
Chet el investitsiyasi ishtirokida tuzilgan korxonalar
yillik buxgalteriya hisobotini korxonaning bir ishtirokchisi


189
(mulk egasi) ga tashkil qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan tartib
bo‘yicha davlat soliq nazorati tashkilotiga, korxona joy-
lashgan rayondagi davlat statistika tashkilotiga taqdim qi-
ladi.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, qatnash-
chilar bilan kelishilgan holda kerakli nazoratni amalga
oshirish uchun hisobotlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z
ichiga oluvchi yig‘ma hisobotni ham taqdim qiladilar.
Korxonalarning yillik buxgalteriya hisoboti yuqorida
sanab o‘tilgan tashkilotlarga taqdim qilinguncha tashkil
qilish hujjatlarida belgilangan tartib bo‘yicha ko‘rib chiqiladi
va tasdiqlanadi.
Xo‘jalik faoliyati yakunlari haqidagi yillik buxgalteriya
hisobotini qiziquvchi tashkilotlar (birjalar, xaridorlar, mol
yetkazib beruvchilar va boshqalar)ga ochiq e’lon qilish
mumkin.
E’lon qilinadigan hisobotning ishonchliligi mustaqil
auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida keltirilgan ko‘rsat-
kichlardan korxonada yo‘qlari to‘ldirilmay, ustidan chizib
qo‘yiladi.
Moliya, soliq va bank tashkilotlari bilan hisob-kitoblar
bo‘yicha balans moddalari summalari ular bilan kelishilgan
va bir xilda bo‘lishi kerak.
Korxona hisobotidagi ma’lumotlar, buxgalteriya hisobi
uslubidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, o‘tgan yil-
ning shu davridagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash imko-
nini berishi lozim.
Buxgalteriya hisoboti va balansida hech qanday tushu-
narsiz yozuvlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan bo‘lsa,
unga kerakli tushuntirishlar yoziladi hamda uni tuzatish
sanasi ko‘rsatilgan holda hisobot va balansni imzolagan
shaxslar tasdiqlaydilar.
Korxonaning (kichik korxonalardan tashqari) yillik
hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinib, unda hisobot yilida
korxonaning xo‘jalik va moliya natijalariga ta’sir qilgan asosiy


190
omillar ta’riflanadi. Shu bilan birga, unga yillik buxgalte-
riya hisobotini korxonada ko‘rib chiqish yakunlari va sof
foydani taqsimlash bo‘yicha qaror ham ilova qilinadi.
Т
ushuntirish xatiga korxona faoliyatining qator yillar-
dagi muhim iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar dinami-
kasi haqidagi ma’lumotlarni, kelgusi davrlardagi kapital
qo‘yilmalar ko‘rinishini, amalga oshiriladigan iqtisodiy
tadbirlarni va yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi
boshqa ma’lumotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Yil boshida bo‘lgan kirish balansi o‘zgartirilsa, tushun-
tirish xatida o‘zgarish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. 
Т
ushun-
tirish xatida, jumladan, kelgusi yilgi qabul qilingan hisob
siyosati ham keltiriladi (agarda hisobot yilidagidan farq qilsa).
Buxgalteriya hisoboti tuzishda buxgalteriya hisobi va
balanslarini tuzish haqidagi nizomga, buxgalteriya hisob-
lari rejasini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va boshqa
me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi.
Choraklik, yillik hisobot tuzishda mulk shaklidan qat’i
nazar davlat manfaatlarini nazarda tutish, xalqaro stan-
dartlarga rioya etish, amaldagi qonun va farmonlarni bajarish
bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi yo‘riq-
nomalarga to‘liq rioya qilish talab qilinadi.
Korxona balansida o‘z ifodasini topgan mablag‘lar va
ularning manbalari yo‘qlamadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Buning uchun korxona va tashkilotlardan tovar va moddiy
boyliklarni yo‘qlama qilish va natijalarni aniqlash jadvalini
to‘liq bajarish kerak. Yillik va choraklik hisobotda tegishli
buxgalteriya hisobidagi yozuvlarga maxsus taqqoslash
dalolatnomasi, tegishli korxonalar bilan o‘zaro hisob-
kitoblarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi muqobil dalolat-
nomalar, tushuntirish xati ko‘rsatiladi.
Yillik, choraklik hisobotni tuzish va topshirish muddat-
lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
belgilangan.
Kunlik hisobotlarda xo‘jalik faoliyatining hisobot
tuzilgan kundagi holati ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə