Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Buxgalteriya lit

ikkinchidan,
uzluksiz ketma-ketligi bilan ajralib turadi.
Buxgalteriya hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlar
korxona va tashkilotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning holatini
belgilangan (chorak, yil) hisobot davriga umumlashtirib
beradi.
Buxgalteriya hisobotining mablag‘lar holati hisobot
davrining boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldiqlari bo‘yicha
ko‘rsatiladi.


193
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisoboti tuzili-
shiga qarab ichki va tashqi hisobotlarga bo‘linadi. Ichki
hisobotlardagi ma’lumotlar shu tashkilot bo‘limlari xo‘jalik
faoliyatidan olinadi va umumlashtiriladi hamda korxona-
ning o‘zida foydalaniladi. Misol uchun, moddiy javobgar
shaxslarning tovar hisoboti, kassir hisoboti ichki hisobot-
larga kiradi. 
Т
ashqi hisobot mazmuni bo‘yicha ichki
hisobotdan farq qilib, uning shakli, tuzish muddatlari,
ko‘rib chiqish tartibi davlat tomonidan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobotida korxona va tashkilotlarning
xo‘jalik faoliyati to‘liq hisobot davri bo‘yicha umumlashtirib
ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobotida ko‘rsatilgan ma’lu-
motlar, 
birinchi navbatda
, hujjatlar bilan asoslangan
xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqqan, tegishli hisob reyestr-
larida aks ettirilgan ikki yoqlama yozuv bilan asoslangan,
xo‘jalik operatsiyalarini ifodalash yordamida shakllanadi,
ikkinchidan,
ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi bosh
hisobchi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga qarab
hisobotlar kunlik, oylik, choraklik, yillik hisobotlarga
bo‘linadi.
Kunlik hisobotlar, asosan, moddiy javobgar shaxslar
tomonidan tuziladi. Bunday hisobotlarda tovar-moddiy
qiymatlarning harakati to‘g‘risida hisobot berilib, unda bir
kunlik tovarlarning kirimi, chiqimi hisobi, kun boshiga va
oxiriga bo‘lgan qoldig‘i aniqlanadi.
Choraklik, yillik hisobotlarni tuzish tegishli ma’lumot-
larni hisobotga tayyorlash ishlarining olib borilishini talab
qiladi. Choraklik va oylik hisobotlarning bir-biridan farqi
shundaki, 
birinchidan
, tasdiqlangan hisobot shakllarini
to‘ldirish bo‘lsa, 
ikkinchidan,
moliyaviy natijalarning taq-
simlanishi va qayta taqsimlanishidadir.
Yillik buxgalteriya hisobotini tuzishda korxona xo‘jalik
faoliyatining bir yillik natijalari hisob-kitob qilinib, ularni
iqtisodiy tahlil qilish uchun imkoniyat yaratiladi.
Mulkchilik turli shakllari qo‘llanilayotgan hozirgi
13 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


194
sharoitda xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida to‘liq iqtisodiy ma’lumot
olish har bir mustaqil korxona hamda tashkilot uchun
muhim ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumot olishning
muhim manbayi buxgalteriya hisobi va hisobotidir.
Korxona va tashkilotlarning hisoboti o‘zida mazkur
korxonalar faoliyatining o‘tgan davrdagi (kvartal, yil va
hokazo) yakunlari, natijalari va sharoitlari haqidagi ma’lu-
motlarni umumlashtiradi.
Hisobotlar tayyorlanishiga qarab operativ, statistik va
buxgalteriya hisobotlariga bo‘linadi.
Hisobotlarning bunday bo‘linishi ulardagi ma’lumot-
larning mazmuni va tashkil topishidagi farqidan kelib chiqadi.
Operativ hisobotlar, 
birinchidan
, tashkilot xo‘jalik
faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa ham ma’lum bir
vaqt birligida sodir bo‘layotgan muammolarni kuzatishda
keng ishlatiladi.
Operativ hisobotlarning o‘ziga xos xususiyati shun-
daki, ularda hisobot davrining boshiga yoki oxiriga taalluq-
li bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi, 
ikkinchidan
, bu
hisobotlarda xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish man-
balari joylashishi ko‘rsatilmaydi.
Operativ hisobotlarning ma’lumotlari yillik hisobot
tuzishda savdo tashkilotlarida ishlatilmaydi. Statistik
hisobotlar shunday hisobotlarki, ular maxsus kuzatishlar
orqali olib boriladi. Statistik hisobotlardagi ma’lumotlar,
birinchidan, 
ko‘proq natura o‘lchov birliklarida yuritiladi.
Ikkinchidan
, operativ, statistik hisobot bir vaqtning o‘zida
turli o‘lchov birliklaridan foydalanishi mumkin, lekin
statistik hisobotlarda umumlashtirilgan ma’lumotlar o‘zi-
ning ketma-ketligi yo‘qligi bilan boshqa hisobotlardan farq
qiladi.
Keyingi yillarda respublikamizda buxgalteriya hisobi va
hisobotini soddalashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 16-
iyuldagi „Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni,
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-


195
taomillarini tubdan qisqartirish tadbirlari to‘g‘risidagi PF-
4453- sonli Farmoni bevosita hisobotlarni qisqartirishga
qaratilgandir. Farmonda statistik, moliyaviy va soliq
hisobotlarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexa-
nizmlarini takomillashtirish hisobiga respublikamizda qulay
tadbirkorlik muhitini vujudga keltirish, biznes subyektlarini
tashkil etishni soddalashtirish, ularning erkin faoliyat
yuritishi uchun aniq chora-tadbirlar amalga oshirilganligi
ta’kidlab o‘tilishi bilan birga amaliyotda qo‘llanilayotgan
statistik soliq va moliyaviy hisobotlar tizimini qayta ko‘rib,
ularni tubdan soddalashtirish va isloh qilish talab etilishi
ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil
17- apreldagi P-3829- sonli Farmoyishiga asosan tashkil
qilingan ishchi guruhi tomonidan statistik, soliq va mo-
liyaviy hisobotlarning amaldagi holatini to‘liq o‘rganib
chiqilganligi o‘z samarasini berdi, bugunga kelib bir
qator hisobot shakllari bekor qilindi. Birgina moliyaviy
hisobot shakllaridan „Asosiy vositalarning harakati
to‘g‘risida hisobot“ (shakl-3), „Debitorlik va kreditorlik
qarzdorlik to‘g‘risida ma’lumot“ (shakl-2a) 2012-yilning
III choragidan bekor qilindi. 2013- yil 1- yanvardan
boshlab 65 ta statistik hisobot shakllari bekor qilindi,
ayni paytda hisobotlarning davriyligi oshirildi. 2014- yilning
oxiriga qadar barcha statistik soliq va moliyaviy hisobotlarni
tekshirishning elektron tizimiga o‘tish bosqichma-bosqich
amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi. Respublikamizda
hisobotlarni soddalashtirish borasida olib borilayotgan
ijobiy ishlar hisobotlarning iqtisodiyotdagi ta’sir kuchini
yanada oshiradi, ularning xalqaro andozalarga moslash-
tirilishini tezlashtiradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə