Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Buxgalteriya lit


Т
ovarlar“
moddasidagi summani tasdiqlash uchun
tovar hisobotlaridagi qoldiq summalari har bir moddiy
javobgar shaxs bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatilib, uning
jami summasi balansda ko‘rsatilgan tovarlar summasiga teng
kelishi tekshirib chiqiladi.
Buxgalteriya hisoboti quyidagi tashkilotlarga taqdim
qilinadi:

Mulkdorga (davlat mulkini boshqarish vakolati
berilgan organlarga, ta’sis hujjatlariga binoan qatnashuv-
chilarga, ta’sis etuvchilarga).

Davlat soliq inspeksiyasi organlariga.

Davlat statistika organlariga.
„Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risida“gi Nizomga
asosan korxonalar buxgalteriya hisobotini hisobot yilidan
keyingi yilning 15- fevralidan kechikmay, yil, chorak
hisobotini hisobot davri tugagandan so‘ng 25 kundan
kechikmay taqdim etish belgilangandir.
Korxona o‘z hisobotini aloqa bo‘limlari orqali tegishli
organlarga jo‘natayotgan bo‘lsa, hisobotni topshirish
muddati aloqa bo‘limining tegishli belgilari bilan hisob-
lanadi, ya’ni hisobot solingan konvertdagi belgi, kun
hisobot topshirilgan kunga tenglashtiriladi.
Har bir korxona hisobotining ishonchliligi va to‘g‘ri-
ligini amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini tasdiqlash uchun hisobotni audit
nazoratidan o‘tkazishi kerak. Auditor korxona hisoboti
tekshirilganligi to‘g‘risida o‘z xulosasini beradi va xulosa
hisobotga ilova qilinadi.
Korxonalarning hisoboti yuqori tashkilotga topshiril-
gandan keyin yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash
bo‘yicha jadval tuziladi va shunga asosan yillik hisobot
ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga hisobot yilida korxona
faoliyati natijalariga ta’sir qilgan asosiy omillar tushun-


199
tirilgan va korxonaning moliyaviy holati aks ettirilgan
tushuntirish xati ilova qilinadi.
Ma’lumki, hisobot formalarida korxona va tashkilot-
larning xo‘jalik mablag‘larining joylashishi hamda tashkil
topish manbalari jadval ko‘rinishida ifoda etiladi. Jadval-
lardagi ma’lumotlar esa korxona xo‘jalik faoliyati, hisobot
davrida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ularning sababi to‘g‘risida
to‘la ma’lumot bermaydi. Bu ma’lumotni yuqorida aytib
o‘tilgan yillik hisobotga yozilgan tushuntirish xatidan olish
mumkin. Unda hisobot davrida tashkilot bo‘yicha asosiy
ko‘rsatkichlarning bajarilishi, asosiy vositalardan samarali
foydalanish, xarajatlar holati hamda rejaga nisbatan haqiqiy
bajarilishi ko‘rsatiladi.
Т
ushuntirish xatining kirish qismida qabul qilingan
qonunlarning bajarilishi, hukumat tomonidan chiqarilgan
qarorlarni bajarish uchun ko‘rilgan choralar va tadbirlar
yoziladi. Unda hisobot davrida o‘tkaziladigan inventarizat-
siya natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorning qisqacha
mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Agar ayrim sabablarga ko‘ra
belgilangan inventarizatsiya rejalari bajarilmagan bo‘lsa,
uning sabablari ko‘rsatilishi kerak.
Agar hisobot davrida ishlatilmay kelayotgan asosiy
vositalar mavjud bo‘lsa, uning sababi yozilishi kerak.
Bunday asosiy vositalardan samarali foydalanish yo‘llarini
ko‘rsatish kerak.
Т
ushuntirish xatida tashkilotning hisobot davridagi
to‘lov qobiliyati, o‘ziga taalluqli bo‘lgan oborot mablag‘-
larining holati, uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar, ya’ni
tashkilotning o‘ziga taalluqli bo‘lgan oborot mablag‘lari
qaysi manbalar hisobiga o‘zgarganligi ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə