Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriyaning avtomatlashtirilgan ish o‘rni



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Buxgalteriya lit

4-§. Buxgalteriyaning avtomatlashtirilgan ish o‘rni
haqida tushuncha
Fan va texnikaning hozirgi rivojlanishi inson faoliya-
tining barcha doiralarida avtomatlashtirishni keng joriy etish
imkonini beradi. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirilgan ish
joylarini (AIJ) joriy qilish asosida axborotlarni markaz-
lashtirilmagan holda EHM larda ishlash keng tarqalmoqda.
Bunday usul ishni tashkil qilish, axborotlarni yig‘ish,
hisob-kitob ishlarini bajarish, qayta ishlash ma’lumotlarini
berish tashkilotning o‘zida bajariladi.
Bu usulning afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:
— axborotlarni kiritish, qayta ishlash va ma’lumotlarni
berish mutaxassis va tashkilot boshliqlarining ish joyida
amalga oshiriladi, bunday boshqarish va nazorat qilish
axborot bilan yaxshi ta’minlanishga imkon beradi;
— ma’lumotlarni yig‘ish, integratsiya qilish, qayta
ishlash va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoit
yaratadi;
— o‘rnatilgan norma va limitlar oldindan nazorat
qilishni kuchaytirishga imkoniyat yaratadi;
— ish kuchi, moddiy va moliyaviy resurslaridan sama-
rali va ratsional foydalanishga imkon beradi;
— reglament bo‘yicha beriladigan yoki foydalanuvchi-
ning talabi bo‘yicha beriladigan hisob ma’lumotlarini
displey ekraniga yoki mashinoprogramma shaklida berish
imkoniyati yaratiladi;


176
—AIJ asosida axborotlarni markazlashtirilmagan holda
qayta ishlash buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning
yangi texnologiyasini rivojlantirishga imkon tug‘diradi;
—buxgalteriya AIJi—muammo bo‘yicha yo‘naltirilgan
maxsus mashina va inson dialogi sistemasidir;
—texnik planda AIJ-Iskra 1031, ES 1848, IBM PCXT/
AT shaxsiy EHMlar bazasida yaratilgan hisoblash kom-
pleksidan iborat.
Buxgalterning AIJi uchun quyidagi texnik xarakteris-
tikaga ega bo‘lgan SHEXM lardan foydalanishi maqsadga
muvofiq:

markaziy protsessorning unumdorligi 10000000
amal/sekund;

operativ xotirasi qurilmasi hajmi 256—1536 Kbayt;

yumshoq magnit disk qurilmasi hajmi—320 Kbayt;

qattiq disk „vinchester“—10 Mbayt;

texnik sistemaning arxitekturasi har doim o‘zgarmas.
Т
ashkilot oborotlarining hajmi vaqt xarakteristikasiga
qarab, o‘z sistemasining tizimi yaratiladi.
AIJ asosida axborotlarni qayta ishlaydigan sistemani
yaratish hamda buxgalter va mashinaning o‘zaro ham-
korlikda ishlashi, buxgalteriya hisobini tashkil qilishga
yangitdan yondashishni talab qiladi. EHM hisob jarayo-
nining hamma bosqichlarida va hamma kompleks ishlarni
bajarishda ishlatiladi.
Axborotlarni markazlashtirilgan holatda qayta ishlashda
buxgalter bilan mashina o‘rtasida ish taqsimlab olinar edi.
AIJ joriy qilinganda faqatgina axborot ishlari avto-
matlashtirilmaydi, bu markazlashtirilmagan holda qayta
ishlagandek, balki analitik nazorat qilish, tashkiliy metodik
ishlar ham avtomatlashtiriladi.
AIJ da axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi prog-
rammalashtirishdan va hisoblash texnikasidan maxsus
bo‘limga ega bo‘lmagan buxgalter uchun moslangan.
Buxgalteriya hisob-kitob masalalari dialoglash rejimi-
da amalga oshiriladi.


177
Bunday sistema masalaning yechilishini, buxgalter
nazorat qilib turishiga yo‘naltirishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan kompleks
hisoblash ishlarini ma’lum ketma-ketlikda olib borish
hisobiga bajariladi. Hisob ishlari umumtarmoq uslubiy va
tashkiliy ko‘rsatmalarga asoslangan holda olib boriladi, ular
o‘z aksini normativ hujjatlarda topgan. Bundan tashqari,
buxgalteriya hisobi tashkilotda, ishlab chiqarish xususiyat-
lari va xo‘jalik faoliyatini boshqarishga asoslanib olib boriladi.
Hisoblash jarayonida axborotni qayta ishlash texnik
vositalarini qo‘llash asosiy masalani hal qilish bilan
bog‘liq, ya’ni odam bilan mashina o‘rtasida ish taqsimoti
hal qilinishi kerak.
Yangi hisoblash texnikasi va uni ishlatishning tashki-
liy shaklini qo‘llash, yangi hisoblash ishlarini keltirib chi-
qaradi, ular odam va mashina o‘rtasida taqsimlanadi. Bu
taqsimot odam va mashina o‘rtasida emas, balki tashkilot
bo‘limlarida va hisobchi ishchilar o‘rtasida ham qayta
taqsimlanadi. Bu muammo imkoniyatlari cheklangan
hisoblash texnikasi (kalkulatorlar) qo‘llanganda oson hal
qilinadi. Bunda hisob jarayoni o‘zgarmay qoladi va qiyin
ishlar aniqlanadi va ular mashinada bajariladi. EHM ni
qo‘llashda bu ishlar boshqacha bajariladi.
Axborotni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash
texnik vositalarining EHM bazasida rivojlanishi, amalda
hisob masalalarini, axborotni qayta ishlashning har xil
variantlarini keltirib chiqaradi. Bular uchun odam va
mashina o‘rtasidagi ish taqsimoti o‘zgacha hal qilingan. Bu
variantlardan eng ko‘p tarqalgani, axborotni hisobchidan
ajralgan, markazlashtirilgan holda tashkilotning maxsus
bo‘limida, hisoblash markazida amalga oshirish variantidir.
Bunda axborotni qayta ishlash texnologik jarayoni EHM
da paket rejimida amalga oshiriladi. Hisobchi hisoblash
markazidagi ishga jalb qilinmaydi. Undan birlamchi
axborotni sifatli va o‘z vaqtida hisoblash markaziga topshirish
talab qilinadi va yechimlarni mashinoprogramma shaklida
12 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


178
olib, tashkilotni hisoblash jarayonlarida foydalanadi.
Axborotni markazlashtirilgan holda qayta ishlashning keng
tarqalishi hisoblash jarayonini bir qancha alohida bo‘laklarga
bo‘lib, loyihalashni keltirib chiqaradi, bu ishlarni maksimal
avtomatlashtirishga olib keldi. Fragmentatsiya metodining
shakllanishida bir-biriga bog‘liq bir xilda hajmi katta ishlar
aniqlanadi. Bunday ishlar EHM da samarali amalga
oshiriladi. Axborotlarni bunday qayta ishlashda qo‘shimcha
ishlar kelib chiqadi. Misol uchun, kodlashtirish, tahrirlash,
hujjatlarni hisoblash markaziga berish, axborotlarni
mashinada tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish.
Yangi tipdagi EHM larda hisob axborotlarini qayta
ishlash AIJ lar asosida olib boriladi. Ishni shunday tashkil
qilishda inson va mashina o‘rtasida ish taqsimoti
muammosi o‘zgacha hal qilinadi. AIJ sharoitida ishni
tashkil qilish hisobchi faoliyatida mashina resurslaridan
to‘liq foydalanish va hisoblash jarayonining hammasida
ishlatish prinsipi qo‘yilgan. EHM lardan ish joyida
foydalanish ishchi va mashina bajarayotgan ishlarning
umumlashishiga olib keladi. Ishni bunday tashkil qilishda
mashinada axborotni qayta ishlash bilan hisobchining ish
faoliyati umumlashadi, tashkilotda hisob jarayonini
avtomatlashtirishning yangi yo‘nalishlari ochiladi. EHM
dan hujjat tayyorlashda, uni sistemaga solishda, axborot-
larni umumlashtirishda foydalanish mumkin.
Hujjat tayyorlash hisobchilarning ko‘p hajmdagi ishini
tashkil qiladi. Bir jarayon bir nechta operatsiyalardan iborat
bo‘lib, har xil lavozimdagi kishilarning qatnashishini talab
qiladi.
Mashina va resurslardan to‘liq foydalanish uchun
quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:

xo‘jalik operatsiyasini bajarish uchun ko‘rsatma berish;

operatsiya bajarilishini oldindan nazorat qilish;

xo‘jalik operatsiyasini birlamchi hujjatda qayd qilish;

hujjatlarni berishda shakllantirish;


179

hujjatlarni qayta ishlash;

xo‘jalik operatsiyalarining qonuniy va to‘g‘ri baja-
rilishini nazorat qilish;

arifmetik hisoblarning bajarilishini nazorat qilish;

birlamchi hujjatlarni qayta ishlash.
Birlamchi hisob operatsiyalarining hammasini ham
algoritmlash mumkin emas. Ammo mashina resurslaridan
to‘liq foydalanish hisobiga ish hajmini ancha kamaytirish
mumkin, bunday buxgalteriya hisobining ba’zi elementlari
modifikatsiya qilinadi va hujjatlashtirish, hujjat aylanish
o‘zgaradi.
AIJni joriy qilish kommunikatsiya ishlarini avtomat-
lashtirishga ham olib keladi.
Hamma axborotni o‘ziga qamrab oluvchi AIJni joriy
qilish tashkilot ichida qog‘ozbozlikni ancha kamaytiradi.
Nazorat qilish ishlarining hammasini ham algoritmlash
mumkin emas.
Ish haqini hujjatlashtirishda nazorat ishini avtomat-
lashtirishga quyidagilarni kiritish mumkin:
— ishlagan vaqtni tabel va boshqa ishlanmagan vaqtni
qayd qiluvchi hujjat bilan nazorat qilish;
— ishlangan vaqtni balans orqali nazorat qilish;
— ishlangan ish haqini ishbay va vaqtbay ish haqi
tabeli bilan nazorat qilish.
Asosiy vositalarni hisobga olishga quyidagilar kiradi:
— obyektlarning asosiy vositalar hisobiga to‘g‘ri kelti-
rilishini nazorat qilish;
— narsalarni sotishda narxlarning to‘g‘ri qo‘yilishini
nazorat qilish;
— obyektlarni ekspluatatsiya qilish vaqtini hisobga olib,
hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligini nazorat
qilish;
— asosiy vositalarni kiritishning to‘liqligini hujjatlar
bilan nazorat qilish;
— kiritilgan obyektlarning eskirish summasini va bir-
lamchi qiymatini nazorat qilish.


180
Moddiy boyliklarning qiymatini hisobga olish opera-
tsiyalarini nazorat qilishga quyidagilar kiradi:
— moddiy boylikka javobgar shaxs bilan shartnoma
tuzilganligini nazorat qilish;
— narx qo‘yilishining to‘g‘riligini nazorat qilish;
— moddiy boyliklar oqimining hujjatlarda to‘g‘ri hisob-
lanishini nazorat qilish;
— qabul qilingan moddiy boyliklar narxlarini ta’min-
lovchilar hujjatlari bilan nazorat qilish;
— ta’minlovchilar hujjatlari bilan bank hujjatlarining
mos kelishini tekshirish bilan nazorat qilish;
— moddiy boyliklarning limit va normalar bilan sarf
qilinishini nazorat qilish;
— asbob va maxsus qiymatlarning ishlash muddati
to‘g‘riligini nazorat qilish;
— tez eskiradigan va arzon baholi mollarni hisobdan
chiqarish vaqtining to‘g‘riligini nazorat qilish.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə