Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Buxgalteriya lit

shaxmat shakli
deb yuritiladi. Asosan,
kartochkalar xo‘jalik mablag‘larining butunligini to‘la
ta’minlash ustidan joriy nazorat shaklida olib borishda
alohida e’tiborga egadir. Analitik hisoblar bo‘yicha oy oxiriga
tuzilgan oborot vedomostlari tegishli sintetik hisoblar
yakuni bilan taqqoslab boriladi.
Jurnal-order shaklining bir qator korxonalarda qo‘lla-
nilishi va yaxshi natijalar berganligini hisobga olib, 1949-
yilda sobiq Ittifoq Moliya vazirligi ilg‘or korxonalarning
natijalarini umumlashtirib, jurnal-order shaklining
namunali registrlarini ishlab chiqdi va bu shaklni xalq
xo‘jaligida keng joriy qilish tadbirlarini belgiladi.
Hisobning jurnal-order shaklining umumiy chizmasi
quyidagicha:
Hujjatlar
Yig‘ma vedomostlar
Analitik hisob kartochkalari
Jurnal orderi
Analitik hisoblar bo‘yicha oborot daftari
Bosh daftari
Buxgalteriya balansi
Yozuvlar
Yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar
jamlash va guruhlash vedomostlarida (jurnal-order) va
yordamchi vedomostlarida olib boriladi. Buxgalteriyaga
topshirilgan boshlang‘ich hujjatlar memorial-orderlarda
aks ettirilmasdan, birdaniga jurnal-orderlarda aks ettiriladi.
Chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan
jurnallar bir vaqtda xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya
provodkalari bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib,
memorial-orderlarda aks ettirish zarurati tug‘ilmaydi.
Buxgalteriya hisobining bu shaklining jurnal-order deb


174
atalishiga sabab, bu yerda memorial-orderlar o‘rnini,
avvaldan hisoblarining korrespondensiyasi tuzilib qo‘yilgan
maxsus hisob registrlari, ya’ni jurnal-orderlari egallaydi,
shuning uchun buxgalteriya hisobining bu shakli 
jurnal-
order 
deb ataladi.
Bu shakl xronologik va sistematik yozuvlarda birga
qo‘shilib olib boriladi, ya’ni, asosan, kombinatsiyalashgan
registrlar ishlatiladi. Asosiy registr bo‘lib jurnal-order,
yordamchi vedomostlar hisoblanadi.
Har bir jurnal-order ikki registrdan:
— vedomostdan;
— jurnal-orderdan tuziladi.
Vedomostlardan foydalanishning mohiyati shundan
iboratki, tashkilot va muassasalar oy davomida bir turdagi
operatsiyalarni ko‘p amalga oshirishlari mumkin. Bunday
paytda bir turli operatsiyalar vedomostlarda oy davomida
yig‘ilib, oy oxirida esa jurnal-orderi to‘ldiriladi. Vedomostlar
faqat jurnal-orderiga yozish uchun asos bo‘lib qolmasdan,
ular analitik registrlar vazifasini ham bajaradi. Jurnal-order
yozuvlari bir vaqtda shaxmat usulida, ikki tomonlama
yozuvga asoslanib olib boriladi, ya’ni biri hisobning debeti
bo‘yicha, ikkinchisi esa kredit bo‘yicha. Ayrim jurnal
daftarlar iqtisodiy mazmuni jihatdan bir-biriga mos bo‘lgan
bir necha sintetik hisoblar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi
mumkin, masalan: 13 nomerli jurnal-order «Asosiy
vositalar», «Asosiy vositalarning eskirishi», «Ustav fondi»
kabi sintetik hisoblarning kredit orderi bo‘yicha xo‘jalik
operatsiyalarini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangandir.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hujjat-
larning aylanishi tezlashadi, memorial-orderlar kabi
ro‘yxatga olish jurnallari tuzilmaydi, hisob registrlarda
yozuvlar takrorlanishi yo‘qoladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli hozirgi
vaqtda savdo tashkilotlarida keng qo‘llanilmoqda.
Hisobning jurnal-order shakli bir qancha fazilatlarga
ega. Bu shaklda ro‘yxatga olish jurnali tuzilmaydi va


175
hisob ishlarining hajmi qisqaradi. Jurnal-orderidagi
yozuvlarning yaqqol va tushunarli bo‘lishi tufayli xo‘jalik
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish osonlashadi va hisoblash
mashinalaridan foydalanishning asosiy yo‘llarini belgilab
beradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni 5-moddasida buxgalteriya hisobi va
hisobotini tartibga solish va buxgalteriya hisobi standartlari-
ni ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatilgandir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə