Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Buxgalteriya lit

Т
EST SAVOLLARI
1. Inventarizatsiya kim tomonidan o‘tkaziladi?
A) bosh buxgalter tomonidan;
B) xazinachi tomonidan;
C) omborchi tomonidan;
D) komissiya a’zolari tomonidan;
E) sug‘urta tashkiloti tomonidan.
2. Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida me’yoriy hujjatlar
bormi?
A) bor;
B) yo‘q;
C) ishlanmoqda;
D) tasdiqlanmagan;
E) barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Inventarizatsiya o‘tkazish muddatlarini kim belgilaydi?
A) bosh buxgalter;
B) xazinachi;
C) omborchi;
D) tergov organi;
E) rahbar.
4. Inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi tarkibiga betaraf
shaxs — xodim kiritilishi mumkinmi?
A) yo‘q;
B) mumkin;
C) xazinachi hal qiladi;
D) bosh buxgalter hal qiladi;
E) nizomda ko‘rsatilmagan.


163
5. Inventarizatsiya natijalariga asosan kamomad aniqlansa,
kimdan undirib olinadi?
A) xazinachidan;
B) buxgalterdan;
C) aybdor shaxsdan;
D) rahbardan;
E) bilmayman.
IX BOB
.
 BUXGAL
Т
ERIYA HISOBI
REGIS
Т
RLARI VA HISOB SHAKLLARI
1-§. Buxgalteriya hisobi registrlari va hisob
shakllari to‘g‘risida tushuncha
Korxona xo‘jalik faoliyatida turli operatsiyalar amalga
oshiriladi va har bir amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasi
hujjatlar bilan buxgalteriya hisobi schotlarida o‘z ifodasini
topadi. Xo‘jalik operatsiyalarini to‘g‘ri boshqarish ikki
tomonlama tekshirilib, birinchi tekshirish hujjatlarni to‘g‘ri
rasmiylashtirish davri bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tekshi-
rish hisob registrlariga olish bilan bog‘liq holda olib
boriladi. Hujjatlarda [fh] birliklarida ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobining registrlari yordamida opera-
tsiyalarni guruhlash, uning iqtisodiy mazmunini o‘r-
ganish uchun asos yaratiladi. Hisob rejalardagi raqamlarni
korxona faoliyatini boshqarishda, tovar-moddiy boy-
liklarining aniqligini xarajat va chiqimlarni kamaytirish
omillarini belgilashda foydalanish mumkin. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, buxgalteriya hisobi registrlarini yuritish
alohida ahamiyatlidir, chunki bu hujjat asosida hisob
registrlariga ma’lumotlar beriladi.
Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlang‘ich
va hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik mablag‘i, xo‘jalik
jarayonining tarkibi va harakatini iqtisodiy mavzuga qarab
ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan maxsus shakli
jadvallarga aylanadi. Bu jadvallar buxgalteriya hisobi
schotlarining o‘zaro asosini hisobga olgan holda ishlab
chiqilgan.


164
Buxgalteriya hisobi registrlaridan ishlab chiqarishni
tashkil qilish, xarajatlarni mahsulot shakllariga o‘tkazish,
mahsulotni sotish va zaxiradagi tayyor mahsulotlar holati
to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkoniyati yaratiladi.
Korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan har
bir xo‘jalik operatsiyasi, mablag‘larning joylashishiga
hamda ularning tashkil topish mablag‘lariga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tegishli
schotlarda aks ettirish har bir qo‘llanilayotgan buxgalteriya
hisobining shakllariga bog‘liqdir, chunki hisob shakllari
bir-biridan farq qiladi. Hisob shakllarida xo‘jalik operatsiya-
larini hisobga olishda texnik vositalar yordamida, qo‘l
mehnatiga asoslangan holda hisob ishlarini olib borish
mumkin, shakllar bir-biridan quyidagi prinsiplar bilan farq
qiladi:
1. Hisob registrlarining tuzilishi bilan.
2. Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini umum-
lashtirish tartibi bilan.
3. Buxgalteriya hisobi registrlarini to‘ldirish va yozish
tartibi bilan.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning kashf
etilishi birinchi navbatdagi buxgalteriya shakllari to‘g‘risida
ma’lumot beradi. Xo‘jalik operatsiyalari schotlarida va uni
ikki yoqlama yozishda uchot registrlaridan foydalaniladi.
Hisob registrlaridan foydalanish bevosita uchot shakllaridan
foydalanishga bog‘liq bo‘lib, shaklni mazmunan boyitib
beradi.
Savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish
va yuritish, asosan, turli xildagi hisob registrlari orqali
olib boriladi, ular tashqi ko‘rinishiga qarab kitob, kar-
tochka, maxsus vedomost shaklida bo‘lishi mumkin.
Bunday registrlar xo‘jalik jarayonlarini ro‘yxatga olishda
bevosita qo‘l mehnatiga amal qilinadi. Bunday faoliyat, hisob
registrining bir-biri bilan bog‘liqligi, tuzilishi, ulardagi
yozuvlarni qanday usulda olib borish, buxgalteriya hiso-
bining qay biridan unumli foydalanish imkonini beradi.


165
Buxgalteriya hisobi shakllari tarixiy davr mobaynida
tashkil topa boradi va har bir davrning o‘ziga xos rivojlanish
uslubi kabi hisob shakli ham o‘z o‘rnini ikkinchi bir ma’-
lum tartibdagi ilg‘or deb hisoblangan hisob shakli bilan
almashtiradi.
Hozirgi sharoitda mulkchilik turlarining shakllanishi
tashkil topgan davrda, korxona va tashkilotlarda buxgalteriya
hisobining jurnal-agrar shakli keng joriy qilingan bo‘lib,
uning ijobiy tomonlari keng targ‘ib qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobi shaklining tarixiy rivojlanish davrini
quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə