Buxgalteriya lit


-§. Inventarizatsiya natijalarini aniqlash tartibi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Buxgalteriya lit

4-§. Inventarizatsiya natijalarini aniqlash tartibi
Inventarizatsiya o‘tkazishdan asosiy maqsad
birinchi-
dan,
moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyatini nazorat
qilish bo‘lsa, 
ikkinchidan,
ular zimmasidagi tovar-moddiy
boyliklarning to‘liqligini ta’minlashdir. Har bir moddiy
javobgar shaxs o‘z zimmasidagi boyliklarning to‘liqligini
ta’minlash bo‘yicha korxona buxgalteriyasiga belgilangan
muddatlarda hisobot topshiradi. Hisobotda asosan kirim va
chiqim hujjatlari ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya o‘tkazishda moddiy javobgar shaxs-
larning hisoboti, hisob ko‘rsatkichlaridagi yozuvlar, tovar-
moddiy boyliklarning haqiqiy hisob-kitob qilinganligi
to‘g‘risidagi inventarizatsiya varaqasidagi ma’lumotlar bir-
biri bilan taqqoslangandagina natijalarini aniqlash
imkoniyati yaratiladi. Inventarizatsiya o‘tkazish davomida
moddiy javobgar shaxs zimmasidagi tovar-moddiy boy-
liklar inventarizatsiya varaqalarida o‘z ifodasini topadi.


160
Inventarizatsiya varaqasida tovar-moddiy boyligining nomi,
artikuli, sorti, miqdori, bahosi va summasi ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya to‘liq o‘tkazilib, barcha tovar-moddiy
boyliklar sifat jihatdan talabga javob beradi deb xulosa
qilingandan keyin inventarizatsiya natijalarini aniqlash
uchun sharoit yaratiladi.
Inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun haqiqiy
hisob-kitob qilingan tovar-moddiy boyliklarning umumiy
summasi hisob ko‘rsatkichlaridagi yozuvlar bilan taq-
qoslanadi. Buning natijasida (haqiqiy) moddiy javobgar
shaxs zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar summasi hisob
ko‘rsatkichidagi yozuvlardan farq qilsa, ya’ni kamomad
chiqsa, inventarizatsiya natijasida kamomad ko‘p chiqsa,
ortiqcha deb hisoblanadi.
Inventarizatsiya natijalarini aniqlashda, asosan, inven-
tarizatsiya varaqalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan,
moddiy javobgar shaxslarning hisobotlaridan, buxgalteriya
hisobining sintetik va analitik schotlaridagi yozuvlardan
hamda tovar va moddiy boyliklar saqlanadigan omborlarda
yuritiladigan analitik kartochkalardagi yozuvlardan keng
foydalaniladi. Amaliyotda inventarizatsiya natijalarini
taqqoslov vedomostlari
tuzish yordamida aniqlash usuli
keng qo‘llanilmoqda.
Agar inventarizatsiya natijalari taqqoslov vedomosti
tuzish yo‘li bilan aniqlanadigan bo‘lsa, buning uchun
moddiy javobgar shaxs tomonidan tovarlar harakati har
bir ombor bo‘yicha alohida-alohida yuritilishi shart.
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalarini aniqlashda
taqqoslov vedomostining tuzilishi quyidagicha:

Tovar-
ning
nomi
Sorti,
art.
Ba-
hosi
Hisob
ko‘rsatkichi
bo‘yicha
Inv. varaqa
bo‘yicha
Farqi (+)
ort. , (—)
kam
Es-
lat-
ma
miq. sum. miq. sum. miq. sum.
Jami


161
Т
aqqoslov vedomostini tuzish uchun ma’lumotlar
birinchi buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlaridan olinsa,
ikkinchi ma’lumot haqiqiy tovarlar qoldig‘ini ko‘rsatuvchi
inventarizatsiya varaqalaridan olinadi. Har ikkala ko‘rsatkich
bir-biri bilan taqqoslanib, inventarizatsiya natijasi aniq-
lanadi.
Ayrim hollarda inventarizatsiya natijalarini aniqlash
faqat so‘mda olib boriladi. Buning uchun buxgalteriya
yozuvlari bilan inventarizatsiya varaqalarining umumiy
summasi bir-biri bilan taqqoslanib, o‘rtadagi farq summasi
aniqlanadi.
Har ikkala holatda ham inventarizatsiya natijalari
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada tovar-
moddiy boyliklarning hisob ko‘rsatkichi bo‘yicha farqining
kelib chiqish sabablari, summasi ko‘rsatiladi. Agar aniq-
langan kamomad summasi bevosita moddiy javobgar shaxs
tomonidan to‘lanadi deb hisoblansa, uni undirib olish
choralari ko‘riladi.
Inventarizatsiya natijasiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklar
moddiy javobgar shaxsning aybi bilan kam chiqsa, kel-
tirilgan kamomad summasi amaldagi qonunga asosan
undirilib olinadi va buxgalteriya hisobida yozuvlarda
ko‘rsatiladi.
Debet
„Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimning
qarzi“ schoti.
Kredit

Т
ovarlar“ yoki „Materiallar“ schoti.
Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi keltirilgan kamomad
summasi moddiy javobgar shaxs tomonidan tan olinganda
beriladi.
Agar keltirilgan kamomad summasi bo‘yicha aybdor
shaxs aniqlanmasa, shaxs aniqlanguncha, buxgalteriyada
quyidagicha yozuv beriladi:
Debet
„Moddiy boyliklarning kamomadi va buzilishi
bo‘yicha xarajatlar“ schoti.
Kredit

Т
ovarlar“ yoki „Materiallar“ schoti.
Keltirilgan kamomad summasi tashkilot kassasiga
moddiy javobgar shaxs tomonidan to‘langanda:
11 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


162
Debet
„Kassa“ schoti.
Kredit
„Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimning
qarzi“ schoti.
Inventarizatsiya o‘tkazish jarayonida tovar-moddiy
qiymatlarni ro‘yxatga olish varaqasida iste’mol uchun
yaroqli, o‘z sifatini yo‘qotmagan, har tomonlama talabga
javob beradigan tovar-moddiy boyliklar ko‘rsatiladi.
Agar o‘tkazilgan inventarizatsiya davomida talabga javob
bermaydigan, sifati past yoki moddiy javobgar shaxsning
aybi bilan tovarni saqlash davrida sifati pasaytirilgan deb
topilgan tovar-moddiy boyliklariga alohida inventarizat-
siya varaqasi to‘ldiriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə