Buxgalteriya lit


Inventarizatsiya deb, tegishli moddiy javobgar shaxs



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Buxgalteriya lit

Inventarizatsiya deb, tegishli moddiy javobgar shaxs
zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning to‘liqligini son va
sifat jihatidan aniqlab, buxgalteriya yozuvlariga asosan
natijalarni aniqlashga aytiladi.
Inventarizatsiya yordamida moddiy javobgar shaxs
zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar son-sifat jihatidan
o‘rganilib, ularning iste’molga yaroqliligini aniqlash bilan
birga hisobot bo‘yicha ham to‘liqligi hisob-kitob qilinadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan korxonaga taal-
luqli bo‘lgan moddiy boyliklarning to‘liqligi ta’minlanadi.
Inventarizatsiya to‘liq, qisman, tanlab olingan holda
o‘tkazilishi mumkin.
Т
o‘liq inventarizatsiya o‘tkazish rahbar tomonidan
maxsus yozma farmoyish berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qisman o‘tkaziladigan inventarizatsiya, asosan, baholar-
ning o‘zgarishi amalga oshirilganda o‘tkaziladi va ma’lum
bir tovar turi bo‘yicha uning natijalari aniqlanadi.
Т
anlab olgan holda o‘tkaziladigan inventarizatsiyalar
ko‘p holda tashkilot rahbari yoki bosh buxgalter to-
monidan o‘tkaziladi. Inventarizatsiya o‘tkazishda tegishli
javobgar shaxs zimmasidagi mulk to‘liq sanalib, tortilib
hisob-kitobi pul birligida aniqlanadi.


150
Inventarizatsiya to‘satdan o‘tkaziladi, demak, tuzilgan
rejadagi muddatlar faqat bosh buxgalter va tashkilot
rahbariga ma’lum bo‘lishi kerak, boshqa xodimlardan bu
reja sir tutiladi. Ayrim holda inventarizatsiya sud-tergov
organlari, moliya-soliq qo‘mitalari tomonidan ham
o‘tkazilishi mumkin.
Rejalashtirilmagan inventarizatsiya ishlari tabiiy ofatlar
natijasida, o‘g‘irlik, moddiy javobgar shaxslarning ish
faoliyatida nojo‘ya harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olin-
ganda o‘tkazilishi mumkin. Chakana savdo tashkilotlarida
buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifasi tovar va moddiy
boyliklarning to‘liq saqlanishini nazorat qilishdir. Bunda
tovarlarning qabul qilinishi va sotilishi, inventarizatsiyani
o‘z vaqtida o‘tkazishni talab qiladi.
Chakana savdo tashkilotlarida tovarlarning to‘liqligini
ta’minlashda moddiy javobgarlikni to‘g‘ri tashkil qilish
alohida ahamiyatlidir, chunki tovarlarning to‘liqligini ikki
tomonlama nazorat qilinadi. Birinchisi moddiy javobgar
shaxsning hisobotida, ikkinchisi esa buxgalteriya yozuvlarida
olib boriladi.
Buxgalteriya hisobi yordamida tashkilotning xo‘jalik
faoliyati har tomonlama o‘rganiladi va tegishli mablag‘-
larning harakati ularning joylanishi va tashkil topish
manbalari bo‘yicha tartibga solinadi.
Savdo tashkilotlarida mulk shaklining o‘zgarishi bilan
buxgalteriya hisobini tashkil qilish, mulkning to‘g‘ri hiso-
bini yuritish, uning to‘g‘riligini ta’minlash hozirdagi asosiy
vazifalardan biridir.
Chakana savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobi
yordamida aholiga sotilgan tovarlar summasi aniqlanadi va
bu ko‘rsatkich aholining turmush darajasini o‘z pul
daromadining o‘z ehtiyojiga kerakli bo‘lgan tovarga
ayirboshlaydi.
Chakana savdo tashkilotlarida tovar oborot rejasining
bajarilishi, aholining xalq iste’moli tovarlariga bo‘lgan
talabini to‘liq bajarishga ijobiy ta’sir qiladi hamda savdo


151
tashkilotlarining ba’zi ko‘rsatkichlariga, shu jumladan,
muomala xarajatlarini kamaytirishga, rentabellik darajasini
va moliya natijalarini yaxshilashga, daromad summasining
ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi, tovar oborot
rejasining to‘liq bajarilishini nazorat qilib borish va savdo
shoxobchalarida ehtiyot tovarlarini belgilangan assorti-
mentda bo‘lishini ta’minlashdir. Bunday nazoratni shart-
noma shartlarining bajarilishini, tovar, kassa hisobotlarini
tekshirish va shu hisobotlar yuzasidan yozilgan hisob
ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini aniqlash orqali amalga oshi-
rish mumkin.
Hisob xodimlari tovarlarning o‘z vaqtida va sifatli qabul
qilinishini, tovar yuboruvchilarga sifatsiz tovar yubo-
rilganligi uchun qilingan da’vo summalarini o‘z vaqtida
to‘lashlarini hamda tovar yuboruvchilarga ortiqcha to‘langan
summalarini o‘z vaqtida undirib olishni ta’minlashlari zarur.
Bu esa buxgalteriya hisobi oldiga da’vo muddatlarining o‘z
vaqtida bajarilishini tekshirishni va tegishli jarima summala-
rini belgilangan muddatlarda undirib olishni tekshirish
vazifasini qo‘yadi.
Chakana savdo tashkilotlarida belgilangan miqdorda
ehtiyot tovarlarining bo‘lishi aholining xalq iste’moli mol-
lariga bo‘lgan talabining uzluksiz bajarilishini ta’minlaydi.
Lekin chakana savdo tashkilotlaridagi ehtiyot tovarlarining
miqdori belgilangan limitdan ortib ketishi mumkin emas.
Ayrim hollarda ehtiyot mollarining belgilangan limitdan
ortib ketishi savdo tashkilotlarining ish faoliyatini susay-
tiradi va moliyaviy qiyinchiliklarga qo‘shimcha xarajatlar
qilishga olib keladi.
Sistematik tarzda ehtiyot tovarlarining holatini aniqlash
tovar hisobotlari orqali olib boriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə