Buxgalteriya lit


-§. Hujjatlar aylanishi, uning iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
Buxgalteriya lit

3-§. Hujjatlar aylanishi, uning iqtisodiy ahamiyati
Korxona faoliyatida turli mazmundagi iqtisodiy
ma’lumotlar turlicha hujjatlarda o‘z ifodasini topadi. Iqtiso-
diy ko‘rsatkichlarni belgilash, muddatlarda to‘g‘ri rasmiy-
lashtirish, ularni yo‘nalishi bo‘yicha tegishli bo‘limlarga
taqdim qilish buxgalteriya apparati ish faoliyatini to‘g‘ri
tashkil qilishga yaqindan yordam beradi. Korxona bosh
buxgalteri tomonidan hujjatlar aylanishi bo‘yicha maxsus
jadval tuziladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatlar aylanishi bo‘yicha tuzilgan jadvalda har bir
hujjatni tegishli bo‘limlarda, bo‘lim muddatlari, boshqa
bo‘limga berish muddatlari ko‘rsatiladi.
Hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi jadvalda hujjatni
rasmiylashtirish davridan boshlab arxivga topshirish holati
ko‘rsatiladi. Hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi jadvalning to‘-
liq bajarilishini ta’minlash hisob-kitob ishlarining o‘z
vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qilib boradi.
Hujjatlar aylanishini to‘g‘ri tashkil qilish buxgalteriya
hisobining sifatli va o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriyada hujjatlar aylanishini to‘g‘ri tashkil
qilish ularning to‘g‘riligini nazorat qilish imkonini beradi.
Hujjat rasmiylashtirilgan davrdan boshlab o‘zida ifoda
etilgan xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha tashkilotning bir
necha bo‘limlaridan o‘tadi. Hujjatdan har bir bo‘lim o‘ziga
taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni oladi va bu ma’lumotlar
hisobot davrining oxirida umumlashtirilgan holda tegishli
hisobotlarni tuzishga ishlatiladi.
Misol uchun,
sex boshlig‘i ombordan tegishli arzon
baholi buyumlarni olish uchun korxona rahbari nomiga
talabnoma yozdi. 
Т
alabnomaning aylanish davri boshlanishi
korxona rahbarining imzosi bilan boshlanadi, talabnomaga
asosan ombordan nakladnoy (schot-faktura) yoziladi, unda
ombordan sexga beriladigan buyumlar nomi, miqdori,
narxi ko‘rsatiladi. Belgilangan xo‘jalik operatsiyasi baja-
rilgandan keyin hujjatlar moddiy javobgar shaxsning
hisoboti asosida buxgalteriyaga topshiriladi.


143
Demak, bir xo‘jalik operatsiyasini o‘zida ifoda etgan
hujjat bir necha bo‘limlardan o‘tadi.
Korxona bosh buxgalteri hujjatlar aylanishining
bevosita nazoratchisi hisoblanadi. Hujjatlar aylanishining
oxirgi bosqichi bo‘lib, ularni arxivga topshirilishi hisob-
lanadi.
Hujjatlar aylanishiga rioya qilmaslik, birinchidan,
buxgalteriya hisobotlarining o‘z vaqtida tuzilishiga salbiy
ta’sir qilsa, ikkinchidan, mablag‘lar harakatini nazorat
qilish imkoniyatlarini pasaytiradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə