Buxgalteriya lit


beruvchi ish qog‘oziga aytiladi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Buxgalteriya lit

beruvchi ish qog‘oziga aytiladi.
Buxgalteriya hisobida
hujjatlar holati, ularga qo‘yiladigan talablar alohida
ahamiyatlidir.
Ko‘p hollarda buxgalteriya hisobida 
hujjat bilan
hujjatlashtirish
bir xil ma’no beradi degan tushuncha
mavjud. Aslida hujjatlar asosida xo‘jalik operatsiyalari
hujjatlashtiriladi, demak, buxgalteriya hisobida hujjat-
lashtirish deb korxona va tashkilotlarda xo‘jalik operat-
siyalarini o‘z vaqtida hujjatga asosan to‘g‘ri rejalashtirish
holatiga aytiladi.
Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik operatsiyalarini o‘z
vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish, 
birinchidan,
xatoliklarga
yo‘l qo‘yishning oldini olsa, 
ikkinchidan,
mablag‘lar tarki-
bidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi, 
uchin-
chidan
esa korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar belgilan-
gan muddatlarda olib borilishini ta’minlaydi.
2-§. Buxgalteriya hujjatlari va ularga qo‘yiladigan
talablar
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farqi
va afzalligi shundaki, har bir xo‘jalik muomalalarini
tegishli buxgalteriya schotlarida aks ettirish uchun asos


140
bo‘lib hujjatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, buxgalteriya
hisobini tashkil qilishda moddiy javobgar shaxslarning
hisobotlari, dastlabki buxgalteriya schotlaridagi yozuv-
larning manbalari hujjat uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hujjatlarida har bir amalga oshirilgan
xo‘jalik muomalalarining qonuniyligi, belgilangan mud-
datlarda tuzilishi, davlat tomonidan tasdiqlanganligi
muayyan muomalani amalga oshirish uchun asoslan-
ganligi ko‘rsatilishi kerak, demak, har bir buxgalteriya
hujjati tegishli talablarga javob bergandagina huquqiy
asosga ega bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobini yuritishda eskirgan, tasdiq-
lanmagan, bevosita korxona ichida ishlab chiqilgan hujjatlar
ishlatilmaydi.
Buxgalteriya hujjatlari quyidagi talablarga javob
bergandagina huquqiy jihatdan kuchga kiradi:
— hujjatning tasdiqlangan nomi;
— hujjatga biriktirilgan kod;
— hujjat tuzilgan kun, oy, yil;
— hujjatda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalasining nomi
yoki mazmuni;
— xo‘jalik muomalasining miqdor ko‘rsatkichlari;
— javobgar shaxslarning imzolari.
Yuqoridagi talablar barcha buxgalteriya hujjatlari
uchun taalluqli bo‘lib, har bir hujjatning to‘g‘riligi tek-
shiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994- yil 26- martdagi 164- sonli „O‘zbekiston Respub-
likasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomni
tasdiqlash hamda buxgalteriya schotlari tuzishni takomil-
lashtirish haqida“gi qarorida „Xo‘jalik muomalalarining
amalga oshirilganligi qayd etiladigan dastlabki hujjatlar
buxgalteriya hisobi registrlariga yozish uchun asos bo‘lib
hisoblanadi“ deb ko‘rsatilgan.
Har bir hujjat tegishli xo‘jalik operatsiyasini o‘zida
ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi


141
buxgalteriya hisobiga taalluqli hujjatlar tizimini ishlab
chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatda amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari
bir vaqtda turli o‘lchov birliklarida ko‘rsatilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida ularning holati pul o‘lchov birliklarida
yuritiladi.
Korxona buxgalteriyasiga ichki va tashqi hujjatlar kelib
tushishi mumkin, har ikkala hujjat buxgalteriyada to‘liq
tekshirilib, uning to‘g‘ri tuzilganligi nazoratdan o‘tkaziladi
va hujjatning to‘g‘riligini tasdiqlash maqsadida „
Т
ekshirildi“
degan belgi qo‘yiladi.
O‘z navbatida, buxgalteriya hujjatlari tuzilishiga qa-
rab dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki
hujjatlar xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan davrda tuzila-
di. Dastlabki hujjatga misol qilib kassa kirim va chiqim
orderlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, kassaga pul top-
shirdingiz, sizga shu vaqtning o‘zida kirim kassa orderi
yoziladi yoki ombordan tovar chiqarmoqchisiz, u holda
schot faktura yoziladi.
Bir necha dastlabki hujjatlar yig‘indisiga asosan 
yig‘ma
hujjatlar
tuziladi. Misol uchun, xazinachi kun davomida
5 ta kirim orderi va 2 ta chiqim orderi bo‘yicha xo‘jalik
operatsiyalarini amalga oshirdi va bu to‘g‘rida buxgalteriyaga
hisobot topshirdi, kunning oxirida bu hisobot 
yig‘ma hisobot
deb aytiladi. Demak, moddiy javobgar shaxslarning
hisoboti 
yig‘ma hisobotlar 
deb yuritiladi.
Buxgalteriya hujjatlari qayerda tuzilishiga qarab kor-
xonada rasmiylashtirilgan hujjatlarga va boshqa korxona-
larda rasmiylashtirilgan hujjatlarga bo‘linadi. Korxonaning
o‘zida rasmiylashtirilgan hujjatlar faqat shu korxona ichida
amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tartibga solish
uchun ishlatiladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan hujjatlarni soddalashtirish,
ularni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha bir
qator ishlar olib borilmoqda.


142

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə