Buxgalteriya lit


operatsiyalarni mazmuni bo‘yicha tarqatish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Buxgalteriya lit

operatsiyalarni mazmuni bo‘yicha tarqatish
deb
aytiladi. Misol uchun xazinachi hisobotini olaylik, hisobot
davrida xazinadagi ish haqi berilganligi, hisobdor shaxslarga


169
avans (qarz) berilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Operatsiyalarning registrlar bo‘yicha tarqatilishida ish haqi
bo‘yicha qilingan xarajatlar ish haqini hisobga oluvchi
registrga hisobdor shaxslarga berilgan avans (qarz) shu
nomdagi xarajatlarni ifodalovchi registrlarga tarqatiladi.
3-§. Buxgalteriya hisobining shakllari
Korxona va tashkilotlarda hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil
qilishda hisob shakllarini to‘g‘ri tanlash alohida ahamiyat-
lidir. Hisob shakllari tuzilishiga qarab qo‘lda to‘ldiriladi-
gan va texnika vositalaridan foydalanib tashkil qilinadigan
shakllarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobi shakllaridan foydalanishda korxo-
naning ishlab chiqarish holati, uning katta-kichikligi alo-
hida o‘rganilib, hisobning ixcham, sodda shaklini tanlash
maqsadga muvofiqdir.
Buxgalteriya hisobi shakllarini o‘rganish shuni ko‘rsa-
tadiki, ishlab chiqarishning rivojlanishi, hisob ishlarining
soddalashtirilgan va texnika vositalariga moslashgan
shakllarini ishlab chiqarishdan iboratdir.
Italiyalik matematik olim 
Luka Pacholi
tomonidan 1494-
yilda chop etilgan „Schotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi
traktat“ kitobining yaratilishini 
buxgalteriya hisobi schotlari
va ikki yoqlama yozuv asosida buxgalteriya hisobini
yuritishning boshlanish davri deb atash mumkin. 
Т
arixiy
taraqqiyotning rivojlanishi, ishlab chiqarish va savdoning
o‘sib borishi o‘z navbatida buxgalteriya hisobi rivojining
yangi shakllarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq qilishga
olib keldi.
Buxgalteriya hisobining shakllanish davridan boshlab
hozirgi davrgacha uning shakllari yangi, ijobiy o‘zgarish-
larga uchradi.
Buxgalteriya hisobining shakllanish davrida mulk egasi
o‘z mulkining to‘liqligini ta’minlash hamda olingan
daromadini aniqlash maqsadida hisobni o‘zi yuritgan
bo‘lsa, ishlab chiqarishning rivoji uchun alohida hisobchi


170
shaxsni talab qila boshladi. O‘sha davrlarda hisob registrlari
kishilardan iborat bo‘lib, mulkdor tomonidan yozib
borilgan, unda schotlar mulk nomi bilan atalgan. Misol
uchun, «Un» schoti, «shakar» schoti, «Ivanov» schoti
va boshqalar.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi o‘z navbatida xo‘jalik
operatsiyalarining ko‘payishiga, ularni umumlashtirish
hamda umumlashtirilgan xo‘jalik operatsiyalarining mas’-
uliyatlarini jurnallarda aks ettirish imkonini berdi.
XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida ishlab
chiqarishni yiriklashtirish bilan savdoni rivojlantirishga
erishildi, bu jarayonda hisob ishlarida yaratilgan kitoblar
o‘z o‘rnini registrlar bilan almashtirishni taqozo qila
boshladi. Hozirda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida buxgalteriya
hisobining asosan memorial-order, jurnal-order shakl-
lari keng qo‘llanilmoqda.
Hisobning qaysi shaklidan qanday tartibda foydalanish,
birinchidan, tashkilotning tuzilishi, xo‘jalik faoliyati va
mavjud hisob registrlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishi va shakllarini
takomillashtirish bevosita ularning xo‘jalik faoliyatidan,
boshqarishning yaxshilanishida hisobni rivojlantirish, ilg‘or
usullarni ishlab chiqish, uni xalq xo‘jaligi tarmoqlarida
tezroq joriy qilishga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi.
Birinchi bor 1925—30- yillarda sobiq Ittifoqda bux-
galteriya hisobining kartochka-order shakli ishlab chiqildi
va korxona, tashkilotlarda keng ishlatildi. «Bundan keyin
korxonalarda 1927- yilda birinchi bor qo‘llanilgan buxgal-
teriya hisobining shakli» kartochka-kopiroval «shakl»dir
(kopir-uchot).
Hisobning memorial-order shakli, asosan, bir turli
xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olishda ishlatiladi. Bu
formada yozuvlar sintetik hisoblar bo‘yicha maxsus
kitoblarda, analitik hisob ko‘rsatmalar esa maxsus
kartochkalarda olib boriladi, ya’ni memorial-order shaklida


171
kitob-kartochka registrlari birgalikda yuritiladi. Amalga
oshiriladigan bir turli xo‘jalik operatsiyalari guruhlash
vedomostlarida umumlashtiriladi va ularga taalluqli hujjat-
lar biriktirilib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida
hujjatlarni rasmiylashtirish qayta ishlash tartibi hamda
sintetik va analitik registrlarga yozishlar quyidagi tartibda
amalga oshiriladi. Memorial-orderlarning hamma xo‘jalik
operatsiyalariga boshlang‘ich asosida yoki guruhlangan va
jamlangan vedomostlarga muvofiq provodkalar beriladi.
Buxgalteriya hisob shakllarida korxona va muassasala-
rida amalga oshirilgan har xil xo‘jalik operatsiyalari o‘z
vaqtida izchillik bilan hisob registrlarida ma’lum belgilan-
gan tartibda olib borilishi ta’minlanadi.
1928—1930- yillarda buxgalteriya hisobining memo-
rial-order shakli yuzaga keldi. Bu shaklning mohiyati
shundaki, unda dastlabki hujjatlar asosida memorial-
orderlar tuzilib, ularda xo‘jalik operatsiyalarining korres-
pondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatiladi. Buxgalteriya
hisobining memorial-order shaklida buxgalteriya yozuvlari
uchun asos bo‘lgan hujjatlar orderga biriktiriladi.
Bu shaklda birinchi bo‘lib amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalari ro‘yxatga olinib, keyin orderda ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatga olish vedomostining tuzilishi quyidagicha:
Memorial-orderning
tartib raqami
Orderlar sanasi
Summasi
1
2
3
va h. k.
Oy bo‘yicha jami:
2
4
5
va h. k.
15000
12000
7000
— — —
Memorial-orderlar ro‘yxatga olingandan keyin ope-
ratsiyalarni bosh kitobga yozish uchun asos yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq


172
yillardan beri ishlatilishiga sabab, uning oddiyligidir. U ki-
chik va o‘rta biznes korxonalarida, ko‘proq bir turli xo‘ja-
lik operatsiyalari bajariladigan tarmoqlarda ishlatilmoqda,
chunki bu tarmoqlarda analitik schotlarning kamroq
ishlatilishi, sintetik schotlardan foydalanishda ularning soni
25—30 tadan oshmasligidir.
1928—1930- yillarda hisobning memorial-order
(nazorat-shaxmat) shakli ishlab chiqildi. Memorial-or-
der shaklini ishlab chiqishda shu davrgacha ishlatilib
keltirgan hisob turlaridan foydalanilgan.
Memorial-orderni to‘ldirish uchun asos bo‘lgan
hamma hujjatlar memorial-orderga biriktiriladi va ularda
korrespondensiyalanuvchi hisoblarning ma’lumotlari va
oboroti yoziladi.
Memorial-orderda tuzilgan hujjatlarda shu orderning
nomeri va tuzilgan vaqti yozma ravishda ko‘rsatib boriladi.
Har bir memorial-order tashkilot bosh hisobchisi tomo-
nidan tekshirilganligi to‘g‘risida imzolanadi.
Memorial-order tuzilgandan keyin ular xronologik
tartibda maxsus ro‘yxatga olish daftariga yoziladi. Ro‘yxatga
olish daftari memorial-orderlarning saqlanish ustidan va
tartib bilan nomerlanishini nazorat qilib turish uchun yil
va oy davomida bajarilgan xo‘jalik operatsiyalarining
umumiy summasini aniqlash uchun, shuningdek, sintetik
hisob bo‘yicha sxematik registrda aks ettirilsa, xo‘jalik
operatsiyalarining to‘laligini tekshirish uchun ham xizmat
qiladi.
Bunday tekshirish ro‘yxatga olish daftari bilan sintetik
hisoblarda umumiy summalarini bir-biri bilan solishtirish
orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olingan memorial-
orderdan sintetik hisoblar bo‘yicha sistematik registr bosh
daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi. Bosh
daftarda provodka nomeri, to‘ldirilgan sana, xo‘jalik
operatsiyalarining summasi ko‘rsatiladi.
Bosh daftarda operatsiyalar shaxmat usulida yoziladi,
shuning uchun yuqorida aytib o‘tganimizdek, buxgalteriya


173
hisobining bu shakli 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə