Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


 Agroklasterlar tashkil etishning xorij davlatlari tajribasi



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
agrobiznes

 
4.5. Agroklasterlar tashkil etishning xorij davlatlari tajribasi 
Koreyada agroklasterlarni rivojlantirish zaruriyati asosan quyidagi 
omillar bilan belgilanganligini ta’kidlagan holda, O’zbekison sharoitida 
ham asosiy omillar tarzida inobatga olish mumkin. Jumladan: - 
davlatning qishloq xo’jaligiga amaliy yordami va qo’llab- quvvatlashi 
hamda islohotlarni amalga oshirishdagi etakchiligi; - tarixiy va milliy 
an’analardan foydalanish, ularni saqlab qolish, zamonaviylashtirish 
asosida yangi yo’nalishlarni shakllantirish; - hududiy ixtisoslashuv va 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va 
rivojlanishining barqarorligini ta’minlash; - davlat-universitetlar-ilmiy 
tadqiqotlar-fermerlik qayta ishlash biznesning birgalikda faoliyat 
yuritishining o’zaro mutanosibligini ta’minlash mexanizmi; - olimlar 
mavqei va ilmiy tadqiqotlar natijalarining yuqoriligi hamda ularni 
qo’llab-quvvatlashda davlat siyosati darajasidagi mavqeining yuqoriligi; 
- yuqori innovatsiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga 
ustuvorlik berilishi va uni davlat tomonidan qo’llabquvvatlashning 


105 
samarali mexanizmining shakllanganligi; - marketing tizimining 
rivojlanganligi; - inson kapitaliga munosabatning yuqoriligi va uni 
qishloqda rivojlantirishga ustuvorlik berilishi. Ushbu omillarning 
O’zbekiston sharoitidan kelib chiqqan holda samarali ishlashi uchun 
keng qamrovli chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi lozim. Ma’lumki, 
agroklasterlar davlat, fermerlar, oliy ta’lim va tadqiqot muassalari 
hamda xususiy korxonalar tashabbusi asosida tashkil etiladi. Xususan, 
Janubiy Koreyadagi mashhur Sunchang Pasta ishlab chiqarish klasteri 
(Sunchang 
Paste 
Cluster) 
mahalliy 
hokimiyat 
tomonidan 
boshqariladagan klaster bo’lib, soya, qalampir, qulupnay, olxo’ri 
kabilardan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. 
Ushbu klaster Koreya hukumatining qishloq hududlarida demografik 
holatni yaxshilash (qishloq aholisi, aso san yoshlarning shaharga ketib 
qolishini kamaytirish), tarixiy an’analar asosida ishlab chiqarishni 
qo’llab-quvvatlash, qishloqqa sanoat va agroturizmni olib kirish kabi 
rivojlantirish dasturlari asosida tashkil etilgan. Agroklasterdagi 5292 ta 
fermer xo’jaligida 9780 gektar ekin maydonida mahsulot ishlab 
chiqarilib, unda jami 12331 ta kishi ishlaydi [1]. Jami 30 ming aholisi 
bo’lgan ushbu hududning hozirda yillik eksporti 1 million AQSh 
dollarini tashkil etmoqda. Agroturizm va mehmonxona servisini 
rivojlantirish hisobiga 2018 yilga borib yillik eksportni 3 million AQSh 
dollariga etkazish rejalashtirilgan. Hayratlanarli tomoni shundaki, ushbu 
kichik bir qishloqqa har yili o’rtacha 12 mingdan ortiq turist tashrif 
buyuradi. O’zbekistonda ushbu klasterning qishloq hududlarini 
rivojlantirish dasturlarini qo’llabquvvatlash, tarixiy an’analar asosida 
soya, qalampir kabi mahsulotlarni fermentatsiya qilishda oilaviy 
korxonalarni va uylarni aslicha saqlab qolish va turizm obyektiga 
aylantirish, agroturizm (shahar aholisi va bolalarning o’z qo’llari bilan 
meva-sabzavotlarni uzishlari yoki ularni qayta ishlash va tayyorlashda 
ishtirok etishlari), qishloqda mehmonxona biznesini yo’lga qo’yishda 
festival va turli tadbirlar o’tkazish tajribalaridan foydalanish mumkin. 
Shuningdek, fermerlar uchun axborot-maslahat berish hamda qishloq 
xo’jaligi agregatlaridan birgalikda foydalanish tajribalari ham diqqatga 
sazovordir. Bunda markaziy davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan 


106 
moliyalashtirish, turli o’qitish seminar-trening loyihalarini amalga 
oshirish, markazning faoliyatidagi ishlab chiqarish jarayonlari, 
mahsulotni qayta ishlash va texnikaviy yordam ko’rsatish kabi dehqon 
uchun imkoniyatlari cheklanganligi sharoitda davlat tomonidan 
qo’llabquvvatlashga oid tajribalarni O’zbekistonda nafaqat fermer, balki 
dehqon xo’jaliklarida ham qo’llash mumkin hamda agroklasterlarni 
tashkil etishda mahalliy hokimiyatning qo’llab-quvvatlashi va 
hududlarning ixtisoslashuvi va yetishtirayotgan qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarininig raqobatbardoshligiga asosiy e’tiborni qaratish kabi 
omillardan foydalanish mumkin. Chungdo xurmo klasteri (Chungdo 
Persimmon Cluster) 2009 yilda fermerlar tashabbusi bilan tashkil 
etilgan. Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, Koreya dunyoda 
etishtirilayotgan barcha xurmo mevasining 12 foizini ishlab chiqaradi.
AQSh
ni barcha shtatlarida ilg’or texnologiyalarga ega agrosanoat 
klasterlari keng tarqalgan. Yirik agroklasterlar Vashington, Ok–laxoma, 
Luiziana shtatlarida, vino ishlab chiqarish Kaliforniya shtatida 
joylashgan. Yuqori samarada faoliyat ko’rsatayotgan klas–terlarni 
Silikon 
vodiysidagi
 
“Ahborot 
texnologiyalar”, 
Gollivuddagi 
“Kinofikatsiya”
 
klasterlari misolida ham ko’rish mumkin. Evropada 
(Germaniya, Frantsiya, Italiya, Bolgariya, Gretsiya, Gollandiya, 
Angliya, Shveytsariya, Daniya va boshqa davlatlarda) yuqori 
texnologiyali agroklasterlar keng rivoj topgan .

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə