Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
agrobiznes

6.2.
 
Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillar. 
Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: viloyat, shahar yoki 
qishloq miqyosida olib boriladi.Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib 
borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti boʼlishi kerak. 
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida jamlanib, oʼzida 
ishbilarmonlik funktsiyalarini amalga oshirishni mujassamlashtirgan. 
Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi toʼrtta omil: 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy omillarning oʼzaro bogʼliqligi 
natijasida amalga oshiriladi.Ular ijobiy yoki ragʼbatlantirish koʼrinishida 
ham shakillanishi mumkin.Tadbirkorni koʼproq tadbirkorlik muhitini 
belgilovchi omillarning oʼzaro bogʼliqligi qiziqtiradi. 
Yuqorida ta’kidlab oʼtilgan omillardan huquqiy omil asosiy boʼlib 
hisoblanadi. Huquqiy omil-tadbirkorlik faoliyatini yuritish yoʼlidagi 
barcha qonunlar (soliq, yer, mehnat munosabatlari) va yoʼriqnomalar 
majmuasi boʼlib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi, hamda 
tadbirkorning 
iqtisodiy 
jarayondagi 
boshqa 
sub’ektlar 
bilan 
munosabatini mujassamlashtiradi. Huquqiy bazaning toʼliq yoki bir 
me’yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta’sir 
koʼrsatishi mumkin. 
Hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasida amaliyotda tadbiq 
qilinayotgan iqtisodiy isloxotlarning asosini tashkil qilayotgan bir butun 
huquqiy baza mavjuddir. Huquqiy omilning tavsifiga "huquqiy 
madaniyat" tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning 
qonunlarga toʼliq rioya qilishi, ya’ni insonlarning ongida qonunlar 
talabini bajarish kerak degan tushunchaning boʼlishi tushuniladi. Аgar 
kerak boʼlgan barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda 
ishlamasa yoki tadbiq qilinmasa, bunday jamiyatni qonunlarga 
boʼysinuvchan deb boʼlmaydi va buni tadbirkor oʼz faoliyatini yuritishda 
e’tiborga olishi shartdir. 
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida boʼlayotgan barcha hodisalarga 
davlatning munosabatini va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. 


120 
Davlatning tadbikor faoliyatiga qay darajada ta’sir qoʼrsatishi yoki 
aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday 
aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan boʼlishi mumkin. 
Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati 
ragʼbatlantirish yoki qoʼshilishmaslik koʼrinishida namoyon boʼladi. 
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan oʼzining tarkibi jihatidan 
anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi 
koʼpgina elementlardan tashkil topadi. 
Аgar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga 
olib kelishi mumkin. Quydagilar bu omilning asosiy elementlari 
hisoblanadi; -jamiyatda mafkuraning holati;
-milliy urf-odatlar; 
-millatning madaniy va maishiy odatlari; 
-atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga boʼlgan 
munosabati;
-davlatning 
tadbirkor 
va 
tadbirkorlik 
faoliyatiga 
boʼlgan 
munosabati. 
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini oʼzida aks 
ettiradi. Narx-navo tizimi, oʼz navbatida, narxlarning darajasi, ishlab 
chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab 
chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdolari hamda soliq va 
majburiy toʼlovlarni oʼz ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-
sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi. 
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan 
belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, 
iqtisodiy aloqalarda bozorning ustivorligi, tadbirkorlik kapitalini 
mujassamlashtirish sharoitining mavjudligi va kerak boʼlgan resurslarni 
ishlatish kiradi. 
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy 
oʼsishning qoʼshimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf 
etishda katta rol oʼynaydi, bandlik mummolarini hal etish, milliy 
boylikni oʼstirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. 
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli boʼlmish tadbirkorlik 


121 
respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo 
etish yoʼlida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qoʼllab- quvvatlanishi 
bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam 
koʼrsatish yoki soliqlar toʼlashda tadbirkorlar uchun maʼlum bir 
imtiyozlar berilishida aks etmoqda. Tadbirkorlik muhiti mamlakatning 
rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon kishilarning faoliyat 
mazmunini belgilab beradi. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə