V BOB. AGROBIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY
ASOSLARI
110
tuzilmalari tuzilishini jaxon davlatlari tajribasi va huquqiy amaliyotiga
muvofiqlashtirilishini; ikkinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish
tuzilmalarining respublikamiz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda
mavqeining oshishi va ularning tadbirkorlik faoliyat yuritishini huquqiy
taminlashni; uchinchidan, qishloq xo‘jalik tijoratchi korxonalarining
iqtisodiy qaramsizligi va xo‘jalik mustakilligini hamda ularning
tadbirkorlik
va
biznes
sohasida
faoliyatini
rag’batlantirish
murvatlarining qonuniy asoslarini mustahkamlashni: to‘rtinchidan,
respublika qishloq xo‘jaligining imkoniyatiga, qishloq xo‘jalik
tadbirkorlarning tashabbuskorligi va dehqonlarni huquqiy va ijtimoiy
himoya qilish tizimini shakllantirishga haqqoniy baho berishni talab
etadi.
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatining asosiy mazmuni
shundan iboratki, dehqonlarga o‘zlarining tadbirkorligi va tashabbus-
korligini ro’yobga chiqarish uchun keng erkinlik berish, ishlab chiqarish
vositalarini o‘zining xo‘jayiniga ega bo’lish, o‘z mehnatlarining
pirovard natijalari bo’yicha manfaatdorligini oshirib, ishlab chiqargan
mahsulotlarini mustaqil tassaruf etish huquqini kafolatlash zarur.
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatining mazmuni tushunib olishda
tarmoqdagi turli xil tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy huquqiy shakli
sifatida ularning tutgan o’rni, huquqiy maqomining o‘ziga xos
xususiyatlarini mavjudligini e’tirof etish tashkil etishi ular faoliyatining
samaradorligini oshirishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash maqsadida
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ya’ni dehqon
va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi. Ayni
vaqtda, respublikamizda fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi islohotlarni
chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan ko‘plab chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarishning asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali
rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Bugungi fermer
xo‘jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o‘z ixtiyorida ijara asosidagi
yetarlicha ekin maydonlariga ega bo‘lgan, yuksak samarali zamonaviy
texnika bilan ta’minlangan, ilg‘or texnologiyalarni puxta egallagan yirik
111
xo‘jaliklardir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish
ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish kabi
yo‘nalishlarda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda va o‘z istiqbolini
topmoqda.
Qishloqda bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish,
Moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, moliyalashtirish va
kreditlashning yangi shaklini ishlab chiqarishga joriy qilish va boshqa
dolzarb masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar
tayyorlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil
24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng
muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonida fermer xo‘jaliklarini
shakllantirishning quyidagi asosiy qoidalari belgilab berilgan:
fermer xo‘jaliklari, qoida tariqasida, tugatiladigan, zarar bilan
ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida tashkil
etiladi;
fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona
shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish
huquqi bilan barpo qilinadi;
fermer
xo‘jaliklariga
beriladigan
yer maydonlari
shirkat
xo‘jaliklarining balansidanchiqariladi;
yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish
moddiy texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni
faqat fermer xo‘jaliklarining o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda
xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tuzadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12
dekabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining joriy qilinishi
agroiqtisodiyotni yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashga
sharoit yaratib berdi. Mazkur islohotlar natijasida ushbu davrda dehqon
va fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarishdagi samaradorligi
yaqqol ko‘zga tashlanib, bir yilda o‘rtacha 6,8 foizdan o‘sdi.
Mamlakatda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida fermer
112
xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini
tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi F-
3077-son “Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari
miqdorini maqbullashtirish (optimallashtirish) choralarini ko‘rish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil
etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi natijasida bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri
keladigan yer maydoni 2 baravarga, ya’ni 27 gektardan 56 gektarga
kengaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31
yanvardagi 22-son Qarori bilan “Fermer xo‘jaligining yer maydonini
maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22
oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada
takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xo‘jaliklarining
yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, fermer xo‘jaliklarini
tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli
tizimini yaratish maqsadida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeev 2017 yil 9
dekabrdagi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqida “Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman,
qishloq xo‘jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-
quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib
berilmoqda. Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‘jaligida asosiy kuch
bo‘lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har
jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga
oshirayotganini bugun faxr va g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan qayd
etamiz”, deb ta’kidladilar.
Dostları ilə paylaş: |