Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
agrobiznes

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Agrobiznes 
faoliyatini 
rivojlantirishning 
me'yoriy-huquqiy 
asoslarini tavsiflab bering? 
2.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 
2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasiga muvofiq qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishga doir qanday vazifalar belgilangan? 
3.
Strategiyaning aniq maqsad va vazifalarini amalga oshirishda 
indikativ byudjet shuningdek, uning natijalarini baholovchi qanday 
ko’rsatkichlar tizimi belgilangan? 
4.
Strategiyada aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga doir 
qanday vazifalar mavjud? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


116 
 
6.1.
 
Tadbirkorlik muhiti.
6.2.
 
Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillar. 
6.3.
 
Tadbirkorlik faoliyatidagi tashki va ichki omillar. 
6.1.
 
Tadbirkorlik muhiti. 
Eng avvalo, muhit tushunchasining mazmuniga toʼxtaladigan 
boʼlsak, “muhit (arabcha – oʼrab olingan, ihota etilgan) – hayot, faoliyat 
kechadigan tabiiy yoki ijtimoiy sharoitlar majmui”, “muhit – bu 
atrofdagi shart-sharoit, holat, ushbu sharoitlar bilan bogʼlangan kishilar 
yigʼindisi” deya izohlanadi. Demak, muhit – oʼzining muayyan 
obʼektiga nisbatan qulay hayotiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini 
taʼminlovchi shart-sharoitlar majmui. Bundan koʼrinadiki, muhit keng 
tushuncha. Uni tabiat, ijtimoiy hayotdagi koʼplab obʼektlarga nisbatan 
qoʼllash mumkin. Masalan, oʼsimliklarning mikrobiologik muhiti, oila 
muhiti, mehnat jamoasi muhiti, jamiyatdagi ijtimoiy muhit va hokazo. 
Bu tushunchalarning umumiy tomoni shundaki, ularning barchasida 
muhit mazmuni jihatidan turlicha boʼlgan obʼektlar uchun qulay hayotiy 
faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlovchi shart-sharoitlar 
majmui sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, tadbirkorlik muhiti ham 
iqtisodiyotning turli darajasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur boʼlgan shart-sharoitlar majmuini ifodalaydi. Tadbirkorlik 
muhiti, birinchidan, kishilarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash va u 
bilan shugʼullanish xohishi va imkoniyatlariga taʼsir etuvchi umumiy 
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy omillarni oʼz ichiga olsa, 
ikkinchidan, 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
boshlash 
jarayonlarini 
yengillashtiruvchi koʼmak va qoʼllab-quvvatlash xizmatlarini nazarda 
tutadi. Tadbirkorlik muhitining iqtisodiy mazmunini ochib berishda 
mamlakatimiz hamda xorijlik olim va mutaxassislar tomonidan uning 
qator jihatlari tadqiq etilganini taʼkidlash lozim. Jumladan, D. Gnyawali 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə