Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Ta’lim innovatsiyalari 
- ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud 
muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan 
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalaridir. 
Modul
- bu fanning fundamental tushunchasini takdim etadi: muayyan 
jarayoni yoki qonuni, bo‘limi, muayyan katta mavzusi, o‘zaro bog‘liq tushunchalar 
guruhidir. 
Modulli o‘qitish
- o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, 
chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. 
Muammoli vaziyat
- bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy 
faoliyat holatidir. 
O‘qish 
- o‘quvchini o‘rganuvchilik faoliyatidir. 
Ma’lumot 
- ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim, malaka, ko‘nikmalar 
tizimidir. 
Ta’lim prinsipi
- ta’lim jarayonida amal qilinishi zarur bo‘lgan talab va 
qoidalar yig‘indisi. 
Ta’lim mazmuni
- o‘qituvchi tomonidan berilishi, o‘quvchilar tomonidan 
o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar tizimi va axloqiy g‘oyalar to‘plamidir. 
Ta’lim metodi
- ta’lim maqsadiga yerishish yo‘li va usuli. 
Ta’lim shakli
- o‘quvchilar miqdori bilan, joy va vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan 
ta’limni tashqi ko‘rinishidir. 
Uzviylik aloqalariga rioya qilish
- o‘qitishning tizimliligi va ketma-
ketligini joriy qilishning muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ta’lim tizimi
- amaliy ko‘nikma va mehnat malakalarini to‘g‘ri tarkib 
topishini, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta’minlaydigan o‘quv materialining 
maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish. 
Uzviylik
– bu ta’lim turlari orasida, fanlararo va mavzulararo o‘zaro 
bog‘liqlik va munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnatilishini ta’minlashdan iboratdir. 
Uzviylik
– kasb-hunar ta’limida maxsus fanlardan o‘zlashtirilgan bilim va 
malakalar zamirida oliy ta’limning maxsus fanlari orqali yangi bilim, ko‘nikma va 


malakalar hosil qilish va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlanishidir

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə