Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud
muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalaridir.
Modul - bu fanning fundamental tushunchasini takdim etadi: muayyan
jarayoni yoki qonuni, bo‘limi, muayyan katta mavzusi, o‘zaro bog‘liq tushunchalar
guruhidir.
Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi,
chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir.
Muammoli vaziyat - bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy
faoliyat holatidir.
O‘qish - o‘quvchini o‘rganuvchilik faoliyatidir.
Ma’lumot - ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim, malaka, ko‘nikmalar
tizimidir.
Ta’lim prinsipi - ta’lim jarayonida amal qilinishi zarur bo‘lgan talab va
qoidalar yig‘indisi.
Ta’lim mazmuni - o‘qituvchi tomonidan berilishi, o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar tizimi va axloqiy g‘oyalar to‘plamidir.
Ta’lim metodi - ta’lim maqsadiga yerishish yo‘li va usuli.
Ta’lim shakli - o‘quvchilar miqdori bilan, joy va vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan
ta’limni tashqi ko‘rinishidir.
Uzviylik aloqalariga rioya qilish - o‘qitishning tizimliligi va ketma-
ketligini joriy qilishning muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ta’lim tizimi - amaliy ko‘nikma va mehnat malakalarini to‘g‘ri tarkib
topishini, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta’minlaydigan o‘quv materialining
maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish.
Uzviylik – bu ta’lim turlari orasida, fanlararo va mavzulararo o‘zaro
bog‘liqlik va munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnatilishini ta’minlashdan iboratdir.
Uzviylik – kasb-hunar ta’limida maxsus fanlardan o‘zlashtirilgan bilim va
malakalar zamirida oliy ta’limning maxsus fanlari orqali yangi bilim, ko‘nikma va
malakalar hosil qilish va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlanishidir