Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

N.M. Hamdamova
(imzo) 
 
 
BuxDUPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani: 
“___”_________ 2022 y. _____________v.v.b.,
A.R. Jo‘rayev
(imzo) 
 
 
 
 
 


MUNDARIJA 
 
T/r 
O‘quv-uslubiy majmua elementlari 
betlar 

Ma’ruzalar matni 
Amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar 

Mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha 
zarur uslubiy ko‘rsatmalar 

Glossariy 

Ilovalar
-fan dasturi 
- ishchi dastur 
- tarqatma materiallar 
- testlar 
- baholash mezonlari va fanni o‘rganish bo‘yicha 
boshqa materiallar 


 
 
 
 
 
O‘QUV MATERIALLARI 
 
“Mutaxassislik faniga kirish ”
 
fanining 
ma’ruzalar matni 
 
1-semestr 


1-Mavzu: Kirish. “Mutaxassislik faniga kirish” fanining mazmuni. Fanning 
texnik va ilmiy fanlar, texnologiya va politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi. 
Reja: 
1.“Mutaxassislik faniga kirish” fanining mazmuni. 
2. Mutaxassislik fanining texnik va ilmiy fanlar bilan bog‘liqligi. 
3. Mutaxassislik fanining texnologiya va politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
mutaxassislik, xususiyat, kasb, ta’lim, kadr, 
zamonaviy, iqtisodiy, fan, texnika, tizim, texnologiya, tizim, metod, bilim, 
ko‘nikma, malaka, kompetentlik, faoliyat, jarayon, soha. 
Zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy sharoitda kadrlarni kasb-hunarga 
tayyorlashni mukammalashtirishning muhim shart-sharoiti zamonaviy fan, texnika 
va texnologiyalarning yutuqlariga asoslangan ta’lim tizimini tashkil qilishdan 
iboratdir. 
Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri, 
o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yutuqlardan keng foydalanish
ularni ta’lim tizimida joriy qilib borish hamda rivojlangan mamlakatlarning
tajribalarini mamlakatimiz ta’lim tizimiga tadbiq qilish muhim hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini ko‘p 
jihatdan mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitish belgilaydi. Mutaxassislik fanlarni 
o‘rganishda ko‘proq amaliylik yuqori bo‘lganligi, ishlab chiqarishga yaqinroq 
hisoblanganligi umumta’lim fanlaridan farqli ekanligini ko‘rsatadi. Ishlab 
chiqarish amaliyotlari mutaxassislik fanlari bilan o‘zaro bog‘liq holda olib boriladi.
Mutaxassislik fanlardan o‘qitish metodlarini tanlash va o‘quv maqsadlarini 
belgilash ham o‘ziga xoslikni talab etadi. Mutaxassislik fanlarning etakchi 
komponenti bo‘lib «Faoliyat usullari» hisoblanadi. SHuning uchun ham 
mutaxassislik fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratish va shu bilan bog‘liq 
bo‘lgan ta’lim mazmunini belgilashda, o‘quv jarayonini tashkil etishda
o‘qitishning samarali usullarini tanlashda chuqur didaktik tahlil o‘tkazish lozim.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə