Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


  O‘quv materialida texnikaga bog‘liq masalalar yoritilgan



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

1. 
O‘quv materialida texnikaga bog‘liq masalalar yoritilgan 
mutaxassislik fanlar.
Bularga mahsulot ishlab chiqarish va mehnat jarayonida 
ishlatiladigan mashinalar va uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ta’mirlanishi 
hamda ishlatish qoidalari, ularning konstruksiyalarini takomillashtirish, hisoblash
loyihalash, avtomatlashtirish; mehnat vositalari, moslamalar, asboblar va ular 
qismlarining tuzilishi; mehnat ob’ektlari hisoblangan mashina va uskunalarni 
o‘rnatish, yig‘ish, ta’mirlash, sozlash metodlari va usullari; mexanizm va detallarni 
qayta tiklash hamda ta’mirlashning zamonaviy usullari, avtomatik tizimlar va 
eksperimental qurilmalar tuzilishlari va ishlash tartiblari yoritilgan o‘quv 
materiallari kiradi. 
2. O‘quv materiallarida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga 
bog‘liq masalalar yoritilgan mutaxassislik fanlari. 
Bularga 
alohida 
mutaxassislikning butunligini tavsiflaydigan texnologik va mehnat jarayonlari, 
texnologik 
jarayonlarni 
loyihalash 
va 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash, yangi texnologiyalarni 
joriy qilish va ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish va boshqarish 
tavsiflari; ilmiy tadqiqot ishlari va tajribalar olib borish, xavfsizlik qoidalari
ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi hamda mehnat qonunchiligi asoslari 
kiradi. 


3. O‘quv materialida xom ashyo materiallariga bog‘liq masalalarni 
yorituvchi mutaxassislik fanlar. 
Bularga ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan turli 
materiallar va xom ashyolarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari, mexanik – 
texnologik xossalari eksperimental aniqlash va tayyorlanish texnologiyasini 
yorituvchi o‘quv materiallari kiradi. SHuningdek, xom ashyo materiallariga ishlov 
berishdagi jarayonlar, hisoblashlar va eksperimental izlanishlarni yo‘naltirgan 
o‘kuv materiallarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə