Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


ko‘nikmalariga ega bo‘lishi



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
;
 

mutaxassislik fanlarini o‘qitish tamoyillari; o‘quv jarayonidagi mashg‘ulot 
samaradorligini to‘la oshirish metodlari; mashg‘ulotlar turlarini o‘tkazish va 
nazorat qilishning faol shakllarini; pedagogning umumiy hamda kasbiy 
madaniyati; zamonaviy jamiyatda o‘qituvchi kasbining o‘rni va ahamiyati; davlat 
ta’lim standartlarining pedagog shaxsi hamda kasbiy kompetentligiga qo‘yadigan 
talablari; o‘qituvchining umumiy hamda kasbiy madaniyati tushunchasi hamda 
uning tavsifi; ta’lim jarayoni sifatini boshqarishdagi an’analar hamda 
innovatsiyalar; ta’lim sifatini boshqarishda DTSning ahamiyati; zamonaviy ta’lim 
texnologiyalarini oliy ta’lim muassasa o‘quv jarayoniga qo‘llashni; pedagogik 
texnologiyalarni o‘quv maqsadlariga erishishning vositaviy asosi sifatida; mehnat 
ta’limi pedagogik texnologiyalarini loyihalashning aksiomatik hamda muammoli-
modulli variantlarini loyihalash; ta’limiy vazifalarni belgilash hamda ularning 
amalga oshirilishini ta’minlovchi didaktik jarayonlarni ishlab chiqish 
malakalariga ega bo‘lishi kerak. 
 
Mutaxassislik fanlar ishlab chiqarishning aniq sohalari bo‘yicha, ularda aniq 
mutaxassislik xususiyatlarini aks ettiruvchi bevosita chuqur, puxta bilimlar 
beruvchi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qiluvchi jarayonlarni qamrab oladi. 
Bunday fanlar jumlasiga xalq xo‘jaligining turli sohalari: qishloq xo‘jaligi 
tarmoqlari, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, mashinasozlik, transport, aloqa, 
xalq hunarmandchilik tarmoqlari, madaniyat va san’atning yo‘nalishlari va boshqa 
sohalar bo‘yicha faoliyat turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini bevosita namoyon 
etadigan fanlar, ularning qismlari kiradi. 
Ilg‘or texnologiyalar, yangi texnikalar va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga 
joriy etish, xalq xo‘jaligi ba’zi tarmoqlarining rivojlanishigagina emas, balki 
barcha sohalarning (qurilish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, sanoat, aloqa, 
xizmat ko‘rsatish va boshqa) taraqqiyotiga va boshqarish, tashkil etish, 
iqtisodiyotga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 


SHuning uchun ham texnika va texnologiyalarning o‘zgarib va yangilanib 
borishi, har bir mutaxassisning keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lishini 
hamda bir necha xil yumushlarni bajara olishini talab etadi. 
Mutaxassislik fanlari mazmuni muayyan yo‘nalish yoki ixtisoslikning
tavsifiga mos tushishi, ya’ni ta’lim oluvchining egallaydigan kasbi bo‘yicha 
bajariladigan faoliyat usullarini o‘zida qamrab olishi kerak. Ta’lim oluvchilarda 
kasbiy – politexnik va kasbiy - texnikaviy tushunchalarni shakllantirish uchun 
mutaxassislik fanining mazmunini belgilashda politexnik tamoyilga rioya qilish 
lozim. Kasbiy politexnik tushunchalarga quyidagilar kiradi: ma’lum bir ishlab 
chiqarish sohasi bo‘yicha jihozlar va uskunalar tuzilishlari, ishlashi va ularni 
loyihalash asoslari, ishlab chiqarish texnologiyalari, texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish, kasbiy faoliyatni tashkil etishning ilmiy asoslari, soha bo‘yicha 
mehnat faoliyatining iqtisodiy omillari va h.k. Agar ta’lim oluvchi mutaxassislik 
fani bo‘yicha ko‘p turdagi mashina va jihozlar turlari, ularni hisoblash, loyihalash, 
ta’mirlash asoslari yoki texnologik jarayonlarni o‘rganishlari kerak bo‘lsa, u holda 
o‘quv materialida soha bo‘yicha namunaviy mashinalar va jihozlarning tuzilishlari, 
ishlash tartibi yoki mavjud texnologik jarayonlar bajarilishining prinsipial 
sxemalari berilishi kerakki, ta’lim oluvchilar shular asosida zamonaviy mashinalar 
konstruksiyalarini va texnologik jarayonlarning xususiyatlarini ocha olishlari 
kerak. 
Kasbiy–texnikaviy tushunchalarga esa aniq bir ishlab chiqarish sohasi 
bo‘yicha texnikalar yoki texnologik jarayonlar, muayyan yo‘nalish bo‘yicha 
bo‘lajak mutaxassisning mehnat faoliyati hamda kasbiy ko‘nikma va malakalar 
asosini tashkil etuvchi bilimlar kiradi.
Mutaxassislik fanlari mazmun va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: 

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə