Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


 Ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va iqtisodiyoti to‘g‘risida



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

4. Ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va iqtisodiyoti to‘g‘risida 
o‘quv materiallarini o‘zida qamrab olgan mutaxassislik fanlar. 
Ushbu guruhga 
barcha mutaxassislik bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda o‘rganiladigan 
(ishlab chiqarish, mehnatni tashkil etish va iqtisodiyot asoslari) o‘quv materiallari, 
xo‘jalik va ishlab chiqarishni tashkil etish, yuritish, boshqarish, axborot 
texnologiyalari, ilg‘or uslublarni qo‘llash va boshqalarni kiritish mumkin. 
Mutaxassislik fanlarni o‘qitish o‘zining ko‘pgina belgilari, ya’ni mazmuni, 
maqsad va vazifalari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, o‘tkazilish joyi, 
jihozlanishi, shakllari, tuzilishi, ajratiladigan vaqti bilan ham umumta’lim va 
umumkasbiy fanlardan keskin farq qiladi. 
Mutaxassislik fanlarni o‘rganishda chizmalar, jadvallar, hisoblashlar va 
o‘lchashlarni o‘tkazish kabi alohida ko‘nikmalarni shakllantiruvchi laboratoriya – 
amaliy mashg‘ulotlarni, texnika va texnologiyani bevosita yoki bilvosita tasavvur 
etishga yordamlashadigan ishlab chiqarish mashg‘ulotlarini ham tashkil etishga 
to‘g‘ri keladi. Keyingi hol esa, ta’lim oluvchilardan mutaxassislik yo‘naltirilgan 
ixtisosligi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarning ma’lum darajada shakllanganligini 
talab etadi. SHuning uchun mutaxassislik fanlari o‘quv – uslubiy ta’minotini 
ishlab chiqish, o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘qitishning ta’limning samarali 
usullarini tanlashda, ta’lim mazmunini belgilashda o‘ziga xos yondashuvni talab 
etadi. 
Bo‘lajak kasb-ta’limi o‘qituvchisi shuni e’tiborga olish joizki, kichik 
mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimida mutaxassislik fanlarni o‘rganish muhim 
ahamiyat kasb etadi. CHunki ixtisoslikka oid bilim, hatti-harakat usullari 
(ko‘nikma va malakalar) hamda shaxsiy fazilatlar asosan mutaxassislik fanlarni
o‘rganish jarayonida shakllanadi. Bundan mutaxassislik fanlar mazmunini 
o‘zlashtirilishi bilan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining madaniy-texnik 
tayyorgarlik darajasi bevosita bog‘liqligi kelib chiqadi. Bu bog‘liqlik eng avvalo 
“ixtisos”, “kasb”, “hunar”, “mutaxassislik”, “kasbiy” kabi tushuncha hamda 
atamalar mohiyatini aniqlab olish zaruriyatini ko‘rsatadi. O‘zbek tilining izohli 
lug‘atida ixtisos, ixtisoslik, kasb, kasbiy, mutaxassis, hunar, hunarmand so‘zlariga:
-
ixtisos-(arabcha-ish-vazifa doirasi; chuqur bilimlardan xabardorlik; o‘ziga xos 
xususiyat). Ilm-fan, texnika, san’at sohalarida har bir mustaqil kasb; mutaxassislik; 
kasbiy malaka; 
-
ixtisosli-ilm-fan, texnika yoki sanoatning ma’lum bir sohasi bo‘yicha ixtisos 
olgan, bilim, malaka hosil etgan; ixtisosga oid; 
-
kasb-(arabcha-biror narsani o‘rganish, egallash, foyda; hunar, mashg‘ulot). 1. 
Ish faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi, 
hunar. 2. Umuman, odat qilingan ish; odat. 


-
Kasbiy-kasb-hunarga oid. 
-
Mutaxassis – (arabcha-biror sohada ixtisos olgan, ixtisos egasi). Biror sohada 
mutaxassislik bilim va tajribaga ega bo‘lgan kishi, ixtisos egasi.
-
Hunar – (arabcha-san’at, bilim, ko‘nikma mahorat, ustalik, kasb). 1. Muayyan 
ko‘nikma, mahorat talab qilinadigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi 
ish, mashg‘ulot, kasb. 2. Biror ishdagi mahorat, san’at, mohirlik, ustalik talab 
etuvchi ish, hatti-harakat. 3. Odat tusidagi ish, harakat.
-
Hunarmand – (forscha-san’at arbobi; mohir, yuksak mahoratli; iste’dodli, 
qobiliyatli). 1. Uyida yoki o‘z do‘konida mahsulot ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanuvchi kasb-hunar egasi; kosib. 2. O‘z ish-kasbining mohir ustasi-tarzida 
izoh berilgan.
Demak, bo‘lajak kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisi yuqorida keltirilgan 
tushunchalarni bilishi shart.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə