Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

 
Adabiyotlar: 
1.N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, O.A.Qo‘ysinov. Mehnat ta’limi o‘qitish 
metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash. Darslik. T.O‘zbekiston faylasuflar milliy 
jamiyati. 2014. 455 b. 
2.Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish. 
Monografiya. –Toshkent: Fan, 2004.-127 b. 
2-Mavzu: Umumta’lim maktablarida texnologiya fanining o‘qitilishi, tarixi va 
istiqbollari. 
Reja: 
1.Umumta’lim maktablarida texnologiya fanining o‘qitilishi. 
2. Umumta’lim maktablarida texnologiya fanining tarixi. 
3.Umumta’lim maktablarida texnologiya fanining o‘qitilishining istiqbollari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
mutaxassislik, umumta’lim maktabi, texnologiya, 
xususiyat, kasb, ta’lim, kadr, zamonaviy, iqtisodiy, fan, texnika, tizim, texnologiya, 
tizim, metod, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetentlik, faoliyat, jarayon, soha. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv 
faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 
sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 408 soat vaqt ajratiladi. 
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni 
yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini 
ta’mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, metall va metalmas hamda 
gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq hunarmandchiligi 


asoslari, ro’zg’orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo’llash bo’yicha 
bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutilgan. 
5-7 sinflarda o’quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini 
kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan yuqorida 
ko’rsatilgan bo’limlar o’quvchilarda milliy madaniyat va an’analarga mehr-
muhabbat uyg’otadi. 
8-9 sinflarda xalq hunarmandchiligi texnologiyasi, ro’zg’orshunoslik 
asoslari, elektronika asoslari, kasb-hunarlarga yo’naltirish bo’limlari ta’lim 
oluvchilarning 
ijtimoiy 
dunyoqarashini 
kengaytiradi, 
kasb-hunar 
ta’limi 
yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi. 
Umumta’lim maktablarida texnologiya fani yuqori bosqichlardagi ta’lim 
muassasalarida kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini amalga oshirishning negizi bo’lib, 
uning mazmuni asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. 
I-IV sinflar – keng ko’lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar 
(qog’oz, rangli qog’oz, karton turlari, poralon, penoplast, paxta va matolar 
qiyqimlari, plastilin, simlar va boshq.) bilan tanishtirish, buklash, qirqish, 
yelimlash, bichish, tikish, to’qish usullari orqali kichik hajmdagi o’yinchoqlar va 
oddiy buyumlar yasash, xalq hunarmandchiligi to’g’risida boshlang’ich 
tushunchalar berish, o’quvchilarni o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga o’rgatish, uy-
ro’zg’or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini (modellar, maketlar) 
tayyorlashni, buyumlarni yasash yo’llari, uslublari o’rganiladi. V-IX sinflarda 
uchta “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” hamda “Umumlashgan (o’g’il va 
qiz bolalar)” yo’nalishlari bo’yicha tashkil etiladi va 5-7 sinflarda haftasiga 2 soat, 
8-9 sinflarda 1 haftasiga 1 soatdan darslar o’qitiladi. Ushbu har bir texnologiya fani 
yo’nalishlari xalq hunarmandchiligi texnologiyasi, ro’zg’orshunoslik asoslari, 
elektronika asoslari, kasb tanlashga yo’naltirish bilan yakunlanadi. 

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə