Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

 
Ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar 
Texnologiya ta’limi jarayonida avvalo natural ob’yektlar, asbob-moslama
tayyor detallar va buyumlar, uskunaning yig‘ma sxemalari, uzellari va yaxlit 
uskuna va hokazolar, ya’ni o‘quvchilar qaysi uskunada va nima yordamida 
ishlashlari kerak bo‘lsa, shularning barchasi ko‘rgazmali qurollar elektron-didaktik 
vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari texnologiya ta’limi jarayonida plakatlar
sxemalar, diagrammalar, modellar, maketlar va boshqa tasviriy ko’rgazmali 
qurollardan ta‘lim vositasi sifatida foydalaniladi.
Ta’lim vositalari sifatida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish qoidalari va 
metodik usullari asosan quyidagilardan iborat:
- ko‘rgazmali kurollarini namoyish qilish usullarni ko‘rsatish, ishni 
bajarishning texnika talablarini, texnologiyasini taqlil qilish bilan qo‘shib olib 
borilishi kerak;
- ish va asboblar, moslamalar va hokazolarning namunalarini namoyish 
qilish uchun ularni maxsus tematik taxtalarga komplektlash maqsadga muvofiqdir, 
bu esa qiyoslash va umumlashtirish uchun sharoit yaratadi;
- mayda namunalar tarqatiladigan material sifatida foydalaniladi;
- detalni ishlash, yig‘ish, montaj qilishni tushuntirish paytida texnologik 
o‘tishlar izchilligida ishlov berilgan (to‘plangan, montaj qilingan) namunalardan 
keng foydalanish lozim; 
- naturada yoki bevosita kuzatish imkoni bo‘lmagan ob’yektlar yoki 
hodisalarni (elektr tokining yo‘li, molekulalarning o‘zaro ta‘siri, kimyoviy 
apparatlar, dvigatellardagi jarayonlar va hokazolarni) namoyish qilish zarurati 
tug‘ilganida sxematik ko‘rgazmali qurollardan foydalanish;
- uskunalar, priborlar, agregatlar, dvigatellar va hokazolardan ko‘rgazmali 
qurol sifatida foydalanilayotganida ularni mumkin qadar ko‘zga yaqqol tashlanishi 
uchun to‘siklarni qopqoqni olib tashlab, o‘quvchilar ko‘proq ko‘ra olishlari uchun 
sharoit yaratish kerak;
- ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishini hamisha 
ta’minlash lozim (namoyish qilinadigan joyni to‘g‘ri tanlash; yaxshi yoritilgan 
bo‘lishi, o‘quvchilarning to‘g‘ri joylashtirilishi va namoyish qilishining oqilona 
usullari va hokazo). 



Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə