Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya


-rasm. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari bo’yicha



Yüklə 89,99 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü89,99 Kb.
#151872
1   2   3   4   5   6   7   8
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi

1.2.1-rasm. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari bo’yicha


qonunchilik tizimi

1996 yilda xalqaro talablarga to’la mos ravishda qabul qilingan, byudjet ijrosining hisobi borasida ham asosiy tayanch qonunchilik bazasi hisoblanuvchi O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish borasida ham asosiy me’yorlarni belgilab beradi. Jumladan, buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi va vazifalari, uning sub’ektlari va ob’ektlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobini tartibga solish borasidagi vakolatlari va boshqa bir qator asosiy qonunchilik talablari o’rnatilgan.


Shuningdek, 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston


Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi…

Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonun 39-modda




Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonun, 15-modda


Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi hamda 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonunlari
ham byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish, xarajatlar smetasi ijrosini olib borish va uni nazorat qilish, shuningdek byudjet ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish, taqdim qilish va boshqa bir qator asosiy qonunchilik normalarni belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar, jumladan, 1999 yil 3 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 414-sonli qarori,


........

  1. Belgilansinki, 2004 yildan boshlab Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari va xarajatlari smetalarini ro’yxatdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, byudjet mablag’lari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari va xarajatlari smetalarini ro’yxatdan o’tkazishda ko’rsatib o’tilgan mablag’larning birinchi navbatda:
moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlashga;
ijtimoiy rivojlantirish tadbirlariga va xodimlarni moddiy rag’batlantirishga;
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashga yo’naltirilishini nazarda tutsin.

  1. Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralar 2004 yildan boshlab har chorakda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga byudjetdan tashqari jamg’armalarga mablag’lar tushishi va ulardan foydalanilishi to’g’risida byudjet mablag’lari uchun belgilangan shakl bo’yicha va muddatlarda hisobotlar taqdim etsinlar.




Yüklə 89,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə