Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya


-rasm. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ommalashgan ko’rinishi



Yüklə 89,99 Kb.
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü89,99 Kb.
#151872
1   2   3   4   5   6   7   8
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi

1.1.4-rasm. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ommalashgan ko’rinishi.


Ma’lumki, har bir fanni (yoki kasbni) o’zini qoidalari (pritsiplari) mavjud bo’lib, ushbu fanni (yoki kasbni) tashkil qilishning asosini tashkil etadi.

“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari (printsiplari) keltirilgan bo’lib, ular asosida buxgalteriya hisobini tashkil qilish byudjet tashkilotlarida ham juda katta ahamiyatlidir.




Takrorlash uchun savollar





    1. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy maqsadi nimalardan iborat?

    2. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini vazifalarini aytib bering.

    3. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o’ziga xos hususiyatlari nimalardan iborat?

    4. Buxgalteriya hisobini asosiy qoidalarini aytib bering.
    1. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari


Ma’lumki, buxgalteriya hisobi bu yaxlit va uzluksiz holda hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya hisobi ob’ektlarining holati va ularning harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, ro’yxatga olish va umumlashtirish, shuningdek, ular asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzish tizimini o’zida aks ettiradi.
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuniga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobining sub’ektlari bo’lsa, asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi esa, umumiy holda buxgalteriya hisobini, shuningdek byudjet jarayonini bir qismini tashkil qilib, foydalanuvchilarni davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi zaruriy moliyaviy axborotlar bilan ta’minlaydi.
Amaldagi buxgalteriya hisobi bo’yicha qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetida turadigan tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari zarur hollarda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, o’z tizimidagi tashkilotlarda faoliyat hususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi va hisobotlarining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida belgilangan tartibda me’yoriy hujjatlar chiqarishlari mumkin.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston

Respublikasi Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi.


Umumiy holda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning uslubiy asoslari bo’lmish qonunchilik tizimini quyidagi ko’rinishda keltirishimiz mumkin (1.2.1-rasm):




Yüklə 89,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə