Takrorlash va munozara uchun savollar



Yüklə 157,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix24.12.2023
ölçüsü157,76 Kb.
#158311
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
11-mavzuBHH



Takrorlash va munozara uchun savollar

1. Tovar-moddiy zahiralarga qanday moddiy qiymatliklar kiritiladi? 
2. Tovar-moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan 
vazifalarni aytib bering? 
3. Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha me’yorlarni aniqlash tartibini tushuntirib bering? 
4. Tovar-moddiy zahiralar sintetik va analitik hisobini yuritilishini aytib bering? 
5. Tovar-moddiy zahiralarni kirimi hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering? 
6. Tovar-moddiy zahiralarni yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish 
jarayonini xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ayting? 
7. Tovar-moddiy zahiralarni tashkilotning o‘zida tayyorlanishi hisobini tushuntirib bering? 
8. Tovar-moddiy zahiralarni beg‘araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha)ni 
xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ayting? 
9. Tovar-moddiy zahiralar qaysi xolatlarda tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi? 
11-MAVZU. BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBI 
REJA: 
1. Moliyaviyaktivlar va ular hisobini tashkil etish, maqsadi va vazifalari.
2. Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘larining hisobi. 
3. Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 
4. Kassa operatsiyalari hisobi 
5. Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 
 
1.
 
Moliyaviyaktivlarva ular hisobini tashkil etish, maqsadi vavazifalari.
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy 
aktivlar ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy 
aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, yo‘ldagi 
pul jo‘natmalari, moliyaviy qo‘yilmalar (vaqtincha depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari) kiradi. 
Byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari harakati moliya organlari tomonidan ochilgan shahsiy 
hisobvaraqlarda yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida shahsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish
yopish tartibi “Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish 
Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 5 dekabrda 1746-son bilan 
ro‘yxatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi. G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida 
byudjet tashkilotlari uchun shahsiy hisobvaraqlar ochilib yuritilar edi. 2011 yildan boshlab byudjet 
tashkilotlari pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shahsiy 
hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq 
dasturga kiritiladi va G‘aznachilik va ularning xududiy bo‘linmalarida ko‘rinadi. 
Byudjet tashkilotlari shaxsiy hisobvarag‘ining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat 
bo‘lib:


Yüklə 157,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə