Takrorlash va munozara uchun savollar


Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi



Yüklə 157,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix24.12.2023
ölçüsü157,76 Kb.
#158311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
11-mavzuBHH

 
3.Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli 
“Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga 
muvofiq byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag‘lar shakllantirish imkoniyati 
berilgan.
Ushbu qarorga muvofiq byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 
Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan hisob raqamlarida 
hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet mablag‘lari bo‘yicha tejab qolingan 
mablag‘lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan 
olingan daromadlar, balansida bo‘lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga 
muvofiq olingan mablag‘larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan 
homiylik yordami (beg‘araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan. Shuningdek 
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, 
moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi 
belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ya’ni 
ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy 
qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan 
tushumlar, 
qonun 
hujjatlari 
bilan 
taqiqlanmagan 
boshqa 
tushumlar 
hisobidan. 
Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish 
jamg‘armasi mablag‘lari qonunchilikka muvofiq tegishli manbaalar hisobiga shakllanadi va ular 
hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 
- son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi 
haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi amalga 
oshiriladi 
va 
hisobiga 
xarajatlar 
amalga 
oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlarining maxsus mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni 
topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari 
mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan 
taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga 
oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag‘lar tushumi 
va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. 
Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. 
Bulardan tashqari byudjet tashkilotlarida tranzit mablag‘lari (Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini 
qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar, O‘tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va 
boshqalar) tushumi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi. 


Byudjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo‘yicha hisobvaraqlardagi byudjetdan 
tashqari mablag‘lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar bir manba bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar 
belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g‘azna dasturiga kiritiladi. 
Moliya organlari tomonidan byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari uchun 
hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi: 
a) moliya organi rahbari yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi 
qo‘yilgan byudjetdan mablag‘ oluvchining arizasi. 
Agar, byudjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun byudjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa, 
tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun bir nusxada ariza, unga ilova qilib xizmat 
ko‘rsatiladigan quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi. 
b) byudjetdan tashqari mablag‘larning tushumlari va xarajatlari limiti ko‘rsatilgan 
(tushumlari va mablag‘larning xarajat qilinish yo‘nalishlari limitlanmagan byudjetdan tashqari 
mablag‘lari bundan mustasno) tegishli smeta xarajatlarining nusxasi. 
Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilar 
xarajatlarining o‘rnatilgan tartibda hisobini yurituvchi va xizmat ko‘rsatuvchi byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar uchun, xizmat ko‘rsatilayotgan quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan 
tashqari xarajatlari hisobini yuritish uchun (byudjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi 
bo‘yicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi. 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlar 
ochish uchun ilgari byudjet mablag‘lari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan 
imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida 
shaxsiy hisobvaraqlar ochadi. 
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul 
qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larning kassa xarajatlari kelib tushgan 
byudjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag‘lari kabi bir xil 
tartibda rasmiylashtiriladi. 
G‘azna ijrosiga o‘tmagan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘lar manbalari 
bo‘yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi. 
Byudjet tashkilotlariga g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan byudjet tashqari mablag‘lari 
bo‘yicha shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko‘chirmalar taqdim etiladi. 
Ko‘chirmalar byudjetdan tashqari mablag‘lar manbalari shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha 
alohida alohida byudjet tashkilotlariga beriladi. Ushbu ko‘chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari 
buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib 3-memorial order – byudjetdan tashqari 
mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 3-memorial 
orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi 
bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 157,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə