Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya



Yüklə 89,99 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü89,99 Kb.
#151872
1   2   3   4   5   6   7   8
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi

Qat’iy rejalashtirish (smeta). Ma’lumki, byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash, ularning byudjetdan tashqari daromalari va xarajatlari, shuningdek mazkur mablag’lardan foydalanish qat’iy rejalashtirilgan holda tuzilgan xarajatlar smetasi asosiy amalga oshiriladi. Bu esa, buxgalteriya hisobini asosiy funktsiyalaridan biri bo’lgan nazorat yordamida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini oldiga mazkur xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilish vazifasini yuklaydi. Bundan tashqari byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilayotgan hisobotlarga byudjet tashkilotining kelasi moliya yili uchun byudjetdan mablag’larni rejalashtirishda zarur bo’ladigan moliyaviy axborotlar olish imkonini beruvchi ma’lumotlarni berish vazifasini ham yuklaydi.

  • Byudjet tasnifi (rejalashtirish) bilan bog’lab hisob yuritish. Mazkur omil shuni anglatadiki, byudjet tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish qat’iy ravishda byudjet tasnifiga bog’langan holda olib borilishi lozim. Aks holda byudjet ijrosi ma’lumotlarini dastlabki rejalashtirish (smeta) ko’rsatkichlari bilan solishtirish imkoni yo’qoladi. Shuning uchun ham byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag’larni ijrosi jarayonida byudjet tasnifi albatta qo’llaniladi, shuningdek ko’pgina hisobotlar shakllarida byudjet tasnifi albatta aks ettirilgan.

  • Byudjet jarayoni (g’aznachilik). Ma’lumki, byudjet jarayoni davlat byudjetini tuzish, uni ijrosini ta’minlash va nazorat qilish, shuningdek byudjet ijrosini muntazam taxlil qilish bilan bog’liq kompleks chora- tadbirlarni o’z ichiga oladi.

    Bu esa, byudjet ijrosi bilan bog’liq ma’lumotlarni (axborotlarni) jamlash, taxlil qilish va nazoratga olishning yaxlit tizimini yaratish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ya’ni, har bir byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning albatta jamlanishi, ularning tizimli taxlil qilinishi va nazoratga olinishi byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish jarayonida bevosita o’zini ta’sirini ko’rsatadi. Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi mexanizmini joriy qilinishi, ya’ni barcha byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larini g’azna hisobvaraqlarida jamlanishi, byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilik bo’linmalari orqali to’lovlarini amalga oshirilishi ham byudjet tashkilotlarida o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan buxgalteriya hisobi tizimini yaratish lozimligini shart qilib qo’yyadi.
    Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri albatta bu uning mablag’ bilan ta’minlanish manbalariga bog’liqdir. Ya’ni, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlari byudjetdan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan moliyalanadi.
    Byudjet mablag’larining sarflanish yo’nalishlari va maqsadi qonunchilik bilan qat’iy belgilab qo’yilgan. Xuddi shuningdek byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanish va sarflanish yo’nalishlari hamda maqsadi ham byudjet mablag’lari kabi qat’iy belgilangan. Bu esa, byudjet tashkilotlarida mazkur mablag’larning xar bir bo’yicha alohida hisobni yuritishni, shakllanishi va sarflanishini qat’iy nazoratga olishni hamda hisobotlarda xar birini alohida holda aks ettirishni taqazo etadi.
    Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlanish manbalarini quyidagi sxema orqali keltirishimiz mumkin (1.1.3-rasm):

    Yüklə 89,99 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə