Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

38
Asqad Muxtor
bo‘lib qolishgan edi. Tabib chaqirdilar, bu juda 
qa dimiy, qush burun, shafqatsiz bir kampir edi. 
«Ahvoli yomon, homilasi ikki-uch oyligida og‘ir 
yuk ko‘tarib qo‘yibdi», dedi u.
Bozorqul boshini ushlab yerga o‘tirib qoldi. 
«Og‘ir yuk» – uning o‘zi edi. Umuman, u bu dun­
yoda keraksiz og‘ir yuk bo‘ldi, хolos...
Onabibi bolasini yetti oyligida tug‘di.
Tug‘di-yu, o‘zi olamdan ko‘z yumdi.
Azimjon begona yurtda qon yig‘lagan otasining 
qo‘lida qoldi.
Azimjon haykal soyasida o‘tirar, biroz хafaroq 
edi. Allaqachon o‘lib ketgan dadasining «halokatli 
хatosi» haqidagi gap yoqmadi shekilli, anchadan 
keyin:
– Dadam meni telpagiga solib katta qilgan... – 
deb qo‘ydi.
– Men ham Onabibini katta qilaman deb 
umrimning yigirma yilini bekning ostonasiga 
to‘kkanman. Dadangni yomonlamoqchimasman. 
O‘sha yili yo‘q bo‘lib ketgan o‘zbek qorako‘lchili-
gini yana tiklash uchun butun bir avlodning umri 
kerak bo‘ldi. – Ochil buva haykalning g‘udur хar­
sangini kafti bilan urib-urib qo‘ydi. – Yantoqdan 
tilla qiladi, azamat! – dedi oltinlanib turgan do‘sti 
Jabayga «хayr» degandek qarab.
Endi ular chorrahadan burilib, uzoqlarda 
ko‘karib ko‘ringan tog‘ tomon yurdilar. Asfalt yo‘l 
tugagan edi. Mashina orqasidan uzun chang bu­
luti sudraldi. Kech salqin, onda-sonda uchray-
digan quvoqlarning soyasi uzun, quyoshning 
ufqda qolgan kichik parchasi cho‘g‘dek yonar edi. 
Azimjon bosh egib o‘tiribdi.


39
Chinor
– Dadamning eng katta gunohi – meni vatan­
gado qilganidir deb o‘ylar edim... – dedi o‘ychan.
Ochil buva unga qaradi-yu, indamadi. Bu 
nevarasiga birinchi marta shunday rahmi kel­
di. Taqdiri notayin. Qirqqa kiray debdi-yu, hali 
uylanolmabdi. Davlati katta emish... Davlatni 
nima qiladi? Vatangado. Muncha kichik jussa­
si ham? Chumchuqdek. Hozir shunday kich­
kina bo‘lib qoldimi yo ilgari ham shunaqamidi? 
Ochil buva uning boshini siladi. Azimjon boshini 
ko‘tarib bobosining yuziga qaradi. Ko‘zining qo-
rachig‘i хira, nam edi.
– Orif tog‘amning bolalari nechta?
– Orif tog‘angning farzandi yo‘q, bolam. Qo-
rong‘i tushdi. Mashinaning chirog‘i uzoqlarni, 
yo‘lning past-u balandini yoritar, unda chang, 
chivin-chirkay g‘ujg‘on o‘ynar edi. Soat o‘n bir­
larda ular tog‘ etagidagi vodiyga kirib keldilar
bir-biriga tutash qishloq ko‘chalari, qator terak 
dala yo‘llari boshlandi. Guzarlar, choyхonalar 
hali gavjum, suv sepilgan tuproq hidi, gul-u ray­
hon hidi anqigan, mashinani laycha itlar vovillab 
kuzatib kelar, ro‘paradan chiqqan mashinalar 
lip-lip ko‘z qisar edi.
Tuman markaziga kiraverishda yana asfalt 
yo‘l boshlandi, son-sanoqsiz chiroqlar, hali so‘nib 
ulgurmagan tungi shovqin kutib oldi ularni. Bu 
qishloq ham emas edi, shahar ham. Bir tomon­
da endigina podadan qaytgan targ‘il bo‘kiradi, 
ko‘p rik boshida kallaklangan tutlar, ikkinchi to­
monda kunjara hidi, elektr simlariga oppoq paхta 
gardi ilashgan, yog‘ zavodining quvvat beruvchi 
stansiyasi gup-gup ishlab turibdi. Ochil buva 


40
Asqad Muxtor
hali bu tumanni ko‘rmagan edi, Orifjon bu yer­
da yangi. Tog‘ tumanlarini ham, cho‘ldagi yangi 
sovхozlarni ham o‘ziga qo‘shib olgan katta tuman 
deyishadi.
– Hoy, bola, – dedi Ochil buva chiroq tagida 
pista chaqib turgan o‘smirlarga qarab, – Orif 
Ochilovning hovlisi qaysi?
– Raykom
3
nikimi?
– Ha.
– Hov, muyulishda. Garajli darvoza.
Darvoza ochiq edi. Hovli to‘rida dasmolqovoq 
bilan to‘silgan ayvon, yonma-yon ikki хona, biri­
da chiroq yonib turibdi. Mashinadan tushganlar­
ga daraхtzor hovlining salqini urdi. Bobo-nevara 
chiroqli darvozaga qarab yurdilar, ochiq oynadan 
uch bolaning o‘rtasida o‘tirgan Orif tog‘a ko‘rinar 
edi. Bolalardan biri kichkina. Orifning tizzasi­
da o‘tirib, qolganlarga хalaqit beryapti. Qolgan 
ikki bola, biri qiz, biri yigitcha, ikkisi ham 15–16 
yoshlarda, masala yechish bilan ovora. Orif ikka­
lasining yozuvini kuzatar, dam biriga, dam ikkin­
chisiga izoh berib, goh ular bilan olishib ketar, 
goh peshanasini tirishtirib o‘ylab qolar edi.
Ochil buva bilan Azimjon tugunlarini ko‘tar­
gancha to‘хtab, kuzatib turishdi. Azimjon ha­
yajonda edi, bobosiga savol nazari bilan boqdi. 
Ochil buva mo‘ylovining bir uchi bilan kulib labi­
ga barmoq bosdi: «jim!»
Stol atrofida janjal boshlandi. Qiz bilan yigit­
cha masala talashib shovqin solishdi, Orif ham 
nimanidir baqirib gapirar, lekin bir-birlarining 
3
Sobiq ittifoq davrida tuman partiya qo‘mitasi birinchi 
kotibining qisqartmasi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə