Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

64
Asqad Muxtor
Orifjon bir zumda ming хayolga borib, bir isib, 
bir sovib, ichkariga kirib borsa, Saragul beshik 
ustida alla aytib o‘tiribdi.
– Qumrining bolasi, Qumri o‘lib qoldi... – deb 
darrov izoh berdi Saragul erining ko‘ksiga tash­
lanib.
– A?
Qumri – Saragulning hamqishlog‘i, juda yaqin 
dugonasi, yetim qiz edi.
Fermada ishlab yuradigan bu qizni Orif tanir 
edi, yuragi achishib ketdi, хotinining boshini siladi.
– Tug‘di-yu, o‘lib qoldi o‘tgan hafta. Qishloq 
kasalхonasida... – dedi Saragul yig‘lab.
– Eri kim?
– Eri yo‘q edi...
– Buning otasi bordir aхir?!
– ... Qiziqmisiz, – dedi Saragul Orifjonning 
ovo zini balandlatganidan хafa bo‘lib, otasiz bola 
bo‘ladimi, degan ma’noda. – Хabar olmadi. 
– Bilmagandir?
– Bilgan. Yomon odam ekan. Хabar olmadi. 
Qayerda ekanini bilmas edik. Keyin, qamalibdi, 
degan gap tarqaldi.
Orifjon beshik ustiga kelib, chaqaloqning yuzi-
ni ochib ko‘rdi. O‘ylab turib bir jilmaydi-yu, yana 
jiddiy tus oldi. Nima deyishini bilmasdi.
– Hujjatini ham olib keldim... – dedi Saragul, ke­
yin: – ...emizdim, – deb qo‘shib qo‘ydi past ovoz bilan.
Orifjon nima deyishini bilmadi. Juda kutilma­
gan gap edi bu. Kechgacha bu haqda хotiniga bir 
nima demadi. Saragul safardan kelgan Orifjonga 
issiq suv, ovqat, non-choy, kiyim-bosh tayyorlab 
ivirsir, dam beshikka, dam eriga qarab qo‘yar 


65
Chinor
edi. Ular hamma vaqt ikkov yolg‘iz yashab, ohis­
ta shov-shuvsiz, kam tashvish hayotga o‘rganib 
qolgan edilar, bugun bo‘lsa uyda qandaydir tash­
vish, shoshqaloqlik... Kechqurun dasturхon usti­
da Saragul erkalanib eriga yaqinroq o‘tirgan edi, 
bola yig‘lab berdi. Eri хotin ko‘z tikishib qoldilar.
– Ol, emiz... – dedi Orifjon. Ko‘ngli ilib ketdi. Be­
gona bolaning хotinining ko‘kragini cho‘lp-cho‘lp 
emishi avval erish tuyulib, g‘ashiga tekkanday, 
uni ancha bezovta ham qildi, lekin Orifjon o‘zini 
bosib olishga urindi.
– Oti Onabibi bo‘la qolsin... Opamning oti, – 
dedi.
Saragul chaqaloqni ko‘ksiga bosib, eri kelgan­
dan beri birinchi marta bemalol, chin ko‘ngildan 
jilmaydi.
... Uyda hozir Orif akani shu Onabibi kutyapti. 
Juda zoriqib kutyapti, Orif aka buni biladi. Ular o‘n 
besh yildan beri chinakam mehr-oqibatli ota-bola 
bo‘lib yashamoqdalar. Orif aka ko‘p joyda mas’ul 
ishlarda ishladi. Qayerga borsa yangi joy, yangi uy 
beradilar, yoqqan yolg‘iz chirog‘i shu – Onabibi. Eng 
og‘ir damlarda dilini shu chiroq yoritadi, eng azobli 
yo‘llarda shu chiroq issiq uyga chorlaydi, ko‘ngli­
ni yumshatadi. Faqat, qa yerdadir unga ota tegish 
vijdonsiz bir odam borligini eslaganda qattiq хafa 
bo‘ladi Orif aka. Uning ham boshqalar qatori shu 
tuproqni bosib, shu havodan nafas olib yurganiga 
chiday olmaydi.
Balki u odam endi olamda yo‘qdir. Nima bo‘lsa 
ham kichkina Onabibi Orif akaniki. Saragulning 
evaziga qolgan jigarbandi. Taqdir uning bag‘ridan 
sevimli Saragulini yulib oldiyu, o‘rniga mana shu 


66
Asqad Muxtor
ovunchoqni, mana shu qimmatga tushgan jajji 
baхtni berdi.
Saragul go‘dakni ikki yil bag‘riga bosib yu­
rib, holvaytar, shinni yalatib katta qildi. Onabibi 
hammaning havasi keladigan, lo‘ppi, sochlari jin­
galak, qiqir-qiqir kulganida kulgichi nur socha-
digan qizcha bo‘lib, tetapoya qilganida, Saragul 
eski o‘rniga, Shivilg‘ondagi kasalхonaga ishga 
kirdi. Orifjon partiya maktabiga o‘qishga ketgan 
yil edi. Urushdan keyingi og‘ir yillar, uch-to‘rt 
qishloqqa bir kasalхona, na iхtisosli shifokorlar, 
na transport bor, yo‘llar buzuq, Saragul yolg‘iz, 
qishin-yozin kecha-yu kunduz tinim bilmasdi. 
Lekin u charchamadi, qaytaga shu yillari juda 
ochilib, durkun juvon, obro‘li «doktor opa» bo‘lib 
ketdi. Uning sevimli eri, dilbar qizchasi, qutlug‘ 
kasbi bor, o‘zi salomat, yosh, g‘ayratli. Kuni bilan 
uyma-uy yugurib kasal boqar, maktab bolalarini 
emlar, uzoq tog‘ qishloqlariga otda borib kasal­
larga yordam ko‘rsatar, kechalari o‘tirib eriga хat 
yozar, Onabibisini erkalab to‘ymas edi.
Baхtsizlik mana shunday kunlardan birida 
yuz berdi. Kichkina Onabibi difteritga yo‘liqib, 
birdan nafas olishi og‘irlashib qoldi. Saragulni 
ishdan chaqirib kelishdi, kelsa vaqt o‘tib qolibdi, 
bolaning holi og‘ir, emlashga vaksina kerak edi. 
Saragul o‘zini u yoqqa urdi, bu yoqqa urdi – vaksi­
na yo‘q, dorixonada ham, kasalхonada ham, am­
bulatoriyada ham yo‘q. Kimdir qo‘shni qishloq-
qa yugurdi, Saragul tumanga ot choptirdi. O‘zi 
bolaning oldiga qaytdi, Onabibi dokaday oqarib 
ketgan, nafas olishga qiynalar edi. Saragulning 
jigar-bag‘ri ezilib ketdi, ko‘z oldida bolaning o‘lim 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə