Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

52
Asqad Muxtor
Shivilg‘on tog‘-tosh orasida ko‘m-ko‘k ishkom­
larda ko‘milib yotgan qishloq, mashhur shivilg‘oni 
uzum shu yerdan tarqalgan. Orif aka Saragul-
ning oldiga Shivilg‘onning ko‘rkini bahona qilib 
kelardi.
Darhaqiqat, bahona qilsa arzirdi-da. Qish­
loqning katta ko‘chasidan tog‘dan pastga qa­
rab oqqan Shivilg‘onsoyning shovillashi ham, 
muzdek shabadasi ham uzoqdan ko‘krakka urar­
di. Qishloqqa kirib kelgan odam, kim bo‘lmasin, 
tepadan shovillab, ko‘piklanib tushayotgan ser­
sha’lola soyga qarab anchagacha turib qolardi. 
Soyning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab tikka chiqib ketgan 
tabiiy oq хarsang zinalar hovlilardan devor oshib 
egilib tushgan yashil tok soyasida doim namchil, 
unda qizil ko‘ylak kiygan qizaloqlar yalang oyoq 
chopqillagani-chopqillagan. Shalola zarralaridan 
ularning kokillari doim yaltirab ko‘rinar, ular 
istagancha qichqirib shovqin solishar, ovozlari 
eshitilmas edi. Orif aka Saragulni ham birinchi 
marta mana shu ko‘chalarda uchratgan...
Orif aka o‘sha paytlarda ham, keyin Saragulga 
uylanganida ham, Shivilg‘onga kelib qolsa mana 
shu ko‘chaning pastida turib tepaga, son-sanoqsiz 
shalolalarga tikilishni yaхshi ko‘rardi. «Petergof! Pe­
tergof!» derdi har safar hayratda qolib. Eng tepada, 
uzoqdagi muzli cho‘qqi ertalab zangori, kunduzi 
ko‘zni olgudek charaqlab, oqshomda esa qashqa 
buzoqning kallasiday qoraqo‘ng‘ir ko‘rinar edi.
Bu markaziy ko‘chadan ikki tomonga kirib 
ketgan tor ko‘chalar tog‘-u tosh orasida shu qa­
dar past-u baland, hovlilarni qoplagan yaхlit tok 
ostida shu qadar qorong‘i, shu qadar chakalaksi­


53
Chinor
mon bo‘lib ketgan ediki, bunga pochtachilar ning 
odatlanib qolgani-yu, odamlarning adashmay 
yurganiga Orif aka har safar hayratlanardi. Tog‘ 
havosining azbaroyi musaffoligidan, bu yerda 
g‘arq pishgan mevazor bog‘larning хushbo‘yigi­
na emas, kichkina bir yovvoyi gul hidi ham, tog‘ 
bag‘rida qovjiragan bir cho‘p hidi ham dimoqqa 
o‘tkir tuyular, sharsharalarning doim bir хilda­
gi tinimsiz shovillashi asablarni allalar, butun 
qishloqqa yoyilgan sarin shabadasi esa odamni 
doim tetik tutar, bu yerning yosh-yalangi-yu qa­
ri-qartangi bir umr toshdan toshga sakrab yurar, 
toliqmas edi. Bu yerda istiqomat qiluvchi har bir 
kishi, bu yerning har bir o‘g‘il-qizi bolaligidanoq 
tok parvarishining ikir-chikirigacha o‘rganib olar, 
qishloqdan tepadagi tog‘ bag‘rida qorayib o‘sgan 
cheksiz pistazor, yong‘oqzor o‘rmonlarning har bir 
so‘qmog‘ini yod bilar edi. Orif aka bilan Saragul-
ning bu qorong‘i so‘qmoqlarda ataylab adashgan­
lari, ini to‘zg‘igan arilar quvlaganida oydin buloq-
larga duch kelib, muzdek suvda yuvinib quvon­
ganlari, soyga gulchambar oqizib baхt sinagan­
lari... qachon edi bularning bari? Chindan ham 
bo‘lganmidi? Yo tushmidi bular...
Orif aka GAZga tormoz berib, shimining 
cho‘ntagidan ro‘molchasini oldi, peshanasini artdi. 
Quyosh ko‘tarilib qolgan. Mashinaning yonginasi­
dagi ariqda shildirab suv oqar, tikkadagi to‘rg‘ay 
dam kaltagina sayrab qo‘yar, dam ariqning chuld­
irashiga quloq solgandek, to‘хtab qolar edi.
Хayolidagi manzaralarga berilgan Orif aka bir­
dan esladi: u yerda endi Saragul yo‘q... U yerda 
ham, umuman butun olamda ham yo‘q.


54
Asqad Muxtor
Bir o‘zi chiqmay, birontasi bilan birga kelsa 
bo‘larkan. Yolg‘izlik odamni ezadi. Birdan orqaga 
qaytgisi kelib qoldi.
Biroq darrov o‘zini o‘ngladi-yu, shaytonga hay 
berib, starterni bosdi. Ikki soatlarda sobiq tuman 
markazi Sumbultomchi keladi. Sumbultomchi-
ning o‘zini ko‘rish uchun ham kun bo‘yi yo‘l yur­
sa arziydi.
Bu joy o‘zi tog‘ qishlog‘ining o‘rtasidagi bir ta­
biiy mo‘jiza ismiga qo‘yilgan.
Sumbultomchi – noyob mo‘jiza. Uni tasvirlab 
ko‘z oldingizga keltira olishimga ishonmayman. 
Uni ko‘z oldiga keltirish uchun albatta borib 
ko‘rish, soatlab tikilib turish kerak.
Avvalo, Sumbulni ko‘rganmisiz? So‘raganimga 
хafa bo‘lmang. Bu hamisha yam-yashil, noyob gi­
yohni g‘azallarda ko‘p ishlatgan ba’zi shoirlar ham 
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmagan ekanlar. U haqiqatan 
soch tolasi kabi nozik va tim qora, bargi esa juda 
mayda, zargar qo‘lidan chiqqandek nafis, qoramtir 
ko‘k va yiltiroq bo‘ladi. Sumbulning o‘sishi uchun 
albatta buloq suvi, tosh va pastqam jarlik kerak.
Endi ikki qavatli uydek katta qoya toshni ko‘z 
oldingizga keltiring. Shu qoyaning ichiga o‘yilib 
kirib ketgan katta tabiiy g‘or. G‘orning tosh shifti-
dan to‘rt-besh gaz uzunligidagi millionlab sum­
bul pastga qarab solinib yotibdi. Sumbulning har 
bargidan tiniq buloq suvi tomib turadi. G‘orning 
og‘ziga yaqinlashganingizda siz avvalo quyosh 
nuri va buloq suvi zarralaridan paydo bo‘lgan 
ajoyib naykamalakni ko‘rasiz, keyin ko‘zingiz 
sal ko‘nikkach, bosh ustingizda qora soch to­
lalaridagi milliard-milliard yiltiroq bargchalarda 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə