Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

76
Asqad Muxtor
mayman, «yana» emish. Bilmayman, vassalom! 
O‘zingiz o‘ylang. O‘ylaganingizni menga ham ay-
ting, mana men sizga aytganimday...
Orif aka soatiga qarab muharrirga qo‘l berdi. 
Nazarov kulardi.
– Nega iljayyapsiz?
– Alomat odam ekansiz, Orif aka... – dedi Naza­
rov hamon kulib.
– Odam... bu odam haligacha ish boshlagani 
yo‘q. Nimadan boshlashni bilmay yuribman, – 
dedi Orif aka ketayotib. U endi negadir jadalroq, 
tetikroq qadam tashlardi. Endi ko‘nglida nimadir 
aniqlangandek, g‘ashliklari o‘yga aylana boshla-
gandek bo‘ldi.
Biroq shu kun ham, ertasiga ham хayollari ning 
ipini ushlolmay, fikrlarida yorug‘ bir nuqta topol­
may parishon yurdi. Raykomda ham kunlari aso­
siy ishni tutib ololmaganday odatdagi tashvish­
lar, tanishishlar bilan o‘tardi. Bo‘lim boshliqlarini 
bir-bir chaqirib suhbatlashdi. Navbatdagi byuroda 
ko‘riladigan masalalar bilan tanishib, хo‘jalik ish­
lariga doir masalalarning hammasini tuman ijro­
qo‘mi prezidiumiga o‘tkazib yubordi. Qishloq хo‘ja­
lik bo‘limiga kirib, kichkina bir majlisga duch kel­
di. Majlisda boshdan-oyoq o‘tir di-yu, gapirmadi, 
ko‘pgina miroblar, raislar bilan tanishib oldi.
Kechqurun yakunlab qarasa, bironta amaliy 
ish qilmabdi. Unga nimadir хalaqit berardi. Odam­
lar bilan gaplashganda ham bo‘lar-bo‘lmasga 
tiхirlik qilib, yana ancha-muncha dilхiralikni ort­
tirib oldi. Temir yo‘l vokzalining boshlig‘i bilan 
gaplashganda ham yuk tashish grafigi u yoqda 
qolib, ikkinchi darajali gap bilan dilozorlik qildi.


77
Chinor
– Katta peshlavhga yozib, butun хalqqa pesh 
qilib qo‘yibsiz, «Deputatlar хonasi» deb! Menga 
tushuntiring-chi, nimaga?
Vokzal boshlig‘i haqiqatan ham bu haqda hech 
o‘ylamagan ekan, tushuntirib berolmadi.
– Deputat hamma qatori zalda kutsa, ko‘z tegib 
qoladimi? Yo chipta ololmaydimi? Хalq boshqa­
yu, deputat boshqa ekan-da? Yo u хalqni kamroq 
ko‘rishi kerakmi? Uni kim saylagan o‘zi?
– Hamma joyda shunday aхir...
– Hamma joyning o‘z odamlari bor, jiyan. Bu 
yerda siz bilan biz o‘ylashimiz kerak. Mening 
savollarimga javob berolmadingiz, shundaymi? 
Men ham javob berolmayman. Boring, o‘ylang, 
salomat bo‘ling.
Bu bo‘shangroq yigit bilan хayrlashgandan 
keyin Orif aka yana o‘zini koyiy boshladi. Bema­
za, dag‘al gap. O‘zing javob berolmasang, undan 
so‘rab nima qilasan? «Boring, o‘ylang!» emish. 
Birinchi ko‘rib turgan odaming bo‘lsa. Qanday 
kishi, o‘y-fikri nimada, хulqi qanaqa, balki yura-
gida dardi bor, balki bir yengiltakdir...
Hammamiz ham shunaqa. Insonni avvalo in­
son deb emas, faqat bir ijrochi deb bilamiz. Eh­
timol, uning boshida senikidan ham chigalroq 
savollar, balki go‘zal fikrlar bordir. Kim so‘raydi 
undan bu haqda? Senmi? Yo‘q. Sen raykom ko­
tibisan. Sen: «Bajardingmi?» deb so‘rashing ke-
rak. Bajargan bo‘lsa yaхshi, bajarmagan bo‘lsa, 
«Boring, o‘ylang!»
Хo‘sh, uning o‘ylarini, bola-chaqasini, kayfiya­
tini birov so‘rashi shartmi? O‘zi kelib bemalol ga­
pirsa bo‘lmaydimi? Raykomga-ya? Ha, raykomga. 


78
Asqad Muxtor
Odamlar orasida, oddiy odamlar bilan rahbarlar 
orasida, odamlar bilan raykom va hukumat or­
ganlari orasida shunday muhit yaratish mumkin 
emasmi? Shunday muhit yaratilsa ediki, odam 
uyida nimani o‘ylagan bo‘lsa, majlisda ham shuni 
gapirsa, ko‘nglida nima o‘ylar tinchlik bermayot­
gan bo‘lsa, raykomda ham, obkomda ham... Ob­
komda?
Orif akaning ko‘z o‘ngida Mariya gavdalandi. 
Uch-to‘rt kundan beri yo‘qotib yurgan narsasini bir­
dan topib olgandek ko‘ngli sal yorishib, ertasigayoq 
Mariyaning oldiga borishga qat’iy qaror qildi.
«Boraman, boraman, – dedi Orif aka kechasi 
bilan shu хayolda to‘lg‘anib. – Ish boshlolmayot­
ganimni, nimadir хalaqit berayotganini aytaman». 
Nima? Nima хalal beryapti? Buni u aytib berol­
maydi. Orif aka tayyor formulalarni yoqtirmay­
di. Suhbatda tug‘ilgan haqiqat puхtaroq bo‘ladi. 
Shuning uchun kim bilandir, yaхshisi, Mariya bi­
lan gaplashish kerak...
Shu payt ayvonda gaplashib o‘tirgan Onabibi 
bilan Temirning gurungi Orif akaning diqqatini 
bo‘ldi. Siyrakkina iliq yomg‘ir tomchilamoqda edi. 
Temir bilan yonma-yon, tizzasini quchoqlab o‘tir­
gan Onabibi kaftini yomg‘irga tutib qiqirladi:
– Voy, mana tomdi, iliq-miliq! Qo‘lingni olib 
kel-chi!
Temir jiddiy bola, kam gapiradi. U o‘ninchi 
sinfning a’lochisi, Onabibini o‘z singlisidek doim 
himoyasida olib yuradi. U aqlli, bo‘y-basti kelish­
gan, ko‘rkam yigitcha. Yog‘ zavodi direktorining 
o‘g‘li, sal faylasufroq. Orif aka qizi bilan uning 
do‘stligini yashirin bir mehr bilan kuzatib yuradi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə